Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi buxoro muhаndislik-texnologiya instituti qoʼl yozma huquqida


MainMenu komponentining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Images


Download 0.56 Mb.
bet50/52
Sana02.06.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1834838
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Tahrirlangan

MainMenu komponentining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Images – mazkur menu uchun biriktirilgan rasmlar kolleksiyasi;
2. Items – mazkur menyuning tarkibiy qismlari. Ularni ichma-ich yoki
bir satrda joylashtirish mumkin;
3. AutoHotKeys – agar bu xususiyat Automatic qiymatiga teng bo’lsa,
ilova uchun tizim uchun standart qaynoq tugmachalar aktiv holatda qoladi, aks holda ilova uchun ularni belgilash kerak bo’ladi. Yordamchi PopupMenu menyunining deyarli barcha xususiyatlari MainMenu bir xil bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Images – mazkur menu uchun biriktirilgan rasmlar kolleksiyasi;
2. Items – mazkur menyuning tarkibiy qismlari. Ularni faqat bir ustunda
joylashtirish mumkin;
3. AutoHotKeys – agar bu xususiyat Automatic qiymatiga teng bo’lsa,
ilova uchun tizim uchun standart qaynoq tugmachalar aktiv holatda qoladi, aks holda ilova uchun ularni belgilash kerak bo’ladi.
4. MenuAnimation – ushbu maydondan tanlangan parametrlar bo’yicha
menyudan foydalanilgan animatsiya shaklida namoyon bo’ladi;
5. Aligment – menyudan foydalanilganda joylashuvini anglatadi, u uch
holatda bo’lichi mumkin: Left, Center va Right.
Label komponentining asosiy xususiyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Caption – Label komponentining ma’lumoti ushbu xususiyatda satrli tip
shaklida saqlanadi;
2. AutoSize – Ushbu xususiyat True qiymatiga teng bo’lsa, uning uzunligi
Caption qiymatining uzunligiga teng bo’ladi, aks holda foydalanuvchi belgilagan parametrda bo’ladi;
3. GlowSize – mazkur xususiyat orqali satrning atrofida belgilangan qiymat
miqdorida soya hosil qilish mumkin;
4. WordWrap – agar bu xususiyat True qiymatiga teng bo’lsa, ilovaning
o’lchami o’zgartirilganda Label komponenti ham mos ravishda o’zgaradi.
TEdit – Windowsdagi standart ma’lumot kiritish oynasi bo’lib, u quyidagilar xususiyatlarni o’z ichiga oladi:
1. CharCase – ushbu maydondagi qiymatlar kiritilayotgan belgilarning
registerini belgilaydi. Ular quyidagi qiymatlarda bo’lishi mumkin: ecNormal, ecUpper va ecLower;
2. Color – ushbu xususiyatdan Editning foni uchun rang tanlanadi;
3. MaxLength – Kiritilgan matnning maksimal uzunligini belgilab qo’yiladi;
4. NumbersOnly – bu xususiyat True qiymatiga teng bo’lsa, maydonga
faqatgina 0-9 oralig’idagi raqamlarni kiritish mumkin bo’ladi;
5. PasswordChar – bu maydon odatiy holatda #0 qiymatiga teng bo’ladi,
agar kiritilayotgan ma’lumot parol ko’rinishida bo’lishi talab etilsa, mazkur maydonga * ni kiritish kerak;

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling