O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi 
eng noyob va mukammal boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi, 
ma`naviy boyligi aks etadi. Til millat ruhining betakror va hech zamonda xira 
tortmas ko`zgusidir. Har bir tilda shu til egasi bo`lgan millatning saviyasi
ruhiyati yorqin ifodasini topadi. Shu sababli har bir xalq ona tilining sofligi, 
kamoloti va rivoji uchun tinmay qayg`uradi. Prezidentimiz bu borada shunday 
deydi: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining 
betakror jozibasi bilan singadi…Ona tili bu millatning ruhidir. O`z tilini 
yo`qotgan har qanday millat, o`zligidan judo bo`lishi muqarrar”[2].
Hozirgi davr o`zbek tilshunosligi o`z tadqiqotchilaridan ko`pgina 
yangiliklarni, ilmiy izlanishlarni, zamon bilan hamnafas bo`lishi uchun ezgu 
ishlarni kutyapti. Bunga javoban o`zbek tilshunosligida aniqlangan lisoniy 
umumiyliklarni nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish 
samaradorligini oshirish, qo`llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan 
shug`ullanishga qiziqish kundan-kunga oshib boryapti.
Grammatikaning ajralmas bir qismi bo`lgan o`zbek tili morfologiyasida 
boshqa so`z turkumlari qatori sifat ham katta o`rin egallaydi. Sifat o`zbek tilida 
o`zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida 
ajratilgan. Sifat so`z turkumining ko`p qirralari bo`yicha bir qator ishlar amalga 
oshirilgan 
[26;46;50;45;56;58;59]. 
Ammo 
sifatning 
leksik-semantik 
xususiyatlari haqidagi fikrlarni yetarli deb bo`lmaydi. Qolaversa, sifat 
leksemalarni tadqiq etishda zamonaviy tilshunoslikdagi eng ilg`or metodlardan, 
xususan, semantik- uslubiy izoh, komponent tahlil, qiyosiy- statistik tahlil 



metodlaridan foydalanish oqsamoqda . Bu kabi holatlar mavzuning dolzarbligini 
belgilaydi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling