O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/128
Sana08.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1757465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning 
sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar 
yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter 
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga 
qaratilgan. 
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular 
o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni 
tashkil etishga yo‘naltirilgan. 
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash 
masalalarini nazarda tutadi. 
Ko‘ryapmizki, birinchi tashabbusda adabiyot va san’at rivoji 
alohida o`rin tutadi. Zero, san’atning har bir turi yoshlarimizni 
barkamol tarbiyalashda o`ziga xos mavqega ega. Chunki san’atning 
har bir turi insonnig ruhiyati va tafakkuriga kuchli ta’sir ko`rsatishi 
hech kimga sir emas. Shu jihatdan olib qarasak, san’atga oshno qalblar 



hech qachon yovuzlikka moyil bo‘lmaydi. San’atga oshno etish o‘z 
navbatida nazariy va amaliy jihatlarni o`z ichiga oladi. Albatta bu ikki 
jihat san’atning hamma turi uchun birdek xizmat qiladi. Shuni 
inobatga olib, amaliy bezak san’ati bilan bog‘liq asosiy mulohazalarni 
yoritish maqsadida mazkur qo‘llanma yaratildi. Aytish joizki, turli 
ziddiyarlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida 
yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh 
vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroqdir. Shu 
munosabat bilan bu qo‘llanmada yoshlarimizni amaliy san’atning 
nazariy va amaliy jihatlarini bilishga va ularni mazkur sohaga 
qiziqtirib, malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi. 
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 12-yanvar 
kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish 
hamda targ’ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g’risida”gi 
farmoyishga imzo qo‘ydi. Bu farmoyish mohiyat e’tibori bilan 
yoshlarimizning ma’naviy jihatdan yuksalishiga va ajdodlar merosiga 
sadoqat ruhida tarbiyalanishiga hissa qo‘shdi. Ana shu jihatdan olib 
qaraganda amaliy bezak san’ati va uning nazariy hamda amaliy 
xususiyatlarini yoritishni maqsad qilgan mazkur qo‘llanma yuqoridagi 
farmoyish va besh muhim tashabbusning amaliy targ’ibi tufayli 
yuzaga keldi, desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Amaliy-badiiy bezak san’ati – teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at 
turlari qatori muhim ahamiyat kasb yetadi. U o’z nomiga ko’ra 
amaliyotda, ya’ni kundalik turmushda qo’llaniladigan bezak san’ati 
ma’nosini anglatadi. Amaliy-badiiy bezak san’ati turli xil buyumlar, 
ko’chalar, maydonlar, istirohat bog’lari, ishlab chiqarish korxonalari
o’quv-tarbiya muassasalari, sport inshootlarini bezash bilan bog’liq
dir. Shuningdek, san’atning bu turi kiyim-kechaklar, zargarlik 
buyumlari bezagi uchun ham ahamiyatlidir. Amaliy bezak san’ati
kishilar turmushida juda keng qo’llaniladi.
Аmaliy san’at buyumlari vazifasi, shakli, bezagi, materiali, rangi, 
o’lchovlariga rioya qilishni talab etadi. Shundagina, bu buyumlar 
kishilarni hayajonlantiradi, to’lqinlantiradi, ya’ni ularning ruhiyatiga 
ta’sir qiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling