O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/128
Sana08.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1757465
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari

 
ZARDO’ZLIK SAN’ATI 
Yosh avlodning har tomonlama kamol topishida estetik va badiiy 
tarbiya alohida o’rin tutadi. Bu tarbiyani amalga oshirishda maktablar 
va maktablardan tashqari muassasalarda xalq amaliy san’atining keng 
tarqalgan turlaridan: naqqoshlik, kulolchilik, misgarlik, ganchkorlik, 
yog’och o`ymakorlik, kashtachilik qatori milliy zardo’zlik ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xalqimizda quyidagi maqollar bor: “Hunardan rizqing unar”, 
“Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining”. Respublikamizda 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omili 
bo’lgan mutaxassis kadrlarni tarbiyalashninig asosiy yo’riqnomasi 
1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul 
qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb-hunar ta’lim 
tizimini yangilashga katta e’tibor berildi. 
Hozirgi kunda xalq amaliy san’atining eng ommaviy turlaridan 
biri bo’lib borayotgan zardo’zlikdan umumta’lim maktablari, 
o’quvchilar uylari va saroylaridagi to’garaklarda ish olib borilmoqda, 
lekin hozirgacha umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari 
muassasalarda zardo’zlik to’garaklari ishini rejali amalga oshirish 
uchun maxsus dasturning yo’qligi ayrim qiyinchiliklarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Zardo’zlik san’atiga bo’lgan muhabbatni uyg’otish, o’quvchilarga 
zardo’zlik san’ati va uning turlarini, har xil kompozitsiyalar chizishni 
o’rganish, ularda san’atga xos ko’nikma va malakalarni shakllantirish, 
go’zallikni his qilish, mehnatga muhabbatni tarbiyalash va kelgusida 
ularning kasb tanlashga yordam beradi. 


25 
Zardo’zlik to’garagi mashg’ulotlari o’quvchilarning yoshi, 
qobiliyati va bilim darajasini hisobga olib, kichik o’rta va katta 
guruhga bo’lib o’rgatiladi. Bir yillik mashg’ulotlar uchun kichik 
guruhda 144 soat, o’rta va katta guruhlarda 216 soatdan vaqt 
ajratiladi. Mashg’ulot o’tadigan xona yorug’ va toza bo’lishi kerak: 
sinf taxtasi, har xil stendlar, ko’rgazmali tayyor liboslar, kerakli 
material, xom-ashyolar bo’lishi lozim. 
Zardo’zlik to’garagini tasviriy san’at o’qituvchisi, zardo’ziy 
ustalar olib borishi mumkin. Bunda har bir guruhda 5-6 ta o’quvchi 
bo’lgani ma’qul. Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh kompozitsiyasini 
ishlashda 
naqsh 
usullarining 
chizig’ini 
o’rganish 
orqali 
o’quvchilarning mustaqil naqsh tuzish, ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish, 
ma’naviy 
go’zallikni 
his 
qilish 
va 
oldingi 
mashg’ulotlardan olgan bilimlarini mustahkamlashga erishiladi. 
Zardo’ziy naqsh kompozitsiyasini ishlash uchun bir necha naqsh 
chizib, mashq qilinadi va eng yaxshisi tanlab olinadi. Yupqa qog’oz 
(shafof, yoki kalka qog’ozi) yordamida kartonga yoki charmga 
tushiriladi. So’ngra gulburi qaychi (tuyabo’yin) orqali qirqiladi. 
Mashg’ulot savol-javob, suhbat shaklida va amaliy ish tarzida olib 
boriladi, to’garak rahbari sinf taxtasidagi naqshni o’quvchilarga 
tushuntirib, ulardan kamida 4-5 tasini xohishiga qarab naqsh 
elementlarini chizdirib ko’riladi, kamchiliklar to’garak rahbari 
tomonidan to’g’irlanadi va maslahat beriladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling