O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/128
Sana08.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1757465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari

Kulolchilik san’atida bezatishning turli usullari qo’llaniladi. 
Shunday usullardan biri “qalami” usulidir. Bu usulda bezak idishlar 
naqshlarning rasmi chizib olinmasdan to’g’ridan-to’g’ri mo’yqalam 
bilan ishlanaveradi. Bu usullarda ko’proq Rishton va G’ijduvon 
ustalari ishlashadi. Ba’zi joylarda ustalar gilvata bilan gul chizib, 
keyin bo’yoq beriladigan “chizma” usulidan foydalanishadi. Bu usul 
toshkentlik ustalar orasida keng tarqalgan. 
O’zbek 
kulolchilik 
buyumlari 
bezak 
kompozitsiyalarida 
o’simliksimon va geometrik elementlarning boyligi, xilma-xilligi 
bo’yoqlar gammasining yorqinligi bilan ajralib turadi. Ularda feruza 
rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko’p ishlatiladi. 
Kulolchilik O’zbekiston me’morchiligida koshinkorlik tarzida 
ham keng qo’llaniladi. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarni 
peshtoqlarida, xona ichkarisidagi devor bezaklarida kulolchilik 
san’atining namunalari o’z aksini topgan, hozirgi kunlarda ham 
kulolchilik 
jamoat, 
turar 
joy 
binolarini 
bezatishda 
keng 
qo’llanilmoqda. 
Respublikamizda 
bir 
qator 
usta 
kulollarni 
birlashtirgan kulolchilik ustaxonalari mavjud, ular xalqimiz talablariga 
va didiga mos kulolchilik buyumlarini yaratmoqdalar. 
O’zbekistonda kulolchilik san’ati taraqqiyotiga U.Jo’raqulov, 
A.Muxtorov (Samarqand), U.Umarov, A.Hazratqulov, A.Narzullayev 
(Buxoro), 
B.Boisov, 
R.Matchonov 
(Xorazm) 
K.Turobov 
Yu.Ziyomuhamedov, A.Rahmatov
M.Rahimov, R.Orifjonov, 
A.No’monov, T.Miraliyev, A.Aminov (Toshkent), T.Tillaxo’jayev 
(Namangan) A.Xudoynazarov (Kattaqo’rg’on), B.Xalilov (Denov), 
M.Obloqulov (Urgut), aka-uka Hojimirovlar (Andijon), X.Rahimova 
(Buxoro), Sh.Qalandarov (Xo’jayli) va boshqa ustalar katta hissa 
qo’shganlar. 
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan o’zlarining zardo’zlik san’atlari 
bilan faxrlanadilar.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling