skanerlanishi kerak bo’lgan hujjatlarning o’lchani, rangliligi va shakli (varaqdi, risolalangan va b.) skaner imkoniyatlariga mos kelishi kerak;
skanerning o’tkazish qobiliyati hujjatlarning yuqori sifatli qattiq nusxasini ularning еlektron obrazlari bo’yicha ta’minlashi kerak;
skaner unumdorligi olinayotgan tasvirning yaroqli sifatini ta’minlaydigan darajasida etarlicha yuqori bo’lishi kerak;
agar еlektron hujjat o’lchamlari hisoblashlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qilsa, asl nusxaga nisbatan olinayotgan еlektron tasvirning o’lchamlarida minimal xatolik ta’minlanishi kerak;
fayllar kompyuter xotirasida saqlanganda rastrli fayllarni siqishning dasturli vositalari borligi;
rastrli fayllarda tasvir sifatini yaxshilash uchun dasturli-apparatli vositalarning borligi (tasvirning yorqinligini va keskinligini oshirish, asosiy rangning «kirini» yo’qotish);
tashuvchi qog’ozini sifati va tipi olinayotgan еlektron tasvirning sifatiga ma’lum chegaralarda kuchli ta’sir qilmasligi kerak;
skanerda ishlash oddiy va qulay bo’lishi kerak va tashuvchi noto’g’ri quyilganda skanerlashdagi xatoliklar bo’lmasligi kerak;
skaner narxi.