Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti


T/r Oʻquv uslubiy majmua elementlari


Download 1.43 Mb.
bet2/84
Sana23.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1287456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)

T/r



Oʻquv uslubiy majmua elementlari



Betlar



1.

Ma’ruzalar matni


2.

Seminar mashgʻulotlar uchun materiallar




3.

Amaliy mashgʻulotlar uchun materiallar






4.

Mustaqil ta’lim mavzularini o`zlashtirish bo`yicha zaruriy usuliy ko`rsatmalar


5.

Glossariy






6.



ILOVALAR
-fan dasturi
- ishchi dastur
-tarqatma materiallar
-testlar
Baholash mezonlari va fanni o`rganish bo`yicha boshqa materiallar



O`quv materiallari

Maxsus pedagogika ” fanidan


ma’ruzalar matni

1-Mavzu: Pedagogik korreksiya fanining predmeti.
REJA

  1. Maxsus pedagogika va uning tarmoqlari haqida tushuncha.

  2. Aqli zaiflikni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar.

  3. Aqli zaif bolalarni o‘rganish va tarbiyalash.

  4. Aqli zaiflik darajalari.




Korreksiya, oligofrenopedagogika, debil, imbessiya, idiot, surdopedagogika, tiflopedagogika, sabab, oqibat.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:



  1. Maxsus pedagogika va uning tarmoqlari haqida tushuncha.

Bolalarning jismoniy va ruxiy rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Ba’zi bolalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra jismonan yoki ruxan rivojlanishda nuqsonlarga ega bo‘ladilar. Shu nuqsonlarni o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish pedagogik korrksiya fanining asosiy vazifasi xisoblanadi. Avvalo koreksiya nima? Koreksiyalash deganda rivojlanishda, kamol topishda nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning jismoniy va ruxiy nuqsonlarini to‘g‘rilash, yumshatish, xayotga moslashtirish tushuniladi. Tuzatish ishlarida nuqsonni bolaning rivojlanish imkoniyatlariga asoslaniladi.


Maxsus pedagogika – bu nuqsonli yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning maxsus ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, metodlari, tamoyillari, qonuniyatlari mazmunini o‘rganadigan fandir. Maxsus maktabgacha pedagogikaning ob’ekti alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning maktabgacha ta’limi hisoblanadi. Maxsus pedagogikaning predmeti – nuqsonli yoki rivojlanishida kamchiligi bor bo‘lgan va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi masalalarini nazariy va amaliy o‘rganishdir. Maxsus maktabgacha pedagogikada ta’limi, tarbiyasi va korreksion-pedagogik yordami o‘rganishi yo‘naltirilgan sube’ekti alohida ta’lim ehtiyojlariga ega maktabgacha yoshdagi bola shaxsi hisoblanadi.
Maxsus pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqishida 1918 yilda bo‘lib o‘tgan maorif va ijtimoiy ta’limot xodimlarining 1 Butunrossiya s’ezdida, 1920-1921 yillarda bo‘lib o‘tgan bolalar orasidagi nuqsonlik va qarovsizlikka qarshi ko‘rashga bag‘ishlangan s’ezd materiallari katta axamiyat kasb etdi. Ayniqsa, 1925 yilda A.N.Graborov tomonidan maxsus pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqilishi fanning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Maxsus pedagogika nuqsoni bor bolalar ishtirok etadigan pedagogik jarayon bilan bog‘liqdir. Bu xolat bolaning yoshligidan anatomik, fiziologik, ruxiy ma’lumotlarining zarurligini taqozo etadi.
Maxsus pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri bolalarning umumiy rivojlanishini aktivlashtirishdan, rivojlanishning umumiy ta’lim darajasini oshirish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Maxsus pedagogika nuqsonli bolalar ta’limi, tarbiyasi va ular taraqqiyotidagi ruxiy, jismoniy nuqsonlarni koreksiyalovchi fan sifatida yuzaga keldi. Maxsus pedagogika inson xaqidagi fanlar bilan, ayniqsa, umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Maxsus pedagogikaning asosiy maqsadi bolalarga bilim berish, korreksion-tarbiyaviy ishlarni amalaga oshirish, mexnat faoliyatiga, ijtiomiy xayotga tayyorlashdan iborat. Yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda maxsus pedagogika o‘zining bir nechta tarmoqlariga tayanadi. Maxsus pedagogikaning tarmoqlari quyidagilar:

  1. Oligofrenopedagogika. (aqli zaif bolalar)

  2. Tiflopedagogika (Ko‘r va ko‘zi ojiz bolalar)

  3. Surdopedagogika (Kar va eshitishda nuqsoni bor bolalar)

  4. Logopediya. (Nutqida nuqsoni bor bolalar)





  1. Download 1.43 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling