O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III. 7. Hid bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/37
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051681
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

III. 7. Hid bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari 
Hid bildiruvchi sifatlar o`zbek tilining lug`at boyligida ta’m-maza sifatlari 
kabi kam miqdordadir. Sifatlarning ma’no turlari bo`yicha to`plangan misollar 
tahlili natijasida bu turdagi sifatlarning miqdori 10ga yaqin ekanligini ko`rsatadi. 
Bu tarkibga xushbo`y, muattar, sassiq, babbo`y, qo`lansa, ifor va hokazolar 
mansub. Shuningdek, bu belgi uchun predmet nomlaridan ham foydalaniladi, 
ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga “hid” so`zini qo`shib aytish orqali 
qo`shma sifatlar ham hosil qilinadi: atir hidi, rayhon hidi, yog` hidi, kerosin 
hidi, baliq hidi kabi. Shuningdek atir so`zining o`zi ham ba’zida hid semasini 
ifoda eta oladi.
Xushbo`y sifati “yoqimli hidga ega, hidi yoqimli” ma’nolarini ifoda etib, 
muattar, ifor kabi so`zlar bilan sinonimlikka kirishadi. Xushbo`y sifatining 
sinonimi sifatida hidli so`zi sinonimlar lug`atida keltiriladi [29, 217]. Biroq bu 
holatga qo`shilish qiyin. Chunki “hidli” semasi ostida har qanday hid, ya’ni ham 
xushbo`y hid, ham qo`lansa hid tushunilaveradi. 
Muattar” ko`proq badiiy uslubda qo`llanadi:
Mehnat-u g`ayrat-la go`zal bog`imga 
Yaxshi niyat bilan ko`chat ekkanman. 
Shoyad shu mehnatim qo`shilgan chog`da 
Yana xushbo`y hidga burkansa chaman. (G`ayratiy) 
Ba’zanjonli so`zlashuvda shirin hid, achchiq hid kabi qo`llanishlar ham 
uchrab turadi: Atiringizning hidi juda shirin ekan. (Gazetadan) 
Sassiq so`zi “hidi yomon, yoqimsiz, qo`lansa” ma’nosini anglatadi. Bu so`z 
sassiq, badbo`y, qo`lansa kabilar bilan sinonimlikka kirishadi. U go`yo qorong`i, 
sassiq zindondan yorqin, toza ko`klam havosiga chiqqanday bo`ldi (Oybek). 
Qurtxona havosi bo`g`iq, kishining nafasi qaytar, qandaydir badbo`y hid kelar 
edi. (N.Safarov) 


75 
Sassiq leksemasi shaxsning belgisini bildirib kelganda, odatda, 
so`zlovchining modal munosabatini,aniqrog`i birovga nisbatan salbiy 
munosabatini ifoda etadi: O`, sassiq chol, saloming boshingdan qolsin 
(O.Yoqubov). 
Sassiq so`zi kontekstda “yomon, yoqimsiz” sifatlariga xos xususiyatlar 
ma’nosini tashishi mumkin: Sassiq bo`lsa ham burun o`zimizniki (H.Sulton). Bu 
misolda sassiq leksemasi orqali gap-so`zi, xatti-harakatlari yoqimsiz, 
so`zlovchining jini suymaydigan belgi ma’nosi ifolalagan. 
Sassiq so`zi nazmda epitet sifatida predmetning belgisini salbiy ottenkada 
ko`rsatish uchun keng qo`llaniladi. Bu tipdagi epitetlar lirik epitelarga, ya’ni 
muallifning 
tasvirlanayotgan predmetga 
to`g`ridan-to`g`ri 
munosabatini 
anglatadigan sifatlar sirasiga kiradi: Uchratganim kim – gulim yoki sassiq alof
(Navoiy) 
Kuzatishlar ko`rsatadiki, hid bildiruvchi sifatlar oz bo`lsa-da, ifoda semasi 
kengligi bilan ahamiyatlidir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling