O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk


Formal tillar uchun leksik va sintaktik tahlil


Download 1.04 Mb.
bet11/18
Sana27.01.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1133872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

2.2.1 Formal tillar uchun leksik va sintaktik tahlil.
Sintaktik tahlilning maqsadi frazaning funktsional daraxt tuzilmasini yasash, ya`ni, gapning har xil sathda turgan bo’laklari orasidagi bog’liqliklarni aniqlab, ularni shu bo’laklar orasida o’rnatish. Bunday tuzilma formal tillar nazariyasida [4] sintaktik daraxt, chiqarish daraxti yoki frazaning ichki ko’rinishi ham deb ataladi. Frazaning funktsional daraxtini muvaffaqiyatli qurgach, undan ma`naviy elemantlarni ajratib olish mumkin xisoblanadi: mantiqiy ob`ekt va sub`ekt, mantiqiy predikat, bevosita va bilvosita to’ldiruvchilarni va hollarni aniqlash mumkin bo’ladi. Sintaktik tahlil masalasi quyidagi dasturiy mahsulotlarda har xil yo’llar bilan amalga oshirilgan:
- Ergo Linguistic Technologies Parser;
- Functional Dependency Grammar;
- Link Parser,
- Star4Win (STARLING).
Semantik tahlil maqsadi - matnli ma`lumotning informativligini aniqlash va eng muhim ma`lumotlarni qayta ishlanadigan matndan ajratib olishdir. Matnni avtomatik semantik tahlil qilish matnning mazmunini aniqlash va uni baholash masalasini echishni taqozo etadi. Bunday masala ma`lumot sifatini baholash ekspert apparatini, va u o’z navbatida mos rubrika(soha) haqida o’ta murakkab va kata ko’lamli matnlarni semantik tahlil qilishni, ya`ni mos sohaga nisbatan chuqur ekspert bilimga ega bo’lishlikni talab etadi. Shuning uchun semantik tahlil formalizm uchun murakkab hisoblanadi (qiyin formallashtiriluvchi masala hisoblanadi) .Bugun komp'yuterli leksikografiya kompyuter idustriyasining tez rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biriga aylanishining sababi - ilmiy bilimni lug’atlashtirish uni ro’yobga chiqishi va tarqalishining zamonaviy omillaridan asosiysidir.Boshlang’ich (kirish) tilida yozilgan programmani mashina tiliga tarjima qilish masalasi oddiy masala emas. Bu masala ketma-ket, bosqichlar bilan bajariladi. Tarjima qilish jarayoni quyudagi umumiy sxema yordamida tasvirlanadi.


Leksik tahlil






Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling