O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti


Download 393.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi393.67 Kb.
#1184866
  1   2
Bog'liq
Tilga oid resurslar bilan ishlash



 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
II oliy (sirtqi) ta’lim bo’limining Matematika va 
informatika yo’nalishi 3MI-22IM guruh talabasi 
Norboboyeva Nargiza Asadjon qizining 
Tilga oid 
resurslar bilan ishlash
” mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI 
Buxoro-2023 
 


 
MAVZU:Tilga oid resurslar bilan ishlash 
REJA:
I. KIRISH. 
II. ASOSIY QISM. 
2.1. 
Multimedia resurslari talim mazmunini boyitish omili
2.2. 
Chet tilini o'qitishda axborot texnologiyalarning o'rni
2.3. 
Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda 
unga qo`yiladigan talablar

III. XULOSA. 
IV. MAVZU YUZASIDAN TESTLAR. 
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 


KIRISH 
ASOSIY QISM
2.1. 
Ta’limda AKT vositalaridan keng foydalanish davrimizning dolzarb 
vazifalari qatoriga kiritilgan. Shu vazifalarni amalga oshirishda AKT’ga oid bilim 
va malakalar doirasini kengaytirish bilan birga, axborot-resurslarini ham son 
jihatidan ko‘paytirish, ham sifatini ko‘tarish, ya’ni mazmunan boyitish muhim o‘rin 
tutadi.Ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan va multimedia-texnologiyalaridan 
foydalanishda asos bo‘lgan elektron axborot-resurslarining keng tarqalgan turlariga 
quyidagilar kiradi: 
• axborot-izlash va ma’lumotlar jamlangan multimedia-tizimlari; 
• amaliy multimedia-ensiklopediyalari; 
• o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash 
multimedia-vositalari; 
• elektron trenajyorlar; 
• matematik va imitatsion modellashtirish uchun multimedia-vositalari; 
• olisdagi va virtual laboratoriyalar multimedia-vositalari; 
• avtomatlashtirilgan ta’limiy tizimlar; 
• elektron multimedia-darsliklari; 
• ekspert ta’lim tizimlari; 
• intellektual ta’lim tizimlari. 
Yuqorida sanab o‘tilganlar multimedia-resurslari asosiy guruhlarining barcha 
imkoniyatlari ta’rifini belgilaydi. Shu bilan birga, multimedia-resurslarining har bir 
standart turi quyidagi ta’riflarga ham muvofiq keladi. Axborotli-izlash va 
ma’lumotnomali multimedia-tizimlari pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda 
ota-onalar uchun taqdim etiladigan axborotlarni kiritish, saqlash, izlash hamda 
foydalanishga mo‘ljallangan. Shunday tizimlar qatoriga u yoki bu belgisiga ko‘ra 
materialni tashkil etish multimediali-axborotni tezkor izlashni ta’minlovchi turli 


gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Turli-tuman ma’lumotlar bazalari ham 
keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari multimediali-axborotni 
tezkor izlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazalari 
ta’lim jarayonida o‘quv material mazmunining taqdimoti va tahlilini tashkil etish 
uchun foydalanilishi mumkin. Zamonaviy ta’lim jarayonida zarur axborotni izlash 
va tahlil etish maqsadida, mustaqil ishni amalga oshirish uchun mos keluvchi 
ixtisoslashgan o‘quv ma’lumotlar bazalariga ehtiyoj sezilmoqda. 
Axborot-izlash tizimlari tushunchasi mazmun-mohiyati bilan yanada zamonaviy 
hamda keng tarqalgan telekommunikatsiya tizimlari va portallarni kengaytirishga 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, amaliy multimedia-ensiklopediya tushunchasi 
boshqaruv tizimiga muvofiq o‘quv axborotli modullarning jamlanmasidan iboratdir. 
Amaliy multimedia-ensiklopediyasi ta’limiy multimedia-resurslarining ishlab 
chiqilishida keng tarqalgan shakllaridan biri sifatida vujudga keladi. Amaliy 
multimedia-ensiklopediyasi bir fan sohasiga ham, shuningdek, boshqa fanlar 
guruhiga ham muvofiq kelishi mumkin. Bu holda fanda ko‘rib chiqiladigan o‘quv 
moduli belgilangan mavzuga yoki tushunchaga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, modul an’anaviy darslik mazmunining faqat bir paragrafiga mos 
materialdan yoki bir vaqtda qator fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan tushuncha 
ta’rifidan iborat bo‘lishi mumkin. 
O‘qitish tizimining zamonaviy variativ tizimi ta’limning turli sharoitlariga 
moslashuvning imkoniyatlarini ta’minlovchi har bir mavzu yoki tushuncha uchun 
mo‘ljallangan, multimedia-ensiklopediyalariga ehtiyoj sezmoqda. Modullar turli 
o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar guruhiga yo‘naltirilganligi va metodik xususiyatlari, 
materialni batafsil, turli misollar ilovalarida bayon etish uslubi va boshqalar bilan 
farq qiladi. Ensiklopediya-larning takomillashuvi modullarni ishlab chiqish, 
yangilarini qo‘shish, eskirgan materialni to‘g‘rilash yoki o‘chirish, boshqaruv 
tizimining rivojiga tayanadi. Bunda nafaqat oldindan belgilangan mualliflar guruhi 
yoki mazkur fan sohasi mutaxassislari, balki multimedia-resurslari versiyalarini 
yarata oluvchi pedagoglar ham ishtirok etishlari mumkin. Ensiklopediyalar doirasi 
amaliyotida ma’lum bir pedagoglar shaxsiy kompyuterlarida shunday kengaytirish 
ishlari lokal amalga oshadi hamda telekommunikatsiya vositalari yordamida 
bevosita ensiklopediya nashrlari qatoridan o‘rin olishi mumkin.
Multimedia-ensiklopediyasini amaliy boshqarish tizimi axborot multimedia-resurs 
versiyalarini boshqarish, lug‘atlar, giperilovalarni boshqarish, ma’lumotlar 
formatlarini muvofiqlashtirish, terminlarini almashtirish va belgilar o‘lchamlarini 


moslashtirish, bir resurs versiyasi doirasida atamalar va tushunchalarni 
muvofiqlashtirish, modullarni qayd etish, tilga oid interfeysni sozlash va boshqa 
shunday funksiyalarni amalga oshiradiki, bu amaliy elektron ensiklopediyani 
yaratishning asosi, bilimlarni turkumlashtirish, fanlar sohasi va fanlararo 
munosabatlarda tushunchalarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi 
ensiklopediya bilimlarini turkumlashtirishni boshqarish tizimini tuzish asosida 
yotadi va mazkur multimedia-resurslari versiyasini ishlab chiqishda modullar 
interfeysini bir xillashtirishda foydalaniladi. Bilim darajasini baholash va nazorat 
qilish uchun qo‘llaniladigan multimedia-vositalari telekommunikatsiya muhitida 
axborot resurslarini yaratish oson bo‘lib, keng tadqim etilmoqda va ta’lim jarayonida 
qo‘llanilmoqda. Shundaylar qatoriga testlarni kiritish mumkin. O‘quvchi berilgan 
javob variantlaridan to‘g‘risini tanlab, u yoki bu mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan 
bilimini namoyish etadi. 
Ta’limda multimedia-resurslariga talablar tizimi o‘qituvchilarning individual 
nazorat ishlarini tekshirishdagi mashaqqatli ishlarini yengillatadi. Bu davlat ta’lim 
standartlari talablariga ko‘ra ommaviy tayyorlash sharoitlarida juda dolzarb 
hisoblanadi. Bilimlarning ko‘p marotaba qayta nazorati, jumladan, o‘z-o‘zini 
nazorat, o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirishda rag‘batlantiruvchi omil 
hisoblanadi. Elektron trenajyorlar amaliy bilim va malakalarni qayta ishlashga 
mo‘ljallangan. Bunday multimedia-resurslari o‘quv jarayonida turli noqulay 
sharoitlarda murakkab amallarni bajarishda foydalanilishi mumkin. Bundan 
tashqari, elektron trenajyorlardan turli vazifalarni bajarishda ko‘nikma va 
malakalarni qayta ishlashda foydalaniladi. Bu holda nazariya, turli mustaqil 
mashqlar, nazorat hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha axborot olishni 
ta’minlaydi. 
2.2. …
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat 
bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, 
ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni 
yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib 
berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich 
Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng 


mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada 
kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr 
boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik 
texnologiyalarni, 
interfaol, 
innovatsion 
usullardan, 
kommunikativ-axborot 
vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining 
o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning 
umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va 
talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari 
o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv 
xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet 
tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt 
aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri 
bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu 
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. 
Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish 
orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini 
o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir 
qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy 
taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili 
o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l 
keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz 
bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng 
muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining 
talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga 
e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi 
bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. 
Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi 
video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi 
ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi 
dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an’anaviy usul 
hisoblanadiga bun magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan 
foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini 
o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. 
Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini 


o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali 
usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot 
qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini 
takomillashtirish mumkin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion 
texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular 
orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini 
oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion 
texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Bugungi kunda 
innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan 
darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning 
samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining 
ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq 
qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining 
o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til 
o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki 
kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan 
kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta’lim jarayonida grafik 
organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib 
berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil 
grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik 
organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni 
tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda 
saqlanib qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil 
jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida 
jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, 
zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. 
Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan 
unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim 
texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli 
foydalanilganidadir 
Chet tillarini samarali o‘rganish, yangi lig‘at boyligini yanada osonroq o‘zlashtirish 
masalasi ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsada, doim dolzarb masala 
bo‘lib hisoblanadi. Bugungi jahon glaballashuvi davrida zamon talabi bilan mazkur 
masalaga bunday yondashilishi albatta tabiiy holdir. Ko‘pincha chet tilini 


o‘rganishda bilingval ta’limni tashkil etilishi bir necha chet tillarini chuqurlashtirib 
o‘rganishga imkon beradi. 
Ba’zan chet tillarini o‘rganishga ajratilgan dars soatlari va maxsus darsliklar soni 
darsni o‘zlashtirishga yetarli darajada bo‘lmasligi muammolariga duch kelinadi. 
Mazkur muammolar yechimini topishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari(AKT) va Internet tarmog‘idagi resurslar muhim o‘rin tutadi. 
O‘quvchi-yoshlarning darsga qiziqishini oshirishda AKT va Internet tarmog‘idagi 
resurslar ta’lim samarasini va shu jumladan, til o‘rganishga motivatsiyani oshiruvchi 
omil bo‘la oladi. AKT vosi­tasida o‘qituvchi o‘z xususiy elektron ta’limiy 
resurslarini yaratib borishi imkoniyati mazkur soha rivojida muhim ahamiyatga 
molik. 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, agar o‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi bilsa, qonun-
qoidalariga amal qilish malakasiga ega bo‘lsa, uning mavjud lingvistik tajribasi 
boshqa chet tilini o‘zlashtirishiga ham zamin bo‘ladi. Tilning grammatik 
tushunchalarini va atamalarini tezroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Shu tariqa
tillararo o‘xshashlik va farq qiluvchi omillarini o‘rganib, boshqa tilni oson 
o‘zlashtiradi. Fonetik, leksik, grammatik darajada til hodisalarini solishtirish 
lingvistika sohasini boyituvchi material beradi. Shu boisdan, tillararo qiyosiy tahlil 
muhim ahamiyatga molik. Bu chet tili­dagi yangi materialni shunchaki 
o‘zlashtirishgina emas, balki unga o‘quvchi-talabalarda alohida qiziqish bilan 
yondashuvni ham ta’minlaydi. Agar o‘quvchi bir tilning qoidalari va asosiy 
tushunchalarini yaxshi bilsa, boshqa tilni ham o‘rgana olishiga ishonch bilan 
qaraydi. Shaxsning lingvistik bilimlarni egallab borayotganligi go‘yo ilmiy 
yangiliklarni o‘z ongida kashf etib borayotgandek, ham qizi­qarli, ham yanada 
ko‘proq bilish motivatsiyasini kuchaytiradi. 
Bu borada dars jarayonida o‘qituvchi tillar orasidagi farqlar va o‘xshashliklarni 
tushuntirib borishi ham katta ahamiyatli o‘rin tutadi, ayniqsa, zamonaviy axborot 
texnologiyalari vositalaridan, elektron resurslardan foydalanib, dars o‘tilishi 
o‘quvchi-talabalarga darsni oson o‘zlashtirish va tilning leksik hamda grammatik 
hodi­salarini qiyosiy o‘rganib, turli mashqlarni bajarishda katta imkoniyat yaratadi. 
Bundan tashqari, keyingi davrlarda ko‘payib borayotgan til o‘rganishga oid maxsus 
saytlar nafaqat murakkab va zerikarli bo‘lgan til o‘rganish — leksik birliklarni 
o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi, balki mazkur resurslar yordamida 


ko‘ngilochar o‘yinli mashqlarni zavqlanib bajarish bilan ma’lum ma’noda ma’naviy 
oziqa, qolaversa, dam olish imkonini yaratishiga ham e’tibor qara­tish zarur. Bunday 
elektron lug‘atlarga www.lingualeo.ru va boshqalar misol bo‘la oladi. Shu bilan 
birga, bunday lug‘atdagi har bir so‘z foydalanuvchiga ko‘p bor qayta taqdim etilisi 
mumkin, bu esa uni o‘zlashtirishda mazkur so‘zning to‘g‘ri yozilishi, tilda 
so‘zlashuvchi xalq vakillari tomonidan leksik talaffuzi xotirada mustahkam 
joylashib, matnlarni tarjima qilishda qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam 
beradi.Ma’lumki, zamonaviy yoshlar o‘z davrining madaniyati vakil­lari bo‘lib, 
ularga ko‘proq vizual obrazlar ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda, material 
an’anaviy usulda emas, balki audiovizual vositalar yordamida yanada tezroq va 
samarali o‘zlashtiriladi. Masalan, tilda so‘zlashuvchi mamlakat haqidagi mavzu 
odatda, an’anaviy usulda bir necha rasmlardan iborat matndan foydalanib, 
o‘qitilgan. Ushbu usul doim ham kutilgan natijani bermagan. Zamonaviy ta’lim 
usullarida esa mazkur muammoni hal etishga o‘zining autentikligi, ko‘rgazmaliligi 
va interaktivlik baxsh etuvchi Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlar, 
filmlar, slayd-shou, shuningdek, virtual sayohatlar, internet-saytlar yordam beradi. 
AKT vositalaridan foydalanib, dars o‘tish jarayonida chet tilida videosujet namoyish 
etish yanada ko‘proq samarali bo‘ladi. O‘quvchilar zavq bilan tomosha qiladilar va 
topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. Natijada filmlarni o‘z original tilida ko‘rib, tilni 
o‘zlashtirishlari oson bo‘ladi. Biroq filmlarni to‘liq tomosha qilish juda ko‘p vaqtni 
olishi, bunga esa darsga ajratilgan vaqt imkoniyati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu 
sababli ham Internet-resurslaridan uyda ham foydalanib, tarmoqdan foydali 
axborotlarni olish, masalan: MOOC (Massive Open On-line Courses)ni tavsiya etish 
mumkin.. 
2.3 
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni 
qo‘llashga doir keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-
nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab 
chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va 
axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari 
yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Malumki ushbu yo`nalishni amalga oshirishda eng 
birinchi chet tilini o`rganishda qaratildi. Chet tilini ayniqsa ingliz tilini o`rganishda 
axborot vositalarni qo`llash undagi dasturlarni ishlab chiqarish ham talablarni 
amalga oshirish o`zini natijalarini bermoqda. Albatta bularni barchasi zamonaviy 
dasturlar bo`lib o`quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan qulayliklar 
majmuasiga aytiladi. 


Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega 
bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar 
klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar 
klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi.O’quv jarayonining asosiy turi 
ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan 
o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv 
jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, 
ular kirish ma’ruzasi, infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan 
fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi 
shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-
konferensiya m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv 
nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan 
boyitish, ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi 
kerak. Nazariy materialni o`rganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron 
o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin: 
•Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza 
turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga 
to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir. 
•Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar 
yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi 
o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va 
usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi 
vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin. 
•An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy 
materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo. 
Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish
audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan 
o’tish va boshqalar. 
Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv nashrlari 
yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish 
mumkin.Ayniqsa, elektron o’quv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida 
foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test dasturlari o’rganuvchilar uchun 
o’z-o’zini nazorat vositasigina bo’lib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini 


o’z ustiga oladi.Bunday test dasturi o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan mustaqil 
programma bo’lishi yoki o’qituvchi tomonidan to’ldirib, modifikatsiyalandigan 
qoboq dastur ham bo’lishi mumkin.Tarix ta’limida o’quv amaliyotining muhim 
ahamiyati bor. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi bo’lib xizmat 
qiladi.Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, etnografik 
materiallar yig’ish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari bilan 
tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin.Arxiv va muzeylarni 
kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini msofadan o’tqazish imkonini 
yaratadi.O’quv elektron vositalari qatorida O’quv-uslubiy majmualar muhim o’rin 
tutadi. O’UM lar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar , ilovalar va 
boshqalarni saqlaydi.O’UM lar strukturalangan mantiqan bog’langan didaktik 
elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari 
sifatida taqdim etilishi mumkin.Zamonaviy o’quv multimedia kursi – video va audio 
materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv 
materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi 
kerak.Multimedia kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va 
nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. 
O’UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda 
realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi: 
-elektron darslik; 
- electron ma’lumotnoma; 
- trenajerli majmua; 
- misol va masalalar to’plami; 
- electron laboratoriya praktikumi; 
- kompyuterli test tizimi. 
Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, 
unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini 
beradi. 
Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. 
Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi 
mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik 
ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn 


bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalgaoshruvchi hamda o’quvchi-
talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi 
vosita hisoblanadi. 
Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt 
shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma 
terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv 
hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin 
mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron 
ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi. 
Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda 
joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet 
resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar 
bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim 
resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar 
bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash 
usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi 
oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi 
muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini 
aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan 
tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish 
jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv 
dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan 
olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta 
ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi 
lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab 
formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. 
Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi 
o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va 
bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi 
joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. 
Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv 
kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, 
yandex, aport, google’ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida 
ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv 


tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruvtizimlarining 
berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, 
axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud 
bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni 
ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha 
materiallar ichida amalga oshiriladi. 
Chet tili o`qitishda kerakli bo`ladigan asosiy multimedion qurilmalarni roli katta 
hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda visual materiallar audio 
qurilmalar o`qitish jarayonini faollashtirishni yanada mustahkamlaydi. Multimedia 
vositalari bilan dars jarayonlarni o`tish texnologiya rivojlanishi ya`ni XX- asrdan 
boshlangan bo`lsa ham undagi natijalarni samaradorligi qoniqarli ekanligini 
ko`rishimiz mumkin. 
Ta`lim jarayonida ko`pgina o`qituvchilarni duch kelgan muammolari shundaki, 
ularni multimedion axborot resurslari bilan ishlashidir. Ma`lumki hozirda 
maktablarda ko`pgina darslarni o`tish jarayonida kompyuter texnologiyalardan 
foydalangan holda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Ushbu holat shuni aytish 
lozimki maktablarda yoki boshlang`ich ta`limda yosh avlodni tarbiyalshda o`qitish 
metodikasini mukammal egallagan malakali kadrlar ehtiyojini qondirish eng 
birinchi maqsad hisoblanadi. Chunki bunday innovatsion yangiliklarga asosan 
tarbiya beruvchi hamda unga yo`naltiruvchi shaxs tayyor turishi hamda mukammal 
bilimga ega bo`lishi shart. 
Odatda multimedia degan tushuncha haqida so`z yuritilganda ko`z oldimizga 
harakatlangan hamda tovush orqali bizga ma`lumot yetkaziladigan axborotni 
tushunamiz, lekin eng avvalo ushbu jarayonni amalga oshirilishini va paydo 
bo`lishini bilish maqsadning boshi hisoblanadi. Ushbu atama XX asr boshlarida 
paydo bo`lgan bo`lib hozirda ta`limda o`z o`rnini topgan. Multimediali dastur asosan 
matn shaklida, video, ovoz hamda taqdimot shakllarda bo`lishi mumkin. Uning 
qulayliklaridan biri shundaki ma`lumotni qabul qilish oson tez hamda sifatli bo`lishi 
yanada multimediyani imkoniyatlarini namoyon qiladi. Multimediya deganda 
undagi o`z ichiga oladigan elementlarisiz tasavvur qilib bo`lmaysi. Chunki ushbu 
vosita elemetlarsiz vujudga kelmaydi, ularning eng birinchi asosi bu axborot 
hisoblanadi, sababi axborot orqali boshqa innovatsion vositalar rivojlanishini 
ko`rishimiz mumkin. Multimediya deganda undagi modellarni ham esdan 


chiqarmaslik kerak zero imitatsion modelllar bu multimediya vositalari va maxsus 
dasturlar orqali hosil bo`lgan natija hisoblanadi. Ushbu dasturlarni hozirda nafaqat 
yevroppa davlatlarida balki Respublikamizda ham ko`pgina olimlar hamda 
professor o`qituvchilar tomonidan foydalanilib o`quv jarayonlarida taqdim 
qilinmoqda. Xususan professor M.X.Lutfillayev, M.M.Aripov, A.A.Abduqodirov, 
R.Boqiyev, S.S.Gʻulomov, A.X.Abdullayev. Ularning ishlarida virtual stend 
yaratish va ularni oʻquv jarayoniga qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalalardan 
biri ekanligi koʻrsatilgan. Ta’limga axborot texnologiyalarini joriy etish 
muammolari boʻyicha A.H.Abdullayev, M.H.Lutfullayev, A.R.Maraximov, 
A.Nishanov, O.N.Roʻzimurodov, M.X.Gʻulomova, R.H.Hamdamov va boshqalar 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. Pedagogik dasturiy vositalar va elektron 
oʻquv-uslubiy 
adabiyotlar 
yaratish 
muammolari 
boʻyicha 
F.Zakirova, 
K.Tursunmetov, N.I.Taylaqov, M.N.Soy, A.Gʻ.Hayitov va boshqalar tadqiqot 
ishlari olib borishgan.Oʻquv materiallarini obrazlar koʻrinishida talabalarga taqdim 
etishda axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida ularning kompyuter 
imitasion modelini yaratish orqali amalga oshirish oʻquv jarayoni samaradorligini 
oshirishga olib kelishi bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida oʻrganilgan. 
 


XULOSA 
Men Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan "Tilga oid resurslar bilan 
ishlash" mavzusi asosida referat tayyorlash jarayonida koʻplab ma'lumotlardan, 
manbalardan foydalandim va kerakli maʼlumotlarga ega boʻldim. Jumladan,

Download 393.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling