TAYANCH IBORALAR VA TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG’ATI
GLOSSARIY
(TAYANCH SO’Z VA IBORALAR)
Biokimyo fani - barcha tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy
jarayonlarni o'rganuvchi fandir.
Biokimyoviy statika – organizmlarning kimyoviy
tarkibi va tuzilishini
hamda hujayraning kimyoviy tarkibini va biologik obyektda uchraydigan
moddalarni sifat va miqdor tahlilini o’rganadi.
Biokimyoviy dinamika – organizmda modda va energiya almashinuvini o'r-
ganadi. Biokimyo biologiya va kimyo fanlari oralig'idagi soha bo'lgani uchun bu
ikki fan malumotlari va g'oyalariga asoslanadi.
Funksional biokimyo – hujayra, to’qimalar va organlarda kechadigan
biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
Sport biokimyosi – jismoniy mashqlar davomida organizmda kechadigan
biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
Moddalar va energiya almashinuvi – tirik organizmlarda kechadigan
metabolitik jarayonlardir.
Makroelementlar - tirik organizmning tarkibida 10%dan 0,01%gacha
bo’lgan miqdorda uchrovchi elementlar.
Mikroelementlar - tirik organizmning tarkibida 0,001-10
-5
%gacha
bo’lgan miqdorda uchrovchi elementlar.
Ultramikroelementlar - tirik organizmning tarkibida 10
-6
-10
-12
%gacha
bo’lgan miqdorda uchrovchi elementlar.
Biopolimerlar- hamma tirik organizmlar tuzilishining asosi bo’lgan va
hayotiy jarayonlarda ma’lum vazifani bajaradigan yuqori molekulyar
birikmalardir.