Qiyosiy tilshunoslik


Download 207.5 Kb.
bet9/10
Sana10.02.2023
Hajmi207.5 Kb.
#1183981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

Atoqli ot
Atoqli otlar ﻝﺍ siz bo`lsa ham har doim aniq holatda hisoblanadi. O`z-o`zidan
ma’lumki, uning aniqlovchisi ham aniq holatda ﻝﺍ bilan kelishi kerak.
ﻞﻗﺎﻌﻟﺍ ﺓﺰﻤﺣ – aqlli Hamza;
ﻢﻳﺮﻜﻟﺍ ﺩﻮﻤﺤﻣ – saxiy Mahmud;
مصر القديمة – Qadimgi Misr;
ُمكة المكرمة – tabarruk Makka;
سمرقند الجميلة – go`zal Samarqand.
Aniqlanmish bilan aniqlovchining holatda moslashishiga alohida e’tibor berish kerak. Agar aniqlanmish aniq holatda bo`lib, aniqlovchi noaniq holatda bo`lsa, bular aniqlovchi - aniqlanmish munosabatidan chiqib, ot kesimli gapga aylanib qoladi.
Masalan:
مصر الجديدة- yangi Misr
مصر جديدة - Misr yangidir.


Kishilik olmoshlari
Arab tilida ko`rsatish olmoshlari ham aniq holatda hisoblanadi. Gapning egasi aniq holatda bo`ladi. Shuning uchun ko`rsatish olmoshlari gapning egasi bo`lib keladi. 10Odatda undan so`ng noaniq holatda gapning ot-kesimi keladi. Masalan:
ﻂﻴﺸﻧ ﺖﻧﺃ – sen faolsan;
ﺔﻠﻴﻤﺟ ﺖﻧﺃ – sen go`zalsan.


Ko`rsatish olmoshlari
Arab tilida ko`rsatish olmoshlari ham aniq holatda isoblanadi. Shuning uchun ko`rsatish olmoshlari bilan ifodalangan aniqlovchilar aniqlanmishdan oldinda turadi va bu ham to`rt jihatdan aniqlanmish bilan moslashadi. Bunday aniqlanmish har doim aniq holatda keladi, chunki ko`rsatish olmoshlari tabiatan aniq holatdadir.
Masalan:
هذان كتابان – bu ikki kitob;
هذا الشارع – bu ko`cha;
تلك السيارة– o`sha mashina;
اولئك المعلمون– o`sha o`qituvchilar.
Shuningdek, aniqlovchi ko`rsatish olmoshidan iborat bo`lganida, aniqlanmish aniq holatda kelishi shart. Aks holda ko`rsatish olmoshi gapning egasi ot gapning kesimiga aylanadi.
Masalan:
هذا التلميذ نشيط - bu o`quvchi bola g’ayratlidir
هذا تلميذ - bu o`quvchidir.
اولئك الاطفال اذكياء- o`sha bolalar ziyrakdirlar
ولئك اطفالﺃ - o`shalar bolalardir.
اولئك اطفال اذكياء - o`shalar ziyrak bolalardir.

XULOSA
Mavzuni umumiy va qiyosan o`rganishga harakat qildim. Chunki arab tiliga doir kitoblarda so`z turkumlari haqida ham to`xtalib o`tilsada, arab tilining grammatikasi o`zbek tili grammatikasidan tubdan farq qiladi va har ikki tilning o`ziga xosligi bor. Arab tilida so`z turkumlari ko`p emas, qolaversa uning morfologik va sintaktik xususiyatlarida ham sezilarli farqlar bor. Umuman olganda har ikki tilning o`ziga xosligi mavjud. Mavzuni o`rganish jarayonida quyidagi xulosalar qilindi:
Tahlil natijasida arab tilidagi sifatlarning qo‘llanishining grammatik va morfologik xususiyatlari aniqlandi.
Nisbiy sifatlar predmetning boshqa predmet bilan bog‘lanishini bildiradi, uning nomidan berilgan sifatdosh yasaladi. Nisbiy sifatlar predmetga doimiy ravishda xos xususiyatni bildiradi. Ular taqqoslash darajalarini shakllantirmaydi. Qisqartirilgan (denominativ) sifatlar deb ataluvchi bu tip arab adabiy tilida keng tarqalgan. Nisbiy sifatlar otlardan -اي oxiri yordamida yasaladi .
O`zbek tilida mustaqil so`z turkumlari oltita hisoblansa, arab tilida esa uchtagina: ism, fe’l va harf so`z turkumlar bor. Arab tilida fe’l so`z turkumidan boshqa hammasini ism so`z turkumiga kirgizadi. Xususan, o`zbek tilidagi ot, sifat,
son, ravish, harakat nomi kabilar arab tilida ism so`z turkumida o`rganiladi. Fe’lning o’zi esa alohida turkum deb qaraladi. O`zbek tilidagi sifatlarni arab tili
bilan qiyosladim va arab tili uchun xos bo`lgan tomonlarini keltirib o`tdim. Sifatlarning yasalishi o`zbek tilida murakkabroq. O`zbek tilida sifat otga, fe’lga va
boshqa so`z turkumlariga qo`shimchalar qo`shish, so`zlarni bir-biriga qo`shish va
so`zlarni takrorlash kabi usullar yordamida yasaladi. Arab tilida sifat yasalishida ma’noviy guruhlanishga ham qaraladi. Masalan, xursandchilik va xafalikni ifodalash uchun ma’lum bir qolipda, rangni ifodalash uchun ma’lum qolipda, insondagi sobit sifatlarni ifodalash uchun ma’lum qoliplarda yasalishi mumkin. Lekin ko`pchilik sifatlar bundan mustasno bo`lib, ular samoviy - hech qanday
qoidalarsiz, tilda mavjud holatiga, iste’moliga ko`ra yasaladi.
Biz o‘z ishimizda arab adabiy tilida sifatlarning yasalishi nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rgandik. Ko‘plab misollar asosida sifatdoshlarning turli vaziyatlarda qo‘llanish o‘ziga xosliklari bilan bir qatorda sifatlarning turli formulalarini yasashning nozik tomonlarini ham aniqlashga muvaffaq bo‘ldik.Bundan tashqari sifatlarning qiyosiy darajalarini batafsil ko'rib chiqdik. Anglashiladiki, sifatlar til tizimida muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
Biz jins, son, holat kategoriyalarini, shuningdek, sifatlarning holatini ko'rib chiqdik va materialni o'zlashtirish uchun yetarli misollar keltirdik. Ishonchimiz komilki, bu ish arab va o’zbek tilidagi sifatlarni muqoyasa qilishda qiyinchiliklardan qochishimizga yordam beradi.


Download 207.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling