O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
III. 4.Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
III. 4.Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy
xususiyatlari Hajm-o`lchov sifatlari narsa-buyumning hajmi, o`lchovi, miqdori, umuman, ko`lamini bildiradi. Bu qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog`, yirik, yupqa, sayoz, uzoq, yaqin va hokazolar mansub.Nasriy asarlarda bu kabi hajm- o`lchov sifatlari, odatda, o`z asl ma’nosida qo`llanadi. Keng dala hamma yoq lolalardan libos kiygan. (Sh.Rashidov) Nazmiy asarlarda esa o`z ma’nosi bilan birga, ko`chma ma’noda ham qo`llanadi. Uzun-uzun o`ylarim unutolmaydi dilim. (M.Jiyanova) Chaqmoq chaqar, ko`k qarsillaydi, Quchgan kabi tog`dan azim tosh. (Shukrullo) Ikkinchi misoldagi “o`lcham nisbatan ortiq” semasi azim sifat leksemasi vositasi sifatida ifodalangan bo`lib, bu so`z badiiy uslubga xos. Katta so`zi o`z navbatida bir qator so`zlar bilan ma’nodoshlikka kirishadi: katta, ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant. Katta keng ma’no ifodasiga ega u aniq, shuningdek, mavhum tushunchalarga nisbatan qo`llanaveradi. Ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan so`zlarining hammasida belgi darajasi nisbatan kuchli. Shuning uchun ham ular deyarli hamma vaq hajm-o`lchovi ancha katta bo`lgan narsalarga nisbatan qo`llanadi. Ulug` sifati asosan insonga nisbatan qo`llanadi. Mendan to`rt-besh yosh ulug`roq bir 70 birodarimiz bor edi (P.Tursun). Buyuk sifati aniq predmetlarga nisbatan kam qo`llanadi: Mening sovg`am – buyuk shahar, ko`rkam qishloqlar. (G`ayratiy) Azim, azamat asosan aniq narsalarga nisbatan qo`llanadi: Baland qad ko`targan azim tog`lar. (Y.Hamdam) Ulkan so`zi manbalarda eskirgan so`z sifatida keltiriladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo`lib, asosan inshootlarga nisbatan qo`llaniladi. Yirik so`zi meva, tosh va boshqa so`zlar bilan birikadi. Mazkur so`z barcha so`z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy, yirik daraxt kabi qo`llanishlar usluban noto`g`ri. Shu jumladan, gigant so`zi ham shunday. Gigant so`zini har qanday so`z bilan biriktirish mumkin emas. Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g`aliz hisoblanadi. Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning hajm ko`lamini bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir oraliq masofani ifodalash uchun qo`llaniladi. Poetik nutqda keng, tor sifat leksemalari inson tasvirini, uning portretini berishda ham qo`llanadi: Keng qaboqli, tor miyiqli, Guli gulnor mohi nur. (M.Ali) Bu misolda keng, tor leksemalari vositasida tasvirlanayotgan kishining yuz-qiyofasi, portreti chizib berilgan. Tilimizda tor leksemasining peshonasiga nisbatan qo`llanilib, ko`chma ma’noda qo`llanadi. Peshonasi tor iborasi shu asosda shakllangan. Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemar orasida chuqur, sayoz so`zlari predmetning pastlikka tomonbo`yini, chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi. Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan” semasini ifodalasa, chuqur leksemasi esa bunday belgining kuchli darajasini, aksini bildiradi. Mazkur so`zlar ham ko`chma ma’noda keng qo`llanilib, uslubiyatni vujudga keltiradi. Masalan,sayoz bilishi, sayoz fikr; chuqur bilim, chuqur ma’no kabi qo`llanishlar shular jumlasidandir. O`zbek tilining izohli lug`atida keng so`zining izohi quyidagicha berilgan. 1.Ko`chma ma’noda. Mehr- muruvatli, yaxshilikni ayamaydigan kishi ma’nosida. Kengga keng dunyo, torga tor dunyo. (Maqol) 2. Fe’li (yoki ko`ngli) keng. Ko`ngling keng bo`lsa, hujra 71 ham saroyday. (Gazetadan) 3.Yuragi keng. Tashvish tortmaydigan kishi. Yuragingiz muncha keng bo`lmasa, ko`zingizga uyqu kelganiga hayronman.(A.Qahhor) Ko`lamme’yorini bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq, yaqin leksemalari uzunlik belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur so`zlar ham fe’l oldidan kelib, ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga ixtisoslashgan: Yaqin kelma, o`ldiraman, - dedi do`sti. (O`.Umarbekov) Uzoq ketib qolsangiz men nima qilaman? (P.Qodirov) Xullas, hajm-o`lchov ma’nosini ifoda etuvchi sifatlar aloqa-aralashuvda keng qo`llaniladi. Sifatning ma’no jihatdan alohida katta guruhini hosil qiladi. Hajm-o`lchov, ko`lam sifatlari poetik nutqda obrazli jumlalar yaratishda holat, xususiyat sifatlari singari faol qo`llanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling