Koferment - Ikki komponentli fermentlarning oqsil bo’lmagan qismi.
Liazalar - organik
birikma tarkibidagi C-C, C-N, C-O bog’larini gidrolitik
bo’lmagan uzush reaksiyalarini katalizlaydigan fermentlar.
Liazalar - Qo‘shbog‘ saqlovchi molekulalarni nogidrolitik yo‘l
bilan
parchalaydigan fermentlar.
Ligazalar (sintetazalar) - ATF energiyasi yoki boshqa makroergik
moddalar ishtirokida monomerlardan yuqori molekulyar polimerlarni (oqsillar,
lipidlar,
polisaxaridlar, nukleotidlar) sintez qilish reaksiyalarini katalizlaydigan
fermentlar.
Oksidoreduktazalar - Oksidlanish-qaytarilish
jarayonini tezlatadigan
fermentlar.
Transferazalar - Bir substratdan ikkinchisiga muayyan funksional
guruhlarni: amin, atsetil, metil, atsil va hokazo o‘tkazish reaksiyasini tezlatadigan
fermentlar.
Gidrolazalar - Muayyan kimyoviy bog‘larni suv ishtiokida parchalaydigan
fermentlar. Me’da – ichakdagi hazm jarayonida qatnashadi.
Izomerazalar - Izomerlanish reaksiyalarini katalizlaydigan fermentlar.
Aldozalarni ketozalarga, “sis-” konfiguratsiyani “trans-” shaklga o‘tishi va
aksincha reaksiyalarda ishtirok etadi.
Ingibitorlar – biokimyoviy jarayonlarni kechishini to’xtatib qo’yuvchi
moddalar.
Aktivatorlar-biokimyoviy jarayonlarning kechishini faollovchi moddalar.
Biologik membranalar - lipidlar va oqsillardan tuzilgan devor.
Do'stlaringiz bilan baham: