Qiyosiy tilshunoslik


Download 207.5 Kb.
bet1/10
Sana10.02.2023
Hajmi207.5 Kb.
#1183981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi


O‘zbekiston xаlqаro islom аkаdemiyasi
Magistratura bo‘limi
Qiyosiy tilshunoslik” fanidan

KURS ISHI

MAVZU: ARAB TILI VA O’ZBEK TILIDA SIFAT

Mutaxassislik: 5А120103 – Lingvistika (arab tili)

Bajardi: 2-kurs magistranti Nasirova D.T.


Ilmiy rahbar: f.f.d., A.Akmalxonov


Toshkent-2021

MUNDARIJA


Bajardi: 2-kurs magistranti Nasirova D.T. 1
Ilmiy rahbar: f.f.d., A.Akmalxonov 1
Toshkent-2021 2


ARAB TILI VA O'ZBEK TILIDA SIFATLAR
Yoshlarimiz nimalarga qodir ekani, imkoniyatlarga
ega ekani hayotga qanday tayyor bo`layotgani, kerak
bo`lsa, qanday bosqichlardan o`tayotganini men yaxshi
bilaman. Mana endi turli davlatlarning mutaxassislari
bilan, tengdoshlari bilan baxslashishga, bellashuviga
tayyor bo`lgan yoshlarimiz dunyoni ko`rayapti. Endi ular
boshqalardan o`rnak olib, kuchiga kuch qo`shilayapti. Men
bolalarimga aytmoqchiman: aziz farzandlarim, hech
qachon o`qish-o`rganishdan, izlanishdan uyalmanglar”1


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyoti davridagi eng noyob va milliy boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi, ma’naviy boyligi aks etadi. Til millat ruhining betakror va hech zamonda xira tortmas ko’zgusidir. Har bir tilda shu til egasi bo’lgan millatning saviyasi, ruhiyati yorqin ifodasini topadi. Shusababli har bir xalq ona tilining sofligi, rivoji va kamoloti uchun qayguradi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezedenti I. A. Karimov bu borada shunday deganlar: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga , avvalo ona allasi , ona tilining jozibasi bilan singgadi … Ona tili bu millatning ruhidir . O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’ligidan judo bo’lishi myqarrar .
Hozirgi davr o’zbek tilshunosligi tadqiqotchilaridan ko’pgina yangiliklarni, ilmiy izlanishlarni, zamon bilan hamnafas bo’lishi uchun ezgu ishlarni kutyapdi Bunga javoban o’zbek va arab tilshunosligida aniqlangan lisoniy umumuiyliklarni, ulardagi farqli jihatlarni , nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish , qo’llanilish doirasini kenggaytirish muommolari bilan shug’ullanishga kirishish kundan kunga oshib bormoqda .
Respublikamizda ta’limning umumiy maqsadi zaminida ijodiy va mustaqil
fikrlovchi yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash yotadi. Binobarin, har bir fanning o`z maqsadi va vazifalari bo`lib, yurtimizga kerakli kadrlarni tayyorlab berishdan iboratdir. Keyingi yillarda chet tillarni o`rganishga ancha keng yo`llar ochildi. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy madaniy aloqalar keng yildan yilga yaxshilanib bormoqda shu sababli chet tiliga bo`lgan ehtiyoj zarurati tobora kuchaymoqda. Ana shu ehtiyojni qondirish masadida hukumatimiz tomonidan qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda: a) ta’lim muassasalarining barcha tiplarida “Chet tili” o`quv predmetiga ajratilgan soat miqdoriko`paytirildi, b) bog’chlarda chet tili o`qitish uchun o`qituvchilar tayyorlanmoqda;c) chet tili o`qitiladigan bog’chalar soni ko`paytirilmoqda; d)xorijiy filologiya mutaxassisligiga yo`nalgan litseylar tashkil etimoqda; e) chet tillarni o`qitish uchun xorijiy mamalakatlardan o`qituvchi-mutaxassislar jalb qilinmoqda; f)chet tili ta’limning dolzarb masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash, ilmiy-maliy anjumanlar tashkil etilmoqda. Qadimdan til insonlar o`rtasidagi aloqa vositasi bo`lib kelgan. To hozirgi kunda til ancha murakkab strukturalashgan ma’lum bir qolipga tushgan bo`lishiga qaramasdan unda hali ham bahs-munozaraga sabab bo`layotgan qoidalar ham mavjud. Jamiyat va til o`zaro bog’liq bo`lgan jarayondir.
Jamiyat rivojlangani sari til ham rivojlanadi, o`zgaradi.Insonlar orasida o`zaro aloqa almashivuni natijasida til takomillashib boradi.Til muloqotda ishlatilishdan susayib, iste’moldan chiqib ketsa u o`lik tilga aylanadi.Til qanchalik insonlar o`rtasida muomila vositasi bo`lib, kengroq yoyilaversa, mustahkam strukturasiga ega bo`lsagina jahon tillari doirasiga kiradi, o`z o`rnini egallaydi. Biz bilamizki, dunyoda jahon tillari deb 6 ta til tan olingan bo`lib, bular: rus, ingliz, fransuz, nemis, xitoy, arab tillaridir. Bular ichida arab tili o`zining qadimiyligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Buyuk allomalarimiz ham aynan shu tilda ijod qilib bizga bebaho meros qoldirib ketganlar. Vaqt o`tishi bilan tilda ham asta-sekinlik bilan o`zgarishlar bo`ladi.Tildagi dolzarb muammolarini yechish tilshunoshlar oldidagi katta vazifa bo`lib turadi.Yurtimizda yoshlarni ta’lim olishi uchun juda ko`p imkoniyatlar yaratilgan.
Ushbu kurs ishida arab va o’zbek tilidagi sifatlar qiyoslanadi, farqli tomonlari tadqiq etiladi. Qiyoslanayotgan ikki til leksikasi, grammatikasi, sintaksisi tadqiq etiladi. O’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan izofalar, grammatik progressiyalar bosqichma-bosqich tadqiq etib boriladi. Kurs ishi 3 reja asosida yoritilib, xulosalanadi.
Biz bu ishimizda arab adabiy tilidagi sifatlar va uning o’zbek tilidagi qiyosini o’rganib chiqamiz.
Grammatikaning ajralmas bir qismi bo’lgan o’zbek tili morfologiyasida boshqa so’z turkumlari qatori sifat ham katta o’rin egallaydi. Sifat o’zbek tilida o’zining leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra mustaqil so’z turkumi sifatida ajratilgan. U so’z turkunining ko’p qirralari bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan . Sifat so’z turkumini tadqiq etishda tilshunoslikdagi eng an’anaviy usullardan , qiyosiy metod asosida arab tili va o’zbek tilidagi sifatni o’rganish bugungi kun tilshunosligining asosiy masalalaridan bo’lib qolmoqda. Bunday holat mavzuning dolzarbligini belgilab beradi albatta.

Download 207.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling