O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Buxoro davlat Pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat fakulteti
1 JM-21 guruh talabasi
Karimov Furqatning
Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM
Bajardi: Karimov.F
Tekshirdi: Saidov.G‘
Buxoro 2022
Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlari bolalari uchun gimnastika narvonchasi oldida, ikki kishi bo‘lib buyum bilan va buyumsiz URM majmuasini tuzishning taxminiy na’munasini tayyorlash.
Reja:
Kirish
I.Jismoniy tarbiya mashqlari mashg’uloti vositasi
II. Gimnastika fani vazifalari
III. Gimnastikada tayyorgarlikning metodik xususiyati
IV. Gimnastikada umumrivojlantiruvchi mashqlar xususiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Gimnastika (yun. gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |