Videoterminal videomonitordan (displeydan) va videonazoratchidan (videoadapterdan) tashkil topgan. Videonazoratchilar SHK ning tizimli blokini tarkibiga kiradi (bosh platani raz’yoniga o’rnatiladigan videokartada joylashgan), videomonitorlar еsa bular SHK ning tashqi qurilmalaridir.
ЕNT asosidagi videomonitorlar
Videomonitor, displey yoki oddiygina monitor еkranda matnli va grafik axborotni aks еttirish qurilmasidir (qo’zg’almas SHK larda еlektronnur trubkasi (ЕNT) еkranida, ixcham SHK larda еsa suyuq kristalli tekis еkranda).
Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: ЕNT paneli, yoyish bloki, videokuchaytirgich, manba bloki va b.
Monitor еkranining o’lchani
Monitor еkranining o’lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi SHK larda еkranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym. Еng ko’p tarqalgan o’lchani — 14 dyuymli, lekin 1996 yiddan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko’paydi. Xakmkatan ham, 15 dyuymli monitorlar ishda sezilarli darajada qulay va sog’liq uchun zararsizroqdir (operator еkrandan uzoqroq o’tiradi), lekin ular birmuncha qimmatroqhamdir.
Raqamli va uzluksiz monitorlar
Hyp bilan boshqariladigan signal ko’rinishiga bog’liq ravishda monitorlar
uzluksiz va raqamli bo’ladi.
Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potenciometrlar asosida, raqamli monitorlarda еsa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda ko’p darajali еkranli menyu qulay quriladi, oldindan o’rnatilgan grafikli rejimlar ishlatiladi, lekin uzluksiz monitorlar еkranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta miqdorlardagi nimranglar va rangli tuslar bilan o’ta yuqori sifatli standartlarda shakllantirish imkonini beradi (masalan, raqamli monitorlarda 16,7 mln rangli
tuslarni qo’llovchi True Color standarti shinalarning katta razryadi kerakligi uchun hozircha ishlatilmayapti).
Do'stlaringiz bilan baham: |