Zaripova komilaning
Download 0.59 Mb.
|
maqola KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- -raxll-rex
- . V.N. Nasilov
- F.A.Abdullayev
a) fonetik usul (vosita): yap-yapalaq, qip-qizil. Urg‘u yordamida ham daraja ifodalanadi: baland, achchiq, nordan. Qip- qizil, sap-sariq, yum - yumalaq so‘zlarida urg‘u birinchi bo'g'inga tushadi, orttirma daraja ifodalanadi;
b) morfologik usul: -raq, -is, -imtir: ko’kroq, oqimtir. d) leksik usul: sal, xiya, bir az, juda, g’oyatda, nihoyatda, behad, eng so'zlari orqali daraja hosil qilinadi. Masalan: “juda yaxshi”, “nihayatda qiziq”. Chuvash tilida qiyosiy darajadagi sifatlar -raxll-rex affiksi bilan hosil bo’ladi. l. n, r bilan tugagan so'zlarga esa -tarax yoki -terex affikslari qo'shiladi. Masalan, “soxal-saxaltarax”, “giner-ginerterex” kabilar. Turkiy tillarda intensiv shakl, asosan, rang-tus bildiruvchi sifatlar oldidan kelib, belgining me’yordan ortiqligini bildirish uchun xizmat qiladi. Bunda lug’aviy ma’no bilan birga, emotsional munosabat ham ifoda etiladi. Ayrim turkologlar intensiv shaklni orttirma darajaga kiritsalar 4, boshqalar uni maxsus intensiv shakl yoki kuchaytirma daraja deb ko'rsatadilar 5. Intensiv shaklning yasalishi to'g'risida ham har xil fikrlar mavjud. V.N. Nasilov mazkur shaklni sifatning birinchi bo'g'ini qisqarishidan kelib chiqqan prefiks tarzida e’tirof etadi, Bu fikr 1962- yilda Olmaotada nashr etilgan qozoq tili grammatikasida o'z aksini topgan. N.K.Dmitriyev, A.N.Kononov, Z.M.Ma’rufovlar esa bu shaklni qisqartirilgan reduplikatsiya, deb baholaydilar. A .G '.G'ulomov bu shaklning qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqanligi haqidagi fikrga shubha bilan qaraydi va uni boshqacha nuqtayi nazardan o'rganish lozimligini ta’kidlaydi. F.A.Abdullayev intensiv shaklni n sonor tovushi bilan aloqadorlikda ko‘radi, egg// tung / / tim / / chong so'zlari bilan bog'laydi va as - pas, non-pon, is -pis, gost-most, yig’i-sig’i singari so'zlarning ikkinchi komponentidagi m, p, s tovushlarining kelishini shaklan intensiv formaga o'xshatadi. Turkiy tillarda intensiv shaklning birinchi komponenti mustaqil ma’no bildirmaydi va sifatdan oldin kelishiga ko'ra prefiksga o'xshab ketadi. Lekin birinchi komponent oxirgi tovushining turkiy tillarda, hatto, bir til dialektlarida o'zgarishi (o'zbekcha). ko‘m-ko’k; (uyg‘urcha) kep-pek. (qozoqcha) kekpenbek, shuningdek , rang-tus bildiruvchi sifatlardan boshqa so'zlarda ham o'sha xil shakl yasalishidagi ma’lum erkinlik (tep-tekis, yap-yaxshi kabi) bu formani prefiks deb qarashga shubha tug'diradi. Intensiv forma qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqan, degan fikr esa haqiqatga yaqinroq. Ma’lumki, turkiy tillarda yap-yapaloq but-butun (o'zbekcha) singari so'zlarning birinchi komponenti belgisi kuchaytirilayotgan sifatning birinchi bo'g'iniga mos keladi; kekpenbek (kek-pen) bilan (kek) kekpenkek / kekpenbek (qozoq), kekpigek (sariq uyg'urcha.) so'zlari bir xil sifatlarning takrorlanishidir. Intensiv forma shakllanishi uzoq Oltoy davriga borib taqaladi. Mazkur forma mo'g'ul tillari uchun ham xarakterli bo'lib, qadimgi turkiy yozuv yodgorliklarida hozirgi shaklda uchraydi. Intensiv forma boshqa turkiy tillarda ham mavjud: (ozarbayjon) gip-girmizi, bus-butun (oltoy) jap-jajil; (boshqird) kop-kok; (qaraim) ap-ak, yem -yesih (qum) k 'ip -k ’izil, (turk). up-uzun, bom-bos, bus-butun, sil-silpaq, nog', kopkopbek; (tatar). tup-tugerek// tem-tugerek, (tuva) sap-sang', (xakas) koppeges; (shor) kip-kizil; (Chuvash). xop-xura; (yoqut) xap-xara. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling