O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/37
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051681
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

yomg`irdan keyin havo musaffo. (S.Anorboev) 
Kir so`zi ko`chma ma’noda “yaramas, jirkanch, iflos” ma’nosiga ega 
bo`lishi aytiladi. Masalan: Yoshlik o`tdi. Bo`yi yetdi. Kir odat uni zindondek 
hovliga soldi.(Mirtemir) Kir holat sifati orqali bir necha iboralar 
shakllanganligiga guvoh bo`lamiz. Bularga ko`nglida kiri yo`q, tirnoq ostidan 
kir qidirmoq, ko`nglini (dilini) kir qilmoq, tishining kirini so`rmoq kabilan misol 
bo`ladi. Misollar:
1. Darrov tirnoq ostidan kir qidirasiz-a, Samadov. (P.Qodirov)
2. Ular (boylar) palov yeb, tishini kovlaganlarida, biz tishimizning kirini 
so`rib, o`choq oldida chorig`imizni quritar edik. (P.Tursun) 
3. Yuragida bori yuziga tepib turadigan bunday kishilarni, ko`nglida kiri 
yo`q, deb maqtaydilar. (P.Qodirov) 
Narsa-hodisaning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi yangi, eski, 
churuk, uvada, juldur va b. holat sifatlari ishlatilish doirasi keng. Uvada so`zi 
kam qo`llanadi. Uvada so`zi quyidagi ma’no ifodalariga ega: 
1. Kiyim, to`shak va sh.k. ning to`zgan, uzilgan parchasi. 
2. Eskirib, sitilib, yirtilib dabdala bo`lgan kiyim-kechak, latta-putta, eski-
tuski. 
3. Yirtilgan, to`zgan, uvada holga kelgan: Uvada kamzulda billur 
tugmaday, bulutlar ortidan boqadi yulduz. (A.Oripov) 
4. Ko`chma. Uvadaga o`xshash narsa haqida: Oppoq uvada bulutlarni 
shamol haydaydi. (S.Zunnunova) 
Holat sifatlari o`zining ekspressiv ko`chma ma’noda ishlatilishi bilan 
ajralib turadi. Bunday leksemalar narsa yoki hodisa xususiyatining bir tomoni, 
belgisini alohida ta’kidlab, kuchaytirib ifodalash uchun qo`llaniladi. 
Salbiy stilistik ottenkani ifodalash imkoniga ega qattiq so`zi odatdagi 
sharoitda o`z shaklini va hajmini saqlaydigan holat ma’nosini ifodalaydi: qattiq 
jism. Qattiq so`zi qattiq jismlar, uy ashyolari, ovqat, inson tana a`zolari, qurilish 


59 
materiali, qog`oz mahsulotlari, o`rin bildiruvchi so`zlar, o`simlik, mevalar 
belgisini ifodalaydi: qattiq tosh, qattiq o`rindiq, qattiq non, qattiq qo`l, qattiq 
sement, qattiq po`lat, qattiq qog`oz, qattiq lavlagi, qattiq joy.
Inson ruhiyati juda serqirra bo`lib, u shodlik, g`azab, xafalik, loqaydlik 
kabi turli holatlar majmui sanaladi. Shundan kelib chiqib, tilimizdagi ruhiy holat 
ifodalovchi sifatlarni bir qator turlarga ajratish mumkin [34]. 
1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar. Kishi ruhiyatidagi davriy yoki 
oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda 
aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga, bir 
lug`aviy sifat guruhiga birlashadi: mamnun, xursand, xushnud, xurram, quvnoq, 
shod, shodmon, xushchaqchaq, masrur kabi. Bularning bir qismi poetik nutqda 
keng qo`llansa, ya’nimamnun, xushhol, xurram va h.k., bir qismi so`zlashuv 
uslubida keng qo`llanadi. (xursand, shod, quvnoq va b.). Masalan: G`urbatda 
g`arib shodmon bo`lmas emish. (A.Navoiy) 
2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham tilimizda keng 
tarqalgan: g`amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang va 
b. Bularning qo`llanishi ham turlichadir.
Dilgir, giryon, xunibiyron, diltang kabilar juda kam qo`llanadi. 
Xafa, g`amgin, xomush, dilgir kabi sifat leksemalarida belgini ifodalash 
deyarli bir xil. Bular kishining yuz-ko`zidan ifodalanib turadigan g`amginlik 
holatini bildirishga xizmat qiladi. G`ash sifati insonning ichki kechinmalari, 
ruhiy iztirobi bilan bog`liq holatni aks ettiradi. Nimadan ko`ngling g`ash, 
nimada darding, hoy, kichik qishloqning jajji bolasi? (M.Ali) 
3. G`azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bular qatoriga g`azabnok, 
kinli, darg`azab, g`azabli kabilardir. Ular orqali insonning tevarak-atrofdagi 
voqea-hodisalar, predmetlar, odamlar hatti-harakatidan noroziligi tufayli yuzaga 
kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi:
Ba’zanyog`ayotgan o`qlar bamisol 
Dudoqlaridan kinli so`zlar uchgan on. (A.Suyun) 


60 
Keltirilgan misoldan kin (kinli) so`zi norozilik, gina ma’nolaridan tashqari, 
matnga bog`liq holda g`azab ma’nosini ham ifoda etmoqda. 
4. Ijobiylik yoki salbiylik semasini ifodalovchi sifat leksemalar sog`, 
sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd va h.k. lar ikki xil ruhiy holatni ifoda etish 
uchun qo`llanadi. 
5. Kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchikambag`al, faqir, 
qashshoq, bechora, gado, bechorahol, yo`qsil, miskin, yetim, mushfiq, musofir, 
boy, badavlat, davlatmand kabilar kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalashga 
xizmat qiladi: 
Mushfiq ona ko`z oldida 
O`sib borar farzandi. (E.Vohidov) 
6. Predmetning harorat belgisini bildiruvchi sifat leksemalar predmetga 
nisbatan qo`llanganda haroratning uch xil darajasini, ya’nisovuqlik, iliqliq yoki 
issiqlikni ifodalashga xizmat qiladi: Sovuq marmar toshni siypalab, silab... 
(M.Ali). Issiq nafas purkar har bir deraza. (Shukrullo) 
Yuqoridagilardan tashqari tozalik, ifloslik holatlarini 
ifodalovchi 
predmetning yangilik-eskilik holatlarini ifodalovchi, tinch va notinchlik 
holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar va ularning semantik – uslubiy 
xususiyatlari haqida manbalarda bayon etilgan [35]. 
Xullas, holat ifodalovchi sifatlar sifatning ma’no jihatdan salmoqli turini 
tashkil etadi. Holat sifatlarining uslubiy vazifalari ham juda keng, qo`llanish 
doirasi keng, holat sifatlarining tarkibida ham o`z, ham o`zlashma qatlamga oid 
so`zlarni kuzatish mumkin. Ular nasr bilan birga nazmda ham ko`p qo`llanadi. 
Nazmda qo`llanganda nasrdan ko`ra ko`proq ko`chim ifodalab keladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling