O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliy sanat turlari
MILLIY HUNARMANDCHILIK O’zbek xalq amaliy san’ati qadim zamonlardan beri mag’rub-u mashriqda dong taratib keladi va insoniyat madaniyatida o’ziga xos muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq amaliy san’atiga 21 bo’lgan e’tibor kuchaymoqda. Xalq amaliy san’ati bu eng nozik san’at hisoblanib, kishilarga estetik zavq-shavq bag’ishlaydi. Xalq amaliy san’atining har bir turida uchraydigan, ularga go’zallik baxsh etuvchi tasviriy san’at turlaridan biri hisoblangan nozik san’at naqqoshlikdir. Eng avvalo, biz o’zbek xalq amaliy san’atining turlarini bilib olishimiz shart va zarurdir. - Naqqoshlik; - Kashtachilik; - Kulolchilik; - O`ymakorlik; (yog’och va ganch) - Zardo’zlik; - Tikuvchilik; - Zargarlik; - Do`ppido’zlik; - Pichoqchilik; - Toshtaroshlik; - Misgarlik; - Kandakorlik (mis); - Beshiksozlik; - Oshpazlik; - To’qish (adras, savat, banoras, gilam va h.k.) san’ati: Ushbu yuqorida nomlari sanab o’tilgan san’at turlari bilan badiiy hunarmandlarimiz shug’ullangan va hozirgi kunda jahonga mashhur bo’lgan o’zbek xalq amaliy san’atining rivojlanishiga hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Badiiy hunarmandchilikda, milliy san’atimizda naqqoshlik alohida ahamiyatga egadir. Uni xalq amaliy san’atining barcha turida uchratish mumkin. Naqqoshlik qadimiy va o’lmas san’atdir. Mazkur san’atining qadimiyligiga diyorimiz me’moriy obidalaridagi devoriy rasm va naqshinkor bezaklar dalildir. Milliy me’morlikda naqsh san’ati asosan ustunlari shiftlarni, ustun va vassalarni, bino devorlarini, gumbaz va mehroblarni bezatishda qo’llanilgan. Naqqoshlik san’atiga qanchalik to’sqinlar bo’lmasin O’zbekiston me’morligida muhim o’rin tutib keladi va kelmoqda. Naqqoshlik amaliy san’atlaridan biri bo’lib, tabiat manzarasini ma’lum unsurlar vositasida o’ziga xos yo’sinda ifodalovchi bir-bir rangli tasvirki, bu tasvirda unsurlarning ma’lum bir satxda o’zaro uyg’unligi kishi 22 diqqatini o’ziga tortadi. Naqshu nigorlar, naqshlangan uy jihozlarida, uy-joy ro’zg’or ashyolarida, devor va ishlangan keng xajmdagi bezaklarda va asbob anjomlarda takrorlanib keladi. Naqqoshlar murakkab naqshlarda o’zlarining eng yaxshi tilaklarini aks ettiradilar. Naqqoshlik kishida yuksak badiiy didni yuzaga keltiradi. Naqsh ishlangan, me’morlik obidalari, turar joy binolari kishiga zavq bag’ishlash bilan birga ruhlanish manbai bo’lib kelgan. Bashorat qilishlaricha, go’zal naqshlangan uylarda yashab kelgan kishilar, ruhiy osoyishtalik bilan yashab, uzoq umr ko’rgan ekanlar. Shuning uchun ham bu madaniy merosimizni davom ettirib, kelajak avlodga o’rgatib, singdirib borish, yangi-yang imkoniyatlarni topib, uni boyitib borish katta ahamiyatga egadir. Xalq amaliy san’ati namunalari bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Shahrisabz yodgorliklari kelajak avlod uchun ijod namunasi bo’lib xizmat qiladi. Bu sohada ijod etgan ustalar haqida ma’lumot berish ayniqsa o’quvchilarning kasb tanlashlarida yordam beradi. “Hunarli kishi xor bo’lmaydi” degan naqlga amal qilib, yosh avlodni kasb-hunarga, san’atga oshno qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. O’zbek xalq amaliy san’atining rivojlanishida Xiva xalq ustasi Abdulla Boltayev, mashhur o’ymakor usta Ota Polvonov, Buxoro xalq ustalari maktabining iste’dodli vakili usta Shirin Murodov, Namanganlik naqqosh Rahimjon Zohidov, usta Qodirjon Haydarov, Nurotalik chevar Oysha Karimova, usta Ortiq Fayzullaev, o’ymakor Ibrohim Komilov, Toshpo’lot Arslonqulov, Farg’onalik Saidmahmud Norqulov, Saidahmad Mahmudov, usta Mahmud Usmonovlarni o’quvchilarga aytib o’tish, ularning ijod namunalarini ko’rsatish, ulardagi san’atni sevish, asrash, ardoqlash go’zallikni sezish ko’nikma va malakalarini oshirishda asosiy rol o`ynaydi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling