O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliy sanat turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi tashabbus
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning
sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Ko‘ryapmizki, birinchi tashabbusda adabiyot va san’at rivoji alohida o`rin tutadi. Zero, san’atning har bir turi yoshlarimizni barkamol tarbiyalashda o`ziga xos mavqega ega. Chunki san’atning har bir turi insonnig ruhiyati va tafakkuriga kuchli ta’sir ko`rsatishi hech kimga sir emas. Shu jihatdan olib qarasak, san’atga oshno qalblar 4 hech qachon yovuzlikka moyil bo‘lmaydi. San’atga oshno etish o‘z navbatida nazariy va amaliy jihatlarni o`z ichiga oladi. Albatta bu ikki jihat san’atning hamma turi uchun birdek xizmat qiladi. Shuni inobatga olib, amaliy bezak san’ati bilan bog‘liq asosiy mulohazalarni yoritish maqsadida mazkur qo‘llanma yaratildi. Aytish joizki, turli ziddiyarlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroqdir. Shu munosabat bilan bu qo‘llanmada yoshlarimizni amaliy san’atning nazariy va amaliy jihatlarini bilishga va ularni mazkur sohaga qiziqtirib, malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g’risida”gi farmoyishga imzo qo‘ydi. Bu farmoyish mohiyat e’tibori bilan yoshlarimizning ma’naviy jihatdan yuksalishiga va ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga hissa qo‘shdi. Ana shu jihatdan olib qaraganda amaliy bezak san’ati va uning nazariy hamda amaliy xususiyatlarini yoritishni maqsad qilgan mazkur qo‘llanma yuqoridagi farmoyish va besh muhim tashabbusning amaliy targ’ibi tufayli yuzaga keldi, desak mubolag’a bo‘lmaydi. Amaliy-badiiy bezak san’ati – teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at turlari qatori muhim ahamiyat kasb yetadi. U o’z nomiga ko’ra amaliyotda, ya’ni kundalik turmushda qo’llaniladigan bezak san’ati ma’nosini anglatadi. Amaliy-badiiy bezak san’ati turli xil buyumlar, ko’chalar, maydonlar, istirohat bog’lari, ishlab chiqarish korxonalari, o’quv-tarbiya muassasalari, sport inshootlarini bezash bilan bog’liq dir. Shuningdek, san’atning bu turi kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari bezagi uchun ham ahamiyatlidir. Amaliy bezak san’ati kishilar turmushida juda keng qo’llaniladi. Аmaliy san’at buyumlari vazifasi, shakli, bezagi, materiali, rangi, o’lchovlariga rioya qilishni talab etadi. Shundagina, bu buyumlar kishilarni hayajonlantiradi, to’lqinlantiradi, ya’ni ularning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling