Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogik ta’lim fakulteti


So‘z ma’nosini tushuntirish yo‘llari


Download 21.74 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi21.74 Kb.
#1142599
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

2.So‘z ma’nosini tushuntirish yo‘llari.

So‘z ma’nosini tushuntirish juda kam vaqtni olish kerak. O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida qaysi so‘zlarning ma’nosi ustida ishlashi zarurligini, qay tarzda ishlashini belgilab olishi kerak.


O‘qish darslarida 1 marta uchragan, bolalar ma’nosi tushunmaydigan so‘zlarning ma’nosini asarni o‘qimasdan oldin tushuntirishi kerak.
Ko‘chma ma’nodagi so‘zlarni, obrazli ifodalarni, umuman, asarning badiiy tiliga doir nutq birliklari asarni o‘qib bo‘lgach tushuntiriladi.
So‘z ma’nolarini tushuntirishda qo‘yidagi usullardan foydalaniladi:
1. So‘zni matn asosida tushuntirish
2. So‘z ma’nosini lug‘atdan, kitobdagi izohdan foydalanib tushuntirish.
3. Sinonimlarini keltirib tushuntirish.
4. Antonimiga taqqoslab tushuntirish.
Ko‘chma ma’noli so‘z, tasviriy ifodalarni, maqollarni ham taqqoslash usuli yordamida tushuntirish mumkin.
5. Birikmalar, gaplar yordamida tushuntirish.
6. So‘zni predmetning asosiy belgilarini aytish orqali tushuntirish.
7. Axloqiy mavxum tushunchalarni bildiradigan so‘zlar ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
Bir umumiy tushuncha bildiradigan so‘zlar sinonim so‘zlar deb yuritiladi.
Ular qo‘shimcha ma’nolarni uslubiy qo‘llanishi bilan o‘zaro farq qiladi. O‘quvchi nutqi sinonimlarga boy bo‘lsa, nutqning ifodaliligi shuncha ortadi.
Sinonim so‘zlar bilan ishlash elementlar ravishda 1-sinfdan boshlanadi, lekin maxsus soat ajratilmaydi.
Boshlang‘ich sinfda sinonim so‘zlar ustida quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi.
1) berilgan sinonimlarni guruhlash;
2) berilgan so‘zga sinonim tanlash;
3) tushurib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘rniga qo‘yib matnni ko‘chirish;
4) sinonimlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish;
5) sinonim so‘zlar vositasida didaktik material tanlash.
Zid ma’no munosabatidagi so‘zlar antonim so‘zlar deyiladi-yu antonimik munosabat so‘z va iboralar orasida ham bo‘ladi. Antonimlar bilan ham boshlang‘ich sinfda amaliy tanishtiriladi. Maxsus mashqlar uyushtiriladi:
1. Berilgan so‘zga antonim tanlash.
2. Antonim so‘zlar bilan gap tuzish.
3. Berilgan gapga antonim qo‘yib ko‘chirish.
Omonim so‘zlar ustida ishlashda ham yuqoridagi kabi ishlar amalga oshiriladi.



Download 21.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling