Qiyosiy tilshunoslik
Download 207.5 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy orttirma daraja
Mutloq orttirma daraja
Mutloq orttirma daraja vaqiyosiy orttirma daraja ham أفْعَلُ (af’alu) vaznida bo’lib, mutloq orttirma daraja moslashgan aniqlovchilarday bo’lib keladi., shuning uchun ham u sifatlanmish bilan to’la moslashadi (holatda, kelishikda, jinsda va hokazoda) va o’zbek tilida «…eng…,» deb tarjima qilinadi. Ko’plik Ikkilik Birlik Jins. أفاعِلُ أفْعَلانِ أفْعَلُ M.z. فَعْلَياتُ فَعْلَيانِ فَعْلَى M.n. Masalan: العامل الأحسن - Eng yaxshi ishchi الغرفة الكبرى - Eng katta xona الطلاب الأشاهرُ - Eng mashhur studentlar الطالبات الحسنيات - Eng go’zal talabalar
Qiyosiy orttirma daraja Qiyosiy orttirma daraja أفْعَلُ (af’alu) o’zidan keyin kelayotgan ismni qaratqich kelishigida va aniq holatda bo’lishini talab qiladi, bu vazndagi sifat jinsda o’zgarmaydi. Masalan: من أحسنِ الطالباتِ - Eng yaxshi student qizlardan من أحسنِ الطلابِ - Eng yaxshi studentlardan أفْعَلُ (af’alu) qolipidan keyin ism birlikda noaniq holatda va qaratqich kelishigida kelsa, «eng…lardan biri» deb tarjima qilinadi. Masalan: أحسن طالبةٍ - Eng yaxshi student qizlardan biri أحسنُ طالبٍ - Eng yaxshi studentlardan biri. القاهرةُ أجملُ مدينةٍ - Qohira eng chiroyli shaharlardan biri. Bulardan tashqari yana, أفْعَلُ - فَعْلاءُ (af’alu-fa’lau) shaklidagi sifatlardan, belgini bildiruvchi sifatdoshlardan va nisbiy sifatlardan qiyosiy va orttirma daraja sintaktik yo’l bilan ya’ni أكْثَرُ ، أشَدُّ ، أقَلُّ kabi so’zlar va undan keyin solishtiriladigan belgi shu o’zakdan hosil bo’lgan tushum kelishigidagi noaniq holatda turgan masdar yordamida hosil qilinadi.5 Masalan: هذه الوردةُ أشدُّ حُمْرَةً من تلك - Bu atirgul narigisidan qizilroq. أخي أقَلُّ اجتهادا من صديقه - Ukam o’rtoqidan ko’ra kamroq tirishqoqdir. خَيْرٌ (hayrun) yaxshi, شَرٌّ (sharrun) yomon kabi sifatlardan أفعلُ (af*alu) vaznida emas, shu sifatlarning o’zidan hosil bo’ladi. Masalan: الصلاةُ خيرٌ من النوم - Nomoz uyqudan yaxshiroqdir. شَرُّ البلادِ مكانٌ لا صديقَ بِهِ - Yurtlarning eng yomoni do’sti bo’lmagan yurtdir. Sifat odatda otdan keyin keladi va u ot bilan jins, son, holat va kelishikda moslashadi:
Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling