Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti
Ko‘zi ojiz va ko‘r bolalarni o‘qitish va tarbiyalash mazmuni
Download 1.43 Mb.
|
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)
Ko‘zi ojiz va ko‘r bolalarni o‘qitish va tarbiyalash mazmuni.
Tiflopedagogika taraqqiyoti davomida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun ta'lim-tarbiya muassasalar tizimi shakllanadi. O‘zbekiston hududida dastlab ko‘zi ojizlarning boshlang‘ich ta’limini ta’minlovchi muassasalar tashkil topdi, keyinroq bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari barpo bo‘ldi. Maxsus muassasalar hozirgi zamon konsepsiyasida nogiron, jumladan, ko‘rishda nuqsoni bo`lgan bolalar ta’lim tizimiga ma’lum o‘zgarishlar kiritilgan va ularni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Maktabgacha ta`lim tizimi davlat, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, muhim ijtimoiy masalalarni hal qiladi: ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni har tomonlama kamol toptirish; ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar nuqsonli rivojlanishini oldini olish; korreksiyalash va ularning sog‘ligini himoyalash va mustahkamlash; ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va maxsus ta’lim berishda oilaga ko‘maklashish maqsadida maxsus va oilaviy maktabgacha ta’lim muassasa qoshida ochilgan maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Ko‘rishda nuqsoni bo`lgan bolalarga maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarda maqsadli ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularga normal psixik rivojlanishni ta’minlash, ilk bolalik davridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida vuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash, kormpensatsiyalash mumkin. Ko‘rishda nuqsoni bo`lgan bolalar uchun maktabgacha ta`lim faoliyatida 4 ta asosiy vazifani belgilash mumkin. Ularning bajarilishi va faqat bolalarning o`quv dasturlarini o‘zlashtirishga imkoniyatlarini, balki rivojlanishdagi ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalashni ta’minlaydi. 1. Qisman ko‘radigan va zaif ko‘ruvchi bolalarda saqlangan ko‘rish funksiyalarini rivojlantirish, ambliopiya va g`ilay bolalarni ulami normagacha tibbiy va pedagogik vositalar bilan tiklash. 2. Bolalarning rivojlanishi o‘quv dasturni o‘zlashtirish uchun ularning psixik-jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda qulay sharoitlar yaratish. 3. Bola hayotining dastlabki oy yillaridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlami korreksiyalash. 4. Ko‘rishda nuqsoni bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati kompensator usullarini shakllantirish. Maxsus vazifalarni hal etishda har bir mutaxassis vrach oftolmolog, tiflopedagog, ko‘rishda nuqsoni bo`lgan bolalar bog‘chasi tarbiyachisining roli garchi o‘zaro bog`liq va o‘zaro bog`langan bo`lsada, ular ko‘p qirralidir. Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi o‘quvchilarga maktabda kompensator metodik usullarni darsning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi. Tiflopedagog va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bog`liq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlami bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda, eng avvalo, faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlarrii shakllantiradi. Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek, shakllantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat faoliyati usullarini shakllantirish. Mazkur maktabgacha yoshda bolaning bilishga ehtiyoji, qiziqishi, faolligi, maqsadli harakatlanishi odati shakllanganligi o‘quvchilarga maktabda kompensator metodik usullarni darsning predmet mazmuniga muvofiq mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi. Tiflopedagogik va tarbiyachining bu muhim vazifani hal etishdagi ishtiroki ularning faoliyati, tashkiliy shakllari va mazmuniga bogiiq, tiflopedagog yakka tartibda bu kichik guruhdagi mashg‘ulotlami bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda eng awalo, faoliyatning u yoki bu usuli to‘g‘risida dastlabki bilimlarni shakllantiradi. Tarbiyachiga bu usullarni mustahkamlash, mashq qildirish, bola uchun yangi vaziyatlarga kiritish, shuningdek, shakliantirilayotgan usullar samaradorligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar beradi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus umumta’lim maktab-internatlari o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasini, maktab ta’limini, shuningdek, ularning nuqsoni rivojlanishi korreksiyasini amalga oshiradi. Ko‘zi ojizlar uchun tashkil qilingan maktablar maxsus ta’lim davlat tizimining asosiy qismi hisoblanadi va bu tizim bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning alohida ta’lim zaruriyatidan kelib chiqadi va shu tamoyillar asosida ishlaydi. Ko‘zi ojizlar maktablarida o‘qitish va tarbiyalash o‘zining maxsus tamoyillariga va vazifalariga ega, bu vazifalar yaxshi rivojlanmagan va buzilgan funksiyalami qayta tiklash, korreksiya va kompensatsiya qilishga moijallangan bo‘lib bolalami guruhlarga differensiyalashga mo‘ljallangan. Ko‘zi ojizlami o‘qitish va tarbiyalashning asosiy qoidalarini asoslab berar ekan, tiflopedagogika shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashga va ko‘zi ojizlikni kompensatsiyalashning tabiiy ilmiy asoslariga rivojlanishda turli nuqsonlarga duchor bo`lgan bolalarda biologik va ijtimoiy manbalaming birligi to‘g‘risidagi konsepsiyaga asoslanadi. L.S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, bu birlik juda murakkabdir alohida psixik funksiyalarga nisbatan ham, bolalaming yoshiga qarab bosqichma-bosqich rivojlanishga qarab ham differensiyalashgan va o‘zgaruvchan birlikdir. Ko‘zi ojiz bolalar ta`lim tashkilotlariga joylardagi tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra qabul qilinadi. Ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish mashg‘ulotlarini tashkil etishda psixofiziologik va psixologik-pedagogik uslublardan foydalanish samara beradi. Bu metodlar ko‘rishda nuqsoni bor bolalarni barcha faoliyati va sensor apparatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, psixofiziologik metodlar orqali predmetning asosiy qirralari o‘rganiladi. Predmetli metodlar bolalarning ko‘ruv faoliyatini predmetli amaliyotini mashqlar va o‘yin davomida rivojlantirishga qaratiladi. Predmetli amaliy mashg‘ulotlar perdmetlami modellashtirish, qurish- -yasash, turli predmetlarni o‘z ichiga oladi. Bolalar predmetlarni idrok etishga, uning shakli, kattaligini, rangini analiz qilib chiqishga o‘rganadilar. Ko‘rish qobiliyatini rivojlantirishda turli tasvirlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan: oq-qora, rangli, konturli, shtrixli tasvir. Shu o‘rinda Vitaliy Pavlovich Yermakov tomonidan yaratilgan ko‘ruvni rivojlantirish va mashq qildirish, tekshirish uchun mo‘ljaIlangan polixromatik tablitsalardan foydalanib kelinmoqda. Bu test va tablitsalar Rossiya va Yaponiya, Xitoy davlatlarida foydalanib kelinmoqda. 335 Ko zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-intematlari oldiga qo‘yilgan umumta’lim va tarbiya vazifalari bilan bir qatorda o‘quvchilami ko‘ruv qobiliyatini rivojlantirish va himoya qilish vazifasi ham qo‘yilgan. Bu ishlar maktabda okulist rahbarligida amalga oshiriladi, shu jarayonda meditsina hamshiralari faol ishtirok etadilar. Pedagog va tarbiyachilar ham o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ular davolash muolajalarini o‘z vaqtida bajarishga va shifokor tavsiyalariga qat’iy amal qilishini nazorat qiladilar. Ko‘zoynak va boshqa optik ko‘ruvchi korreksiyalovchi vositalami tavsiya qilish davolash ishining asosiy aspektlaridan biridir. Pedagog va tarbiyachilar bolalarni ko‘zoynaklardan shifokor tavsiya etganidek, to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishlari lozim. Opravani to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. U yuz hajmli, qorachiqlar orasidagi masofaga mos tushishi kerak. Opravani burun va quloqlami qizishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘pincha bolalar ko‘zoynakni yo‘qotadilar yoki sindiradilar. Shuning uchun bir yo‘la bir necha ko‘zoynak buyurtma berish zarur. Bolalar ko‘zoynaklarini toza va ozoda saqlashga o ‘rgatib borish kerak. Ba’zi zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarga teleskopik ko‘zoynaklar yozib beriladi. O‘z faoliyatida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar 3,5-5 marta kattalashtiruvchi lupalardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Kichiklari matnlarni istagancha kattalashtirolmaydilar. Kattalari esa ko‘rish maydonini juda toraytiradi. Lupalarni okulist-shifokor tavsiya qiladi. Pedagog va tarbiyachilar ulardan to‘g‘ri foydalanishi va saqlanishlarini nazorat qilishlari kerak. Lupalarni alohida qutilarda yoki xaltachalarda saqlash lozim. Ko‘ruv nervi atrofiyasi, ishopiya, to‘r parda distrofiyasi va boshqa kasalliklar bilan kasallangan bolalar kasallik jarayonida doimiy medik kamentoz davoga muhtojdirlar. Ko`zi ojiz bolalar ta`limida brayl alifbosidan foydalaniladi. Lui Brayl 1809-yil 4-yanvarda Fransiyadagi Kuvra shaharchasida Simon Rene Brayl oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keladi. Uni ismini Lui deb atashadi. Lui 3 yoshga to‘lganida fojia ro‘y beradi: u ko‘zini pichoq bilan shikastlab oladi. Shundan so‘ng bolaning jarohatlangan ko‘zlari shamollash natijasida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Luining ota-onasi farzandga dastlabki mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam bera boshlaydilar. Jumladan: ot uchun gilamcha to‘qish, yengil oyoq kiyimlarini tikish kabi ishlami Lui qunt bilan o‘rganadi. Musiqa o‘qituvchisi bilan skripka chalish mashg‘ulot bilan shug‘ullana boshlaydi. Qishloq maktabida Lui oddiy tayoqchalar yordamida alifboni o‘rgana boshlaydi. 1819-yili Parij shahridagi ko‘r bolalar o‘qiydigan institutga o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu institutda tarbiyalanuvchilarni savodga, musiqaga, "to‘qish va tikish saboqlari berilardi. Mashg‘ulotlar uchun relyefli - chiziqli shrift bilan yozilgan darsliklar ko‘pgina predmetlar uchun mavjud emas edi. Talabalar musiqa notalarini faqatgina eshitib eslab qolish orqali o‘rganar edilar. Lui Brayl institutning eng qobiliyatli talabalaridan biri edi. 1828-yili Lui Brayl institutni bitirib, kichik o‘qituvchi vazifasiga ishga qabul qilinadi. Shundan so‘ng ushbu institutda geografiya, algebra, musiqa fanlaridan dars bera boshlaydi. Lui Brayl o‘qish va ishlash jarayonida Lan shrifti bo‘rtma harflari hamda uning metodikasini, artilleriyachi ofitser Shari Barbe tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlami jo‘natish uchun mo‘ljallangan relyefli shtriftni puxta o‘rganib chiqadi. Harflar karton teshikchalarda joylashgan bo‘lib, «o‘qish»da qiyinchiliklami tug‘dirar edi. Bundan tashqari Barbening harfiy timsollari katta-katta bo‘lib, kichik yoshdagi ko‘r bolalarni o‘qishda qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Shunga qaramasdan, Barbening relyefli - nuqtali alifbosi L. Brayl ijodiy impuls beradi, u relyefli- nuqtali sistema yaratishga kirishdi. U xayolan yaratilajak “tizim” ko‘rlar uchun barcha predmetlardan saboq berishga mo‘ljallanishi lozim deb o‘ylaydi. Brayl 1924-yilning yarmidan, ya’ni 15 yoshda dastlabki ekspriment ishlarini boshlab yuboradi. Bu kichik tizim ikkita vertikal qatordan iborat bo‘lgan. 1, 2, 3 nomerlar chap tomonda, 4, 5, 6 nomerlar o‘ng tomonda joylashtirilgan edi. Bu sistema 63 ta kombinatsiyadan iborat boiib, musiqa notalari, matematik sonlarni ham o ‘z ichiga qamrab olingandi. Ushbu sistema ustida Brayl uzoq yillar ishlaydi. 1929-yili ixtirosini institut kengashiga topshiradi. Lekin sistemani qo‘llab-quvvatlamaydilar. “Sog‘lom o‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi” degan fikrlar yuzaga keladi. Faqatgina 1837-yili uning bu ishi yana muhokamaga qo‘yiladi va nihoyat Lui Brayl tomonidan yozilgan «Karatkuyu istoriyu Fransii» nomli asari relyefli - nuqtali alifboda chop ettirishga ruxsat beriladi. Asar dunyoga kelgandan so‘ng Brayl alifbosi to‘liq tan olinadi va ta’sis etiladi. Brayl tizimi 1853-yili Fransiyada keng tarqaladi. Lui Brayl tomonidan yaratilgan alifbo uchun maxsus moslamalar ishlab chiqiladi. Rossiyada 1885-yili A.A Adlerning asari Brayl sistemasida chop etildi. Lui Brayl 1852-yili 6- yanvarda kassalik tufayli vafot etadi. Brayl tomonidan ta’sis etilgan 6 nuqtali shrift, quyidagicha: O‘qish jarayonida 1• • 4 2• • 5 3• • 6 Yozish jarayonida 4• • 1 5• • 2 6• • 3 Aslida o‘qish va yozishda nuqtalar bir xil raqamlarga ega, ammo o‘qishda chapdan o‘ngga sanaladi. Yozuvda o‘ngdan chapga sanaladi. Brayl shriftining o‘qilishi va yozilishida bir necha qoidalarga amal qilish lozim. O‘qish jarayonida rioya qilinadigan amallar: - boshni va umurtqa pog‘anasini to‘g‘ri tutish lozim; - beli stulning suyanchig‘iga suyanib turishi, qo‘llar stolning ustida bo`lishi lozim; - o‘qish ko'rsatkich barmoqda olib boriladi, o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan bir qatorning oxirgi so‘zini o‘qib bo‘lgandan keyin ikkinchi qatorning birinchi so‘zi chap qo`lning ko‘rsatkich barmog‘idan o‘qiladi; - kaftlar kitob betida tegar-tegmas holatda, barmoqlar sal bukilgan bir-biriga qisman tegib turadi. Barmoq uchlari qator bo‘lib turadi; - barmoq uchlari (ikkala qoini ham) qatorda chapdan o‘ngga bir tekisda harakatlanib boradi; - kitob stol ustida to‘g‘ri turishi kerak. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Tiflopedagogika fanining mavzu baxsi nima? 2.Maxsus mashg‘ulotlarga nimalar kiradi? 3.Tiflopedagogika qanday metodlarga tayanadi? Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling