O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu: «Tulki bolalari bilan» surati bo„yicha hikoya qilish


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

Mavzu: «Tulki bolalari bilan» surati bo„yicha hikoya qilish. 
Maqsad: Surat bo‗yicha hikoya qilish malakalarini mustahkamlash. 
Vazifalar: 
- Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‗rgatish. 
-Jumlani grammatik tahlil qilish. 
- Fe‘llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni 
mashq qilish. 
Kutilayotgan natijalar: 
- Surat bo‗yicha hikoya qilish malakalari mustahkamlanadi. 
- Hikoya to‗qishga qiziqish uyg‗onadi. 
-Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‗rganadilar. 
Kerakli jihozlar: 
«Tulki bolalari bilan» surati. 
Mashg‗ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga suratni ko‗rsatadi. 


57 
Tulki haqida topishmoqni eslashlarini so‗raydi. 
Surat bo‗yicha tarbiyachining savollari. 
1. Suratda tulki qanday tasvirlangan? (malla, chaqqon, ayyor). 
2. Tulki nima qilishni biladi? (ovlaydi, ayyorlik qiladi). 
3. Tulki haqida o‗zingiz topishmoq to‗qiy olasizmi? 
Mallagina momiqqina – bu nima? (tulki). 
Bolalar, suratga qarab hikoya to‗qing. Avval tulki bolalari bilan qayerda, qachon 
o‗ynashganini o‗ylab toping. Keyin suratda nima tasvirlanganiga qarab hikoya 
o‗ylab toping. Hikoyangiz yakunlangan bo‗lishi kerak. 2–3 bolalar hikoyalari 
tinglanadi, rag‗batlantiriladi. 
Tetiklashtiruvchi mashq 
O‗yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni 
qo‗liga olib, o‗yinni boshlab beradi. Tarbiyachi bolalarga koptokni otib, turli 
savollar bilan murojaat qiladi: biror yovvoyi hayvonning otini ayt. Nima uchun 
yovvoyi hayvon? Deyiladi. Tulkining po‗sti qanday? Quyonning po‗sti qanday? 
bo‗rining po‗sti qanday? Bo‗ri bilan tulki o‗txo‗rmi yoki yirtqichmi? 
O‗yin shu tarzda davom etadi. Izoh: Tarbiyachi o‗yin davomida koptok har bir 
bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‗g‗ri 
tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.
Tarbiyachi suratni olib qo‗yadi. O‗yinchoq tulkini ko‗rsatadi. Bolalar, tulki 
bizga mehmonga keldi. U siz bilan birga o‗ynamoqchi. Tulki sizni barcha 
topshirig‗ingizni bajaradi. Faqat siz undan to‗g‗ri 
iltimos qilsangiz bas. Nodir, sen tulkidan nimani so‗ramoqchisan? «Tulki qo‗shiq 
aytib ber!». Sen-chi Mahmud? «Tulki o‗ynab ber!» Barakalla bolalar topshiriqni 
to‗g‗ri berdinglar. Tulki sizni hamma topshirig‗ingizni bajardi. Sayrda u bilan 
o‗ynashni davom etasiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun 
savollar: 
1. Tulki qanday hayvon? 
2. Suratda tulki qanday tasvirlangan? 
3. Tulki haqida o‗zingiz topishmoq to‗qiy olasizmi?180 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling