O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 18-жилд
Download 30.76 Kb.
|
Hakimova Sayyora Dar tavri maxdumi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’azalning o’zbek tilidagi tarjimasi
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 18-жилд
Дар таври махдумӣ Ба мастӣ дар дилам гардад хаёли рӯи ёр имшаб, Ки созад ҳар замоне гиряам беихтиёр имшаб. Ба ҳоли шамъро гар дил бисӯзад, гӯ сари худ гир, Ки дар ҳиҷрон маро то субҳидам ин аст кор имшаб. Хаёли он парӣ дорад бад-он ҳолам, ки мехоҳам, Ки рӯ бар кӯҳу саҳро оварам девонавор имшаб. Тамошоро шуда ҳамсоягон бар бомҳо ҳайрон, Ки ин Маҷнун дигар аз гиря гашта беқарор имшаб. Агар оби сиришкам ғарқа созад, носеҳо, аз панд Забон кӯтоҳ кун, моро даме бо мо гузор имшаб. Чунин к-аз гиря сар бар н-орам имшаб, ҳам бувад аз ҳаҷр, Дигар з-он ҳам, ки ҳастам аз халоиқ шармсор имшаб. Малулам аз ҳаёт, эй дил, аҷаб гар корвони умр, Наҳоҳад бар ғарибистони уқбо баст бор имшаб. Бидеҳ ҷоми видоъ, эй соқии даврон, ки мехоҳад, Ки аз ҷисми ҳазин фурқат гузинад, ҷони зор имшаб. Ҳазорам шаб расид эй, Фонӣ, аз ҳиҷрон ба рӯз, аммо Набинад рӯи рӯз, ар худ бувад чун ман ҳазор имшаб. G’azalning o’zbek tilidagi tarjimasi Бу кеча маст эдим, дилимда ёрим рухсорининг хаёли пайдо бўлди, Шу сабабдан бу кеча ўқтин-ўқтин беихтиёр йиғладим. Агар шамънинг дили менинг ҳолимга ёнса, айтгинки, ўз бошингни олиб, ўз ишинг билан бўл, (чунки) бу ҳижрон кечасида эрталабгача (менинг) ишим шу (ёнишдир). Бу кеча у парининг хаёли билан шундай ҳолдаманки, тоғу тошларга девоналардек чиқиб кетгим келади. Мени томоша қилиш учун қўшниларим томга чиқиб, ҳайрон бўлдилар: «Бу бечора мажнун яна бу кеча йиғлаб беқарор бўлди», дедилар. Менинг кўз ёшларим ғарқ қилса ҳам, эй насиҳатгўй, насиҳатдан тилингни тийиб, бу кеча мени ўз ҳолимга қўй. Бу кеча бошимни йиғидан кўтара олмаслигим ҳам ҳижрон дардидан, ҳам халойиқдан уялганимдандир. Эй дил, мен ҳаётдан бездим, агар умр корвони бу кеча ўз юкини боғлаб, охират ғарибхонасига сафар қилмаса, таажжубда қоламан. Эй даврон соқийси, видоъ жомини бергинки, бу кеча бечора жоним ғамгин жисмимдан жудо бўлмоқни истайди. Эй Фоний, айрилиқдан мингларча кечалар кундузга етди, (аммо) менга ўхшаганлардан мингтаси бўлса ҳам, кундуз юзини кўрмайди. Lug’at Ҳижрон-tashlab ketish, ajralish,vidolashish;ayriliq Халойиқ-{a. – Olloh yaratgan maxluqlar,odamlar} Odamlar,xalq. Пари-[f.- go`zal ayol;] Ғариб—a.- yot,begona,o`zga;notanish,noma’lum] соқий-[a.-may,sharob quyuvchi] айрилиқ-Judo bo`lish,judolik holati видоъ-[a.xayrlashuv,kuzatuv] таажжуб-[a.-hayron bo’lish,ajablanish] Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu tavr g’azalni nomidan ham bilishimiz mumkinki, Maxdumiga tavr tarzida yozilgan hisoblanadi. G’azal 18 baytdan tashkil topgan bo`lib, a-a,b-a tarizda qofiyalanib keladi.G’azalda radif bo`lib kelgan so`z - imshab ( bu kecha) bo`lib, qofiyalari -yor,beixtiyor,kor,devonavor,beqaror,guzor,sharmsor,bor,zor, hazor. G’azal taqte’si : V--/ -V--/-V--/-V- G’azalda oshiqning yorga nisbatan iztiroblari,ichki kechinmalari his- tuyg’ulari badiiy san’atlarning tashbeh,tanosub,husni ta’lil,tashxis kabi turlari bilan juda chiroyli ochib beriladi. G’azalning birinchi misrasida oshiq o`zining mast holatda ekanligi va uning shu holatida yor ruxsorining xayoli paydo bo`lganligini aytib,”o`qtin -o`qtin beixtiyor yig’ladim” deydi.Bu misrada shoir oshiq holatini yorga bo`lgan ishq sabab deb izohlaydi.Keyingi misrada Navoiy badiiy san’atning jonlantirish turidan mahorat bilan foydaladi.Agar deydi oshiq,shamning dili mening holimga yonsa ,aytginki,oz boshingni olib o`z ishing bilan bo`l, chunki bu hijron kechasida mening ishim shu yonishdir.Bilamizki ishq ahlining murodi yor vasli ekan, bu y`olda qancha ozor,qancha jafo, sitam ko`rmasin suygan yori uchun haqiqiy oshiq barchasiga tayyordir.Shu fikrlarimizni isboti sifatida Navoiy keying misrada shu oshiq holatini dalillar bilan tasvirlaydi.Ya’ni oshiq yorining ( pari -eng go`zal ayol sifati bilan ataydi) xayoli bilan shunday ahvolga kelganki,tog’u toshlarga devonalardek chiqib ketgisi keladi.Bu holatdagi oshiq bizga Layli visoliga yetishish uchun jonidan kechgan oshiq Majnunni yodga soladi.Keyingi misralarda “Shu Majnun xolatini tomosha qilish uchun qo`shnilarim tomga chiqib hayron bo`ldilar,”Bu beqaror Majnun yana bu kecha yig`lab beqaror bo`ldi “dedilar deya oshiq o`z –o`ziga so`zlaydi. Majnun bilan talmeh san’ati yuzaga kelgan bo`lib,Majun bilan oshiq kechinmalarini bir-biroviga yaqin qoysak bo`ladi.Keyingi misaralarda Nasihatgo`yga qarata Bugun meni ko`z yoshlarim g’arq qilsa ham mayli,bugun nasihatdan tilingni tiy va meni o`z holimga qo`y deya so`zlaydi. Oshiqning o`zini yig’idan to`xtata olmasligining sababi esa 2 ta bo`lib, birinchisi hijron dardidan va 2- xaloyiqdan uyalganidandir.Keyingi misralarda Dilga qarata “Ey dil, men hayotdan bezdim,agar umr karvoni bu kecha o`z yukini bog`lab oxirat g’aribxonasida safar qilmasa taajjubda qolaman” ,-deydi.Bu misralarda biz shoirning o`z ichki kechinmalarini ko`rishimiz mumkin.Oxirgi misralarda Navoiy davron soqiysiga yuzlanib,vido ya’ni ayriliq jomini berginki, bu kecha bechora jonim g’amgin jismimdan judo bo`lmoqni istaydi.Alisher Navoiy oxirgi misralarda o’zining holatini charchagan bechora jonining g’amgin jismidan judo bo`lishini, oxirat g’aribxonasiga safar qilish kerak bo`lgan paytda taajubbda qolishini aytgandek bo`ladi.Maqtada Navoiy Foniyga murojjat qilib,Ey Foniy,ayriliqdan minglarcha kechalar kunduzga yetdi ammo menga o`xshaganlardan mingtasi bo`lsa ham kunduz yuzini ko`rmaydi deb yakunlaydi.Tazod san’atining go`zal namunasini ijodkor kecha va kunduz terminlarini , ham ozi va yorini zidlantirish orqali yaratadi. “Dar tavri Xoja” g’azali Alisher Navoiyning 1965 yil H.Sulaymonov tomonidan nashrga tayyorlangan 15 tomli “Asarlar” to’plamining 5-tom 1-kitobida, Toshkent ,2002 yil nashrdan chiqqan 20 tomli Mukammal asarlar to’plami 18-tomida hamda 2013 yil nashrdan chiqqan 10 tomli To’la asarlar to’plamining 5-tomida keltirilgan. G’azal matni 3 ta nashr asosida qiyoslandi va farqlar quyidagi jadvalda keltirildi.
Download 30.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling