O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/128
Sana08.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1757465
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari

Zardo’zlik san’аtida asosiy materiallar: korcho’b (chambarak),
bo’z, ikki xil patila (og’ir va yengil vazndagi), zar va ipak iplar, ikki 
xildagi ignalar (1-2 raqamli), qalin qog’oz (karton), uch turdagi 
qaychilar (gulbur qaychi, bichuv va tikishda ishlatiladigan), sm lenta, 


11 
baxmal (velyur), angushvonalar (2 xil) va hokazo kabilarni tashkil 
etadi. Ustalar zar tikishning ikki turini qo’llashadi.
Birinchisi – naqshlarni ya’ni andozali qalin qog’oz (karton) zar 
bilan tikish (zardo’ziy-guldo’ziy) va ikkinchisi – zaminni (fonnini) zar 
bilan tikib to’ldirish (zamindo’ziy). Chevarlar naqshli va syujetli 
kompozitsiyalarda ko’pincha o’simliklarni tasvirlashadi: gullar, 
barglar, bodom gullari, paxta singarilar shular jumlasidandir. Keyingi 
vaqtlarda zardo’zlik buyumlarida jonli narsalar ham tasvirlanmoqda.
 
“ZARDO’ZIY - GULDO’ZIY” TIKISH TEXNOLOGIYASI 
Qadimdan zardo’zlik Buxoro va Samarqand shaharlarida keng 
rivojlangan. Hozirgi vaqtda bunday buyumlar Buxorodagi maxsus 
zardo’zlik fabrikasida, birlashmalar, ustaxonalar va alohida ustalar 
tomonidan ko’plab ishlab chiqаrilmoqda. 
XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATINI O’RGANISH USULLARI 
Xalq amaliy bezak san’atini o’rganishda darsda texnikaviy 
vositalardan foydalanish, amaliy san’at buyumlarining namunalari va 
ularning suratlarini yig’ish, amaliy san’at ustalarining nomlari, ular 
san’atning qaysi turida asar yaratganliklarini, amaliy san’at rivoj 
topgan shahar, qishloqlarning nomlarini va san’atning shu turida 
uchraydigan iboralarni yozdirib borish zarur. 
Amaliy san’at haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalar e’tibori 
o’rganilayotgan asar amaliy san’atning qaysi turiga kirishi, uning 
muallifi, asarning kompozitsiyasi, ranglari, elementlari, materiali, 
ishlash usullari, amaliy san’at buyumlarining shakli, tuzilishi va 
bezagi uning vazifasiga mosligi va boshqalarga qaratiladi. Bunday 
mashg’ulotlar ma’ruza shaklida bo’lsa-da, savol-javob usulidan keng 
foydalanish lozim. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling