3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, san’at va
madaniyat sohalarida yangi o’zgarishlar yuzaga keldi. San’at
yusqori bosqichga ko’tarildi. San’atni rivojlantirish do’yicha bir
qancha qarorlar qabul qilindi. Jumladan, o‘zbek
milliy amaliy
san’atining nufuzi oshib, jahonga mashhur bo’ldi. Ayniqsa,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 19-mart
yurtimizning
ma’naviy va iqtisodiy rivoji uchun zarur bo‘lgan besh tashabbus bilan
bog’liq qaror qabul qilganliklari yurtimizda san’at va adabiyot,
qolaversa, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishning oshishiga olib keldi. Bu
esa
tabiiyki, yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,
ularni
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,
yoshlarga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini
shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish,
xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg’u beradi.
Xalqimiz
ma’naviyatini yuksalishiga beminnat xizmat qiladigan besh muhim
tashabbusda quyidagilarga alohida ahamiyat qaratiladi:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot,
teatr va san’atning boshqa turlariga
qiziqishlarini oshirishga,
iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: