Zaripova komilaning


Download 0.59 Mb.
bet1/4
Sana05.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1167168
  1   2   3   4
Bog'liq
maqola KURS ISHI





BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI 6-3-UZB 19 GURUH TALABASI
ZARIPOVA KOMILANING
TURKIY TILLAR QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI’’
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI




2023


TURKIY TILLARDA SIFAT SO’Z TURKUMINING QIYOSIY O’RGANILISHI

Annotatsiya: Ushbu maqolada oʻzbek tili va tilshunosligi oʻzining uzoq tarixiga ega ekanli, va shu asnoda so'zlarning o'ziga xos belgi-xususiyatlariga ko'ra ma’lum guruhga ajratilishi asosida so'z turkumlariga ajratilishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. So'zlarni turkumlarga ajratishda muayyan guruhga mansub so'zlarning umum grammatik kategorial semantikasi va o'ziga xos lisoniy belgilariinobatga olingan. Eng asosiysi ushbu maqolada turkiy tillarda sifat so’z turkumining qiyosiy jihatdan o’rganilishi ochib berilgan.

Kalit so’zlar: adabiy o’zbek tili, so’z turkumi, ismlar, morfologik ko’rsatgich, morfologik tizim, razryad.

Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun muntazam tarzda oliy ta’lim tizimida qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirish, shu orqali oʻquvchilarning kompetensiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi Oʻzbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir.“Farzandlarimizni mustaqil fikrlashga, zamonaviy bilim va kasb-hunarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”,1 deb oʻz ma’ruzalarida ta’kidlab oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ana shu soʻzlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa boʻlib hisoblanadi.

insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”,2 deb oʻz ma’ruzalarida ta’kidlab oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ana shu soʻzlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa boʻlib hisoblanadi.

Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni oʻrganish, ular yaratgan olamshumul ilmiy kashfiyotlarni roʻy-rost bayon qilish imkoniyati faqat mustaqillik tufayligina vujudga keldi. Ana shu imkoniyatdan foydalangan holda oʻtmish madaniy merosimizni sinchiklab oʻrganish, ajdodlarimizning dunyo tilshunosligiga qoʻshgan xizmatlarini faxr-iftixor tuyg‘usi bilan keng omma oʻrtasida targ‘ib va tashviq qilish har bir oʻzbek ziyolisining eng shavqli-zavqli ishiga aylanmog‘i lozim. Rus imperiyasi davrida yoshlarni tarixdan uzib qoʻyish, oʻtmish madaniyati bilan oshno etmaslik, bu bilan ruslashtirish g‘oyasini osongina amalga oshirish siyosati yurgizildi. Ana shu siyosat ta’sirida barcha fanlar tarixi singari oʻzbek tili va tilshunosligi tarixi ham xaspoʻshlab koʻrsatildi.


Aslida oʻzbek tili va tilshunosligi oʻzining uzoq tarixiga ega. Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan allomalarimiz oʻzlarigacha boʻlgan jahon olimlarining ilmiy merosidan bahramand boʻlishlari bilan birga, jahon tilshunosligining ravnaqi uchun ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.
Oʻzbek tili respublikamizning davlat tili deb qonunlashtirilishi xalqimizning tarixiy-madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Bu oʻzbek xalqining hal qilinishi lozim boʻlgan muammolaridan biri edi. Chunki ushbu dolzarb muammoni hal qilmasdan turib, milliy siyosatni toʻla amalga oshirish, milliy tillar haqidagi ta’limotning oʻzbek tili taraqqiyotidagi rolini atroflicha, ilmiy asosda tushunish mumkin emas.
Oʻzbeklar oʻz tilidan koʻp asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan oʻzbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon boʻlgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻlgan. Til hodisalaridan ma’lum me'yor asosida foydalanish adabiy oʻzbek tilining shakllanishiga olib kelgan.
So'zlarning o'ziga xos belgi-xususiyatlariga ko'ra ma’lum guruhga ajratilishi so'z turkumlari deyiladi. So'zlarni turkumlarga ajratishda muayyan guruhga mansub so'zlarning umum grammatik kategorial semantikasi va o'ziga xos lisoniy belgilari: morfologik (so'z yasalishi va so'z tarkibi o'zgarishi) hamda sintaktik (so'zlarning birikish) xususiyatlari nazarda tutiladi. Shu belgilar asosida ot, sifat, ravish, fe'l kabi mustaqil so’z turkumlari ajratilgan. Turkiy tillarda son va olmoshlar shakliy belgilari asosida emas, semantik xususiyatiga ko'ra tavsiflanadi. Ayrim turkiy tillarda, xususan, hozirgi turk tilida sifat, son, olmosh, ravish guruhiga kiruvchi so'zlarning ismlar turkumi (ot) ga kiritilishida ham ana shu semantik xususiyat asos qilib olingan. So'zlarni turkumga ajratish tilshunoslik fan sifatida shakllangan dastlabki davrlarda boshlangan. Dastavval, hindlar so'zlarni otlar, fe’llar, yordamchilar guruhiga ajratgan. Keyinchalik, arablar ismlar, fe’llar, yordamchi so 'zlar tarzida guruhlagan. Bir qator xalqlar ismlar ichidan ot, sifat, son, olmosh, fe’lni mustaqil turkum sifatida umumlashtirgan. Hozirgi turkiy tillarda ismlar nomi ostida bir necha so'z turkumi mujassamlangan. Jumladan: o‘zbek tilshunosligida ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi, taqlid so 'z ismlar guruhi ostida birlashtirilgan. Ismlami birlashtiruvchi asosiy omil ularning ko‘plik, kelishik, egalik shakllarini olish xususiyatiga ega ekanligidir. Turkiy tillardagi so‘z turkumlari o'ziga xos xususiyatlari bilan flektiv tillardan farq qiladi. Turkiy tillarda grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko'plikda qoTlanadi. Son, olmosh turkumida yasalish mavjud emas. Grammatik m a’no, asosan, yordamchi so‘zlar bilan ifodalanadi. So'zlarning morfologik tarkibini o‘rganish, qardosh tillar bilan qiyoslash, flektiv tillardagi hodisalardan farqli tomonlarini tahlil etish turkiy tillarda so'z o’zgarishining xilma-xil ekanligini ko'rsatadi. Turkiy tillarda so‘z turkumlari miqdoriy belgisiga ko'ra farqlansa ham, sifat belgisiga ko'ra umumlashtiruvchi jihatlarga ega. O 'zbek tilida so'z turkumlari jami 12 ta. Ular, asosan, besh guruhga bo'linadi. So'zlar aniq narsa, belgi, harakat, holat kabilarni bildirishi yoki bildirmasligiga ko'ra mustaqil so'zlarga bo'linadi.
Mustaqil so'zlar turkumi: ot, sifat, son. olmosh, fe’l,ravish. Yordamchi so'zlar turkumi: ko'makchi, bog'lovchi, yuklama. Modal so'zlar, undov so'zlar, taqlid so'zlar o'ziga xos jihatlari bilan yuqoridagi so'z turkumlaridan ajralib turadi. Shu bois ular alohida-alohida guruhni tashkil etadi.
Ba’zi turkologlar turkiy bobo tilda sifatning mustaqil so`z turkumi bo`lganligiga shubha bilan qarashadi. "Turkiy bobotilda sifatlar maxsus morfologik ko`rsatkichga ega bo`lmaganlar, ularning mustaqil leksik — grammatik razryad tur sifatida mavjud bo`lganligi ham shubha uyg`otadi"3 Uning fikriga ko`ra, sifatlar otlarning semantik — funksional taraqqiyoti natijasida yoki o`zga morfologik tizim (qurilish) asosida paydo bo`lgan (kelib chiqqandir).
Afsuski, bunday mezon tilshunoslarimiz orasida keng tarqalgan nuqtai nazarga mosdir. Agar morfologik ko`rsatkich bo`lmasa, so`z turkumi ham yo`q. Sifatlar kishilar ongida predmetlarning belgi va xususiyatlarini ajratishga asoslangan leksik — funksional tur (razryad) bo`lib, dunyoning barcha tillarida mavjuddir. Turkiy tillardagi ko`pgina qo`shimchalar juda qadimiy bo`lib, turkiy bobotil davridan buyon qo`llaniladi.

Turkiy tillarda sifatlarning qo`llanishida ma’lum cheklanishlar bor. Bunga sabab shuki, sifatli birikmada ilk unsur sifat ma’nosiga ega bo`lgani holda, ot shaklida qoladi: tatar tilida “qish iasi” - “qush uyasi (ini)”, “telki mex” –‘’tulki mo`ynasi”, turk tilida “demir yol”- “temir yo`l’’, qo`miq tilida “gumush sag`at” – “kumush soat “ kabi.


Hind-yevropa tillari bilan turkiy tillar o'rtasidagi muhim farqlardan biri beigi-xususiyatni aniqlash yo'llarining turlichaligidir. Masalan, flektiv tillarda aniqlovchi vazifasida sifatlar qo'llanadi: железная дверь, деревьянный мост kabi. Turkiy tillarda sifatlar bilan bir qatorda, ot turkumiga oid so'zlar ham aniqlovchi vazifasida keladi: demir qapi “temir eshik”. Turkiy tilarda sifat quyidagi xususiyatlarga ega:


  • Predmet, narsa-buyumning belgisini bildiradi qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo’ladi.

  • Sifat bog’anib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo'shimchalarni qabul qiladi, lekin sifat o‘zgarmaydi, ya'ni sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarni olmaydi. Masalan: ulug'vor tabiatni.

  • Sifatlar darajalanadi. Sifat darajalari uch xil: oddiy, qiyosiy, orttirma daraja.

Sifat darajalari uch usul (vosita) yordamida hosil qilinadi:



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling