Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti


-rasm. 2017-2021 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi mlrd. AQSH dollar


Download 406.43 Kb.
bet3/15
Sana08.02.2023
Hajmi406.43 Kb.
#1178628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Olmosbek Zohidov \'\'Korxonaning investitsion loyihalari\'\' mavzusidagi

2-rasm. 2017-2021 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi mlrd. AQSH dollar



2-rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi yillar davomida o’sish va pasayish tarzda davom etgan. Shuningdek, 2020 yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan bunga sabab covid-19 pandemiyasi ta’siri desak to’g’ri bo’ladi. Ammo 2021 yilga kelib to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2,5 barobarga o’sgan bunga sabab mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar shuningdek, qulay investitsiya muhiti yaratilgani bois to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi ko’paygan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish, investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni tashkil etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etiladi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni taqsimlashda cheklashlar va iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishda investitsiyalarni rag‘batlantirish, xususiy mulkni dahlsizligi kafolatlarini mustahkamlashda davlatning rolini oshirish maqsadga muvofiq.3
Investitsiyalarni jalb etish va biznesni yuritish shart-sharoitlarini (qulay investitsion va ishbilarmonlik muxitini, kredit resurslarga erishish imkoniyatlarini, kreditlash va xalqaro savdo sohalaridagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirishni) ta’minlash, hududlarga investitsiyalarni jalb etish va ularni o‘zlashtirishda soliq pereferensiyalarini berish bo‘yicha normativ bazani takomillashtirish bilan bir vaqtda mahalliy xokimiyat organlarining qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha mas’uliyatlarini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri oshirish uchun xizmat qilishi mumkin.4
Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlari markazlashgan manbalarning chegaralanganligi uchun kapital mab-lag‘lardan foydalanish yo‘nalishiga jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Budjet hisobidan birinchi navbatda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirish avvalo korxona va tashkilotlarning o‘z vositalarini safarbar qilish va bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda.
Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda yetarli tajribalar mavjud. Bu masalada boy tajribaga ega bo‘lgan Jahon banki investitsiyaviy faoliyat olib borishda sezilarli natijalarga erishgan.Maʼlumki, investitsiyalash jarayonini amalga oshirishda moliya tizimi muhim o‘rin egallaydi. Moliyaviy tizim zamonaviy bozor iqtisodiyotida asosiy xizmatlar majmuini tashkil qiladi. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida moliyaviy tizimlar tadbirkorlar bilan ishlashning asosiy va barqaror vositasi sifatida tan olingan. Bu ishlab chiqarishni ixtisoslashuvining tez surʼatlarda rivojlanishiga imkon yaratdi. Boshqa tomondan moliyaviy aktivlarning, tezda pulga aylanishi va tavakkalchilik xususiyatlari bilan moliyaviy shakldagi jamg‘arma hajmini ko‘paytirishga imkon beradi.
Kurs ishining maqsadi. “Korxona iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda investitsiya jarayonlarini boshqarish” Yagona injinering kompaniyasi misolida nazariy jixatdan tahlil qilib chiqish uchun qo‘ydagi vazifalarni belgilab oldim:

Investitsiyaning tushunchasi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


• Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
• Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash
• Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tahlili


Download 406.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling