Qiyosiy tilshunoslik
Arab tilida aniqlovchi va aniqlanmish munosabatlari
Download 207.5 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy sifat
2.2 Arab tilida aniqlovchi va aniqlanmish munosabatlari
Arab tilida sifat ham, ot so`z turkumiga tegishli ba’zi so`zlar ham aniqlovchi bo`lib keladi. Arab tilida aniqlovchi “na’t” yani “sifat” deyiladi. U – aniqlanmishni yanada ravshanlashtirish yoki ma’lum turga xoslash uchun kelgan ismdir. U ikki xil bo`ladi: Haqiqiy sifat; Sababiy sifat. Gapning sub'ektlari, predikatlar va ba'zi boshqa a'zolari rolini bajarib, sof sifat ma'nosini asta-sekin yo'qotib, sifatdoshlar kabi otlarning ma'nolarini ifodalashi, ya'ni asoslanishi mumkin. Masalan: أمين – sodiq, ishonchli, bundan tashqari kotib, qo‘riqchi, boshqaruvchi ma’nolarida ham qo‘llanadi. Haqiqiy sifat Haqiqiy sifat – aniqlanmishning aynan o`zidagi sifatni ifodalaydi. Misol uchun, رأيت الطالب المجتهد – tirishqoq talabani ko`rdim, المثمرة ﺔﻘﻳﺪﺤﻟﺍ ﺖﻠﺧﺩ - serhosil bog’ga kirdim kabi. Sababiy sifat Sababiy sifat – aniqlanmishga tegishli narsadagi sifatni ifodalaydi. Misol uchun, ﺎﻬﻠﻜﺷ ﻦﺴﺤﻟﺍ ﺔﻘﻳﺪﺤﻟﺍ ﺖﻠﺧﺩ - shakli chiroyli bog’ga kirdim,ﻪﻬﺟﻭ ﻦﺴﺤﻟﺍ ﺐﻟﺎﻄﻟﺍ ﺖﻳﺃﺭ - chiroyli yuzli talabani ko`rdim kabi. Bunda, ﻦﺴﺤﻟﺍ sifati o`zidan oldingi ﺐﻟﺎﻄﻟﺍ va ﺔﻘﻳﺪﺤﻟﺍ so`zlarini emas, balki o`zidan keyin kelayotgan ﻪﺟﻭ va ﻞﻜﺷ so`zlarini sifatlamoqda. ﻪﺟﻭ so`zi ﺐﻟﺎﻄﻟﺍ so`ziga, ﻞﻜﺷ so`zi ﺔﻘﻳﺪﺤﻟﺍ so`ziga tegishli. Sababiy sifatning sifatlanmish qismida hokim so`zga qaytuvchi zohiriy zamir – olmosh bo`lishi kerak. ﺎﻬﻠﻜﺷ va وجهه kabi. Quyida moslashish qoidalari va holatlarini ko`rib chiqamiz: Moslashish avvalo jinsda bo`lishi kerak. Bilamizki arab tilida jins katgoriyasi mavjud va bu kategoriya bo`yicha ikkita - muzakkar (erkak) va muannas (ayol) jinslari mavjud. Aniqlanmish qaysi jinsda bo`lishiga qarab sifatni ham xuddi shu jinsga moslab keltirish kerak. Misol uchun, بيت جديد - yangi uy, - مدينة جميلة chiroyli shahar باب قديم - eski eshik kabi. َبيت va ٌباب so`zlarida hech qanday muannaslik belgisi yo`q va ular majoziy muannas ham emas.6 Shuning uchun ularni sifatlab kelayotgan ﺪﻳِ ﺪَ ﺟ va ٌ ﻢﻳِ ﺪَﻗ sifatlari muzakkar jinsda keltirildi. Agar ular ﺔﻌﻣﺎﺟva ﺔﻠﺠﻣkabi muannas jinsdagi so`zlarni sifatlab kelsa, ular ham muannas jinsga o`zgartiriladi: جامعة جديدةva قديمة ﺔﻠﺠﻣkabi. مدينةso`zida muannaslik belgisi ﺓ borligi uchun u muannas so`z va uning sifati ham muannas jinsa keltirildi: مدينة جميلة -chiroyli shahar kabi. Ammo, ٌ يد - qo`l so`zida maunnaslik belgilari bo`lmasa ham, “insonning juft a’zolari muannas jinsda bo`ladi” degan qoidaga muvofiq, uni sifatlamoqchi bo`lsak muannas jinsdagi sifat keltiramiz: ﺓﺮﻴﺼﻗ ﺪَﻳ - kalta qo`l kabi. ﺓﺰﻤﺣ so`zida muannaslik belgisi bo`lsa ham, u “lafziy muannas” va erkak kishining ismi bo`lgani uchun uning sifati muzakkar jinsda bo`ladi: حمزة العاقل -aqlli Hamza kabi. ﻢﻳﺮﻣ va ﺐﻨﻳﺯ kabi muannaslik belgisi bo`lmagan ayol kishilar ismini sifatlaganimizda ularni muannas jinsdagi sifatlar bilan sifatlaymiz: الجميلة ﺐﻨﻳﺯ -chiroyli Zaynab, ﺔﻠﻗﺎﻌﻟﺍ ﻢﻳﺮﻣ - aqlli Maryam kabi. Bu qoidalar haqiqiy sifatga tegishli. Sababiy sifat bo`lsa, muzakkar va muannaslikda o`zidan keying so`zga ergashadi. ﺎﻬﻠﻜﺷ ﺎﻨﺴﺣ ﺔﻘﻳﺪﺣ ﺖﻠﺧﺩ – manzarasi go`zal bog’ga kirdim misolini olib qarasak. Bu gapda ﺔﻘﻳﺪﺣ so`zi aniqlanmish bo`lsada, undan keyin kelgan sifat so`z – ﺎﻨﺴﺣ jinsda unga emas, ozidan keyin kelgan so`zga ergashadi. ﺔﻘﻳﺪﺣ so`zi muannas bo`lsada, sifat so`z – ﺎﻨﺴﺣ muzakkarda. Chunki sababiy sifat muzakkar va muannaslikda o`zidan keying so`zga ergashadi. Bu sifatdan keyin kelgan so`z ﻞﻜﺷ muzakkar jinsaga tegishli. Shu sabab sifat so`z – ﺎﻨﺴﺣ ham muzakkar jinsda turibdi. اء الرجل الكثير مالهﺟ – puli ko`p odam keldi. Misolda aniqlanmish ham, sifat ham muzakkar jinsda turibdi. Lekin, sifat so`z – ﺮﻴﺜﻜﻟﺍ ning muzakkar jinsda turishiga ﻞﺟﺮﻟﺍ so`zining ta’siri yo`q. Sababiy sifat, muzakkar va muannaslikda o`zidan keying so`zga ergashadi degan qoida muvofiq, ﺮﻴﺜﻜﻟﺍ ning muzakkar jinsda bo`lishining sababi undan keying so`z – ﻝﺎﻣ ning muzakkar jinsda turganligidir. ﻪﻤﻠﻋ ﺪﻴﺠﻟﺍ ﺔﺒﻟﺎﻄﻟﺍ – bilimi kuchli talaba qiz birikmasida, ﺔﺒﻟﺎﻄﻟﺍ so`zi muannas jinsda turgan bo`lishiga qaramay sifat muzakkar jinsda turibdi. Chunki, u sifatlab kelayotga so`z – ﻢﻠﻋ muzakkar jinsga tegishli. فعول ، ﻞﻴﻌﻓ vaznidagi sifatlar sifatlanmish bilan quyidagicha moslashadi: ﻝﻮﻌَﻓ vaznidagi sifat aniq daraja ma’nosida kelganda, sifat har ikkala jins uchun bir xil bo`ladi: ﺏﻭﺬﻛ ﻞﺟﺭ - doim yolg’on gapiruvchi erkak; ﺏﻭﺬﻛ ﺓﺃﺮﻣﺇ - doim yolg’on gapiruvchi ayol kabi. b) passiv ma’noda kelganda sifatlanmish bilan jinsda moslashadi. ﻝﻮﺳﺭ - elchi erkak; ﺔﻟﻮﺳﺭ - elchi ayol kabi. v) فعيل vaznidagi sifat passiv ma’noda kelganda har ikkala jins uchun bir xil ko`rinishda bo`ladi: ﻞﻴﺘﻗ ﻞﺟﺭ - o`dirilgan erkak; ﻞﻴﺘﻗ ﺓﺃﺮﻣﺇ - O`ldirilgan ayol kabi. Aktiv ma’noda kelganda esa, sifatlanmish bilan jinsda moslashadi: ﺔﺤﻴﻄﻧ ﺓﺮﻘﺑ - suzong’ich sigir; ﺢﻴﻄﻧ ﺭﻮﺛ - suzong’ich ho`kiz kabi. Passiv ma’noda kelganda har ikkala jins uchun bir xil bo`ladi: ﺢﻴﻄﻧ ﺭﻮﺛ - suzilgan ho`kiz; ﺢﻴﻄﻧ ﺓﺮﻘﺑ - suzilgan sigir kabi. Moslashish sonda ham bo`lishi kerak. Bunda, moslashish ma’lum xususiyatlarga ega bo`ladi. Aniqlanmish ot odamni bildirganda, uni sifatlab kelayotgan so`z u bilan birlik, ikkilik va ko`plik sonda moslashadi فلاح عاقل - aqlli dehqon; فلاحان عاقلان - ikkita aqlli dehqon; ُ فلاحون عقلاء - aqlli dehqonlar; طالبة مجتهدة - tirishqoq talaba qiz; ﻥﺎﺗَ ﺪِﻬَﺘْ ﺠُﻣ ﻥﺎﺘﺒﻟﺎﻁ - ikkita tirishqoq talaba qiz; طالبات مجتهدات - tirishqoq talaba qizlar kabi. Aniqlanmish ot odamdan boshqa narsa bo`lsa, uni sifatlab kelgan so`z, birlik va ikkilikda moslashadi: قلم قديم - eski qalam; قلمان قديمان - ikkita eski qalam kabi. Aniqlanmish ot odamdan boshqa narsa bo`lib, ko`plikda bo`lsa, muannas yoki muzakkarligidan qat’iy nazar, sifati birlik muannas jins shaklida bo`ladi7: قلم قديم - eski qalam اقلام قديمة - eski qalamlar ﺓﺪﻳِ ﺪَ ﺟ ﺔﻌﻣﺎﺟ - yangi institut جديدة ﺕﺎﻌﻣﺎﺟ - yangi institutlar kabi. Aniqlovchi ko`rsatish olmoshi bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunda ko`ratish olmoshi ko`rsatilayotgan shaxs yoki narsa jinsiga va soniga moslashadi. Yuqoridagi qoidaga muvofiq aqlsiz narsalarning ko`pligi uchun birlik, muannas jinsdagi ko`rsatish olmoshlari keltiriladi: bu talaba → هذا طالب o`sha talabalar → اولئك الطلاب bu o`qituvchi → هذا معلم bu o`qituvchilar →هؤلاء معلمون bu qalam → هذا قلم bu qalamlar → هذه اقلام bu institut → ةﻌﻣﺎﺠ هذه – bu institutlar kabi. Moslashish kelishikda ham bo`lishi kerak. Ya’ni sifatlanmish ot qasi kelishikda turgan bo`ls, aniqlovchi ham xuddi shu kelishida turadi.8 Bilamiz, arab tilida uchta kelishik bor: raf’ – bosh kelishik, nasb – tushum kelishigi, jar – qaratqich kelishigi. Bu kelishiklarning ifodalanishi qo`shimcha bilan emas, harakat belgisi ya’ni qisqa tovush va harflar yordamida ifodalanadi: الكتابُ َالكتاب الكتابِ va ٌ طالب ﻥﻮﺒﻟﺎﻄ طالبان , kabi. Moslashgan aniqlovchi kelishik borasida o`zidan oldingi otga tobe’ bo`ladi – ism raf’, nasb va jar holatlaridan qaysi birida kelishiga qarab aniqlovchi ham shu holatda bo`ladi. Moslashish haqiqiy sifatda ham, sababiy sifatda ham bo`ladi: جاء الولد الكسلان – dangasa talaba keldi; ﺓﺪﻳﺪﺟ ﺔﻌﻣﺎﺠﻟﺍ ﻲﻟﺇ ﺖﺒﻫﺫ – yangi institutga bordim. Yuqorida uch kelishikda kelgan haqiqiy sifatga misol keltirildi. Gap so`ngida kelgan sifatlarning barchasi mustaqil kelishik holatiga ega emas. Ular o`zidan oldin kelgan sifatlanmish otning kelishigiga qarab o`zgaradi. جاء المعلم علمه كثير – ilmi ko`p o`qituvchi keldi; ﻪﻟﺎﻣ ﺮﻴﺜﻜﻟﺍ ﻞﺟﺮﻟﺍ ﺖﻳﺃﺭ – puli ko`p odamni ko`rdim. Sababiy sifatga keltirilgan bu misollardagi ﺮﻴﺜﻜﻟ ﺮﻴﺜﻜﻟﺍ so`zlari o`zidan keyin kelayotgan, ﻪﻤﻠﻋva ﻝﺎﻣkabi so`zlarni sifatlab kelayotgan bo`lsada, kelishikda o`zidan oldingi ﻢﻠﻌﻤﻟﺍ, ﻞﺟﺮﻟﺍ so`zlariga ergashadi. Shuning uchun ham u sababiy sifat deb nomlangan. Moslashish holatda ham bo`lishi kerak. Arab tilida ism holatiga qarab noaniq va aniq holatdagi ismlarga bo`linadi. Noaniq holatdagi ism – “nakira” deyiladi, aniq holatdagi ism – “ma’rifa” deyiladi. Nakira – muayyan, aniq bir narsani anglatmay, umumiy ma’no ifodalagan ismdir. Inson, qalam kabi. Ma’rifa – muayyan, ma’lum bir narsani ifodalagan ismdir. Ma’rifa yetti turli bo`ladi: atoqli ot; zamir – kishilik olmoshlari; ismi ishora – ko`rsatish olmoshlari; ismi mavsula – nisbiy olmoshlar; ﻝﺍ li ismlar yuqoridagilarning biriga muzof – qaralmish bo`lgan ism; munodo – undalma. Aniqlanmish ot noaniq holatda kelsa, aniqlovchi ham noaniq holatda – ﻝﺍ siz bo`lishi kerak:9 جاء طالب ظريف – ziyrak talaba keldi; ﻊﺘﻤﻣ ﺏﺎﺘﻛ ﺍﺬﻫ – bu qiziqarli kitobdir; في الكتاب الممتع اقوال مفيدة – qiziqarli kitobda foydali so`zlar bor. Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling