O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

 
Ishning ilmiy yangiligi
– o`zbek tilida sifat so`z turkumi va uning lingvistik tabiatiga munosabat 
bildirildi; 
– sifat leksemalarining ma’no ko`chish sabablari o`rganildi va izohlandi; 
– sifatda kuzatiladigan konversiya hodisasi yoritildi; 
– o`zbek tilidagi sifatlarning semantik-funksional xususiyatlarini ochib
berildi, matndagi imkoniyatlari sharhlandi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ish nazariy jihatdan 
sifatlarga xos semantik xususiyatlarni yanada chuqur anglashga asos yaratadi. 
Amaliy jihatdan esa turli o`quv qo`llanmalar, konspektiv kurslar, lug`atlar 
tuzishda, shuningdek, kelgusida o`zbek tilshunosligida sifatlarning ma’noviy 
guruhlari, semantik strukturasi, ma’lum bir narsaga xos rangni bildiruvchi 
sifatlar, sifat asosida shakllangan o`zbekcha kishi ismlariga oid monografiyalar 
va o`quv qo`llanmalari yaratish uchun material bo`lib xizmat qila oladi. 
Ishning sinovdan o`tishi. Ish BuxDU “O`zbek filologiyasi” kafedrasida 
muhokama qilinib (14. 05. 2014) himoyaga tavsiya etilgan 
Tadqiqotning joriylanishi va e`lon qilinishi. Tadqiqot mavzusi 
yuzasidan “Filologiya masalalari” (2013, 2014 yillar)da, magistrlar 
to`plamlarida maqolalar nashr qilindi, shuningdek, BuxDU professor-
o`qituvchilarining 2013-yilda o`tkazilgan an`anaviy-ilmiy anjumanida ma`ruza 
qilindi.



Ishning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish (Ishning umumiy tavsifi), uch 
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 83 sahifani 
tashkil etadi. 
 
 
 
I BOB. SO`Z TURKUMLARI TIZIMIDA SIFAT VA UNING 
LINGVISTIK TABIATI 
I. 1. O`zbek tilshunosligida sifat so`z turkumi 
O`zbek tili morfologiyasida, boshqa so`z turkumlari qatori sifat ham katta 
o`rinni egallaydi va o`zining leksik-grammatik va semantik xususiyatlariga 
ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan. Sifat so`z turkumining ko`p 
sohalari ustida dissertatsiyalar yoqlandi, ilmiy maqolalar yozildi. Ayniqsa, 
kiyingi yillarda sifat semantikasi, stilistik xususiyatini o`rganishga e’tibor 
kuchaydi. XX asrning 40-50 - yillarida bir qator olimlar tomonidan leksik 
ma’noning komponent strukturasi haqidagi fikrlar ilgari suruldi. G.Xeller va 
J.Makris rang ifodalovchi leksemalarning o`rganar ekanlar, ular o`z 
tadqiqotlarida ma’noning semantik komponentlarini darajalaydilar. O`zbek 
tilshunosligida leksik ma’noni kompanentlardan iborat ekanligi dastlab SH. 
Rahmatullayev, I.Qo`chqortoyev, R.Yunusovlarning ishlarida ilgari surulgan. 
Uni tadqiq etishga bag`ishlangan yirik hajmdagi asarlar maydonga keldi. Shu 
tarzda semaseologiya tilshunoslikning barcha sathlarida o`z o`rnini topa 
boshladi. Tadqiqot ishimizda semantika haqida so`z borar ekan,avvalo semema 
va uning tarkibiy qismlariga to`xtalishni lozim topdik. Narsa shakl va mazmun 
yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo`lganligi kabi leksema ham tashqi va 
ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig`i nomema deb ataladi. 
Nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan fonemalar 
hosilasi – nutq tovushlari nazarda tutiladi. Leksemaning ichki, mazmuniy 
tomoni semema deyiladi. Semema – ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, 
harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko`rinishi [27]. 



Boshqacha aytganda, semema leksemaning ichki jihati. Tilshunoslikda 
sememani tashkil etuvchi unsur sifatida sema ajratiladi. Semema tarkibidagi 
sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko`ra uch xil bo`ladi: 
1) atash semasi (denotativ sema); 
2) ifoda semasi (konnotativ sema); 
3) vazifa semasi (funksional sema). 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling