Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar


Download 75.57 Kb.
bet5/8
Sana04.02.2023
Hajmi75.57 Kb.
#1157987
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nabiyev Hurmatillo

O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ullanadigan rasmiy muassasalar
1-jadval




Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti

Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;
-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish.


Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar

Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish


Davlat mulki Qo’mitasi

Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.


Moliya Vazirligi

Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.


Adliya Vazirligi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro’yxatga olish.


Tashqi ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarga va O’zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarga vizalar berish.


Ichki ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarni va O’zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarni turar joyi bo’yicha ro’yxatga olish.


Davlat soliq qo’mitasi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bog’liq faoliyatini tartibga solish


Markaziy bank

Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o’tkazilishini, valyuta mablag’laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.


Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank

Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko’rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.


Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari to’g’risida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
-investitsiya muhitini o’rganish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij investorlariga yordam ko’rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);
-xorijiy investorlarga davlat ro’yxatidan o’tilganidan keyin yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatishida yordam berish (tovar ishla chiqaruvchilar palatasi bilan hamkorlikda).


O’zbekinvest eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi

Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan sug’urtalash


«O’zbekinvestloyiha» milliy injiniring kompaniyasi

Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslamani va investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslamalarini tayyorlash


Davlat mulki qo’mitasi huzuridagi qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi

Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qog’ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.

Ushbu tizim sub’ektlari alohida holda faoliyat yurita olmasliklarini jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin. Ular bir-birining faoliyatini to’ldirgan holda investitsion faoliyatni samarali muvofiqlashtirish imkonini beradi.


O’zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari, birinchi navbatda, barcha xo’jalik yuritish bosqichlarida jamg’armalar o’sishi sur’atlarini rag’batlantirish va iste’mol darajasini pasaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunga, bizning nazarimizda, iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, chet ellik investorlardan undiriladigan soliqlarni tartibga soluvchilik funktsiyasini amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini taribga solish tizimi doirasida soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. To’g’ridan-to’g’ri chet el sarmoyalari oqimini kengaytirish maqsadida, chet ellik investorlarni ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirgunlariga qadar barcha ko’rinishdagi bojxona to’lovlari, soliqlar, yig’imlardan ozod qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni kiritishda imtiyozli soliqqa tortish tartibini alohida qo’llagan holda ular ishlab chiqarish quvvatlarini to’liq o’zlashtirgandan keyin amalga oshirish ma’qul bo’lar edi.
Investtsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etishda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifasi – ularning maqbul nisbatlarini muvofiqlashtirish, hammasiga teng huquqiy sharoitlar va hayotda amalga oshirish uchun kafolatlar yaratib berishdan iboratdir.
Investitsiya manbalarini shakllantirish borasida davlat ko’radigan chora-tadbirlar investitsiyalaming ichki manbalariga tegishli bo’lib, asosan soliq-byudjet siyosati va pul-kredit siyosati vositalari yordamida davlat, aholi, korxona, bank va davlat byudjeti m ablag’larini shakllantirish, qayta taqsimlash va ular o ’rtasida m a’lum proportsiyalarni yuzaga keltirishga qaratilgan. Masalan, soliq stavkalarining pasaytirilishi aholi va korxonalar daromadlarining oshishiga, investitsiyalar manbai bo’lgan aholi jam g’armalari va korxonalaming sof foydasi miqdorlarining ko’payishiga olib keladi. Ayni paytda investitsiyalaming manbalariga ko’ra tuzilishida bu ikki guruhning ulushi oshadi. Jami investitsiyalar hajmida bank kreditlari, korxona va aholi m ablag’lari hissasining yuqori bo’lishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijobiy hodisa hisoblanadi. Bir qator davlatlarda qo’llaniladigan jadallashtirilgan amortizatsiya usuli ham korxonalarda investitsiya mablag’larining tezroq jam lanishiga olib keladi va investitsiya jarayonlarini tezlashtiradi.
Biroq O’zbekistondagi buxgalteriya tizimida bu usul qo’llanilmayd. Investitsiya siyosatining eng muhim bo’g ’ini investitsiya mablag’larini eng ustuvor va ahamiyatli tarmoqlar va hududlarga jalb qilish borasidagi chora-tadbirlami o ’z ichiga oladi. Bu maqsadda, umuman, mamlakat iqtisodiyotida, xususan esa, ustuvor deb belgilangan tarmoqlar va hududlarda qulay investitsiya muhitini yaratish zarur. Investitsiya muhiti bir qator shart-sharoitlarga qarab baholanadi. Bu shart-sharoitlarga siyosiy barqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik darajalari, byudjetning to ’ldirilishi darajasi, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki va xususiy sektoming rivojlanishi darajasi, iqtisodiyotning, xususan, tashqi savdo, valyuta bozorlarining erkinligi, bozor infratuzilmasining rivojlanishi darajasi, tabiiy va mehnat resurslarining mavjudligi va ulardan foydalana olish imkoniyatlari, ishchi kuchining malakasi, soliq tizimining xususiyatlari, bank foiz stavkalari, bozor sig’imi va boshqalar kiradi. Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. 14 Investorlar uchun soliq imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo’llaniladigan tadbirdir. Masalan, respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi. SHuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari, bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo’llanilishi kabi imtiyozlarga ega bo’ladilar.

Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling