Qiyosiy tilshunoslik
I BOB. ARAB VA O’ZBEK TILLARIDA SO’Z TURKUMLARINING UMUMIYLIGI
Download 207.5 Kb.
|
Kurs ishi
I BOB. ARAB VA O’ZBEK TILLARIDA SO’Z TURKUMLARINING UMUMIYLIGI
1.1 O’zbek tilida sifat va uning xususiyatlari Arab tilshunosligida so’z turkumlari 3ga bo’lib o’rganiladi: الاسم -ismالفعل - fe’llar va الحرف harflar . Ismlar guruhiga ot, sifat, son, olmosh, masdar va boshqalar, fe’llar guruhiga esa faqat she’l va uning shakllari, harf guruhiga esa yuklama, ko’makchi va bog’lovchilar kiradi. Bunday taqsimotni ko'plab g’arb va sharq olimlari, xususan, N.V.Yushmanov va B.M.Grandelar ham tan oladilar. G.Sh.Sharbatov koʻpgina sifatlar otlarga xos boʻlgan soʻz yasalish qoliplariga koʻra yasalishini eʼtirof etib, aksincha, arab tilidagi sifatlarni maʼno va sintaktik xususiyatlariga koʻra gap boʻlagi sifatida ajratish mumkinligini taʼkidlaydi. Arab va o`zbek tillarida so`z turkumlarining umumiylik belgilari haqida so`z yuritilar ekan har ikki til uchun umumiy bo`lgan belgilari: ot so`z turkumi , sifat so`z turkumi, fe’l so`z turkumi, son, harakat nomi, ravish kabi turkumlar har ikkisida ham mavjudligi, faqat arab tilida so`z turkumlarini uchguruhga ajratadi va fe’lda n boshqa hamma turkumlarni ism so`z turkumida o`rganadi. Narsa-predmetning belgisini to`g’ridan to`g’ri, bevosita ifodalab, uning biror narsa yoki joyga tegishli ekanligini ko`rsatmagan sifatlar asliy sifatlar deb ataladi. Misol uchun, sovuq, yomon, yashil, ozg’in kabi. Bunday sifatlar yordamida har doim mavjud, asl sifatlar ko`rsatiladi. Sifatlar ma’no xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) asliy sifatlar; v) nisbiy sifatlar. Prеdmеt bеlgisini bеvosita ifodalaydigan, bеlgini darajalab ko‘rsata oladigan, -roq qo‘shimchasini erkin qabul qiladigan sifatlar asliy sifatlar dеyiladi: shirin qovun - shirinroq qovun - eng shirin qovun; katta baliq - kattaroq baliq - juda katta baliq. Prеdmеt bеlgisini o‘rin yoki paytga nisbatlab, boshqa prеdmеtga o‘xshatish orqali ifodalaydigan, -roq qo‘shimchasini qabul qilmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar dеyiladi: Nisbiy sifatlar –li, -iy (-viy), -simon, -lik, -gi (-ki, qi) kabi qo‘shimchalari yordamida hosilqilinadi: mеvali daraxt, tibbiy ma’lumotnoma, zamonaviy libos, sharsimon jism, kiyimlik mato, yozgi yumush, qishki kiyim, tashqi hovli, uydagi gap. Nisbiy sifatlar bеlgini darajalab ko‘rsata olishi va olmasligi jihatidan ikki xil bo‘ladi: a) daraja ko‘rsata oladigan nisbiy sifatlar; b) daraja ko‘rsata olmaydigan nisbiy sifatlar. Ayrim qo‘shimchalar (-li, -ma) bilan hosil qilingan nisbiy sifatlarda darajalab ko‘rsatish xususiyati mavjud: kuchli - kuchliroq - juda kuchli, aqlli - aqlliroq - juda aqlli, hovliqma-hovliqmaroq-juda hovliqma. Asliy sifatlarda bеlgining kuchaytirma va ozaytirma shakllari bor: yashil – yam-yashil, sariq - sap-sariq, qizil - qizg‘ish, qora-qoramtir. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Asliy sifatlarda modal ma’no ifodalanadi: yoshgina, ziyrakkina, do‘mboqqina. Nisbiy sifatlarda bunday xususiyat yo‘q. Faqat –li qo‘shimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifatlardagina modal ma’nolarni ifodalash imkoniyati mavjud: aqlligina, chiroyligina kabi. Asliy sifatlar fе’lga bog‘lana oladi: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir (Maqol). Nisbiy sifatlar fе’lga birika olmaydi. Faqat –iy bilan hosil qilingan nisbiy sifatlar juda kam miqdordagi fе’llar bilan (masalan: zamonaviy kiyinmoq) birikishi mumkin. Narsa-predmetning belgisini o`zga narsaga nisbatan ifodalagan, tegishlilikni ko`rsatgan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Misol uchun, bahoriy kayfiyat, falsafiy mavzu, kitobiy til, bugungi ish kabi. Nisbiy sifatlar maxsus qo`shimchalar yordamida hosil qilinadi. Arab tilida nisbiy sifat murakkabroq yasaladi. Muzakkar va muannas jins tushunchalari nisbiy sifatda ham o`z kuchida qoladi. 2 Nisbiy sifat – so`z oxirida ikkilangan ﻱ– ya harfi bor sifatdir. Nisbat qilinayotgan narsasidan aynan bir narsani ko`rsatish uchun ishlatiladi: ﱞﻱﺮﺼﻣ ﻱﺪﻨﻗﺮﻤﺳ kabi. Arab tilida narsaning rang – tusi, inson va jonivorlarning fizik va ichki xususiyatlari, xullas, sezgi a’zolari bilan bilib bo`ladigan belgilar asliy sifatda ifodalanadi. Asliy sifat quyidagi xususiyat va ma’nolarni ifodalaydi: jonzot yoki narsaning fizik xususiyatlarini ifodalaydi: ﺮﻴﺒﻛ – katta; ﺮﻴﺜﻛ – ko`p; ﺮﻴﻐﺻ – kichik; ﻞﻴﻠﻗ – oz; Arab tilida gaplarda his-tuyg‘ularni ifodalovchi sifatlar ال siz va tanvinsiz qo‘llaniladi. Masalan: عَطْشَانُ - chanqagan جَوْعَانُ - och مَلآنُ – to’la غَضْبَانُ – g’azabli فرحانُ – hursand Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling