Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti


Download 1.43 Mb.
bet18/84
Sana23.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1287456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)

3. Nutq nuqsonli bolalarda anomaliyalarning tavsifi
Mutaxassislar nutqning o‘z vaqtida rivojlanmasligi yoki keskin sekinlashuvining sabablari juda ko‘p ekanligini aniqlashgan.
1.Homiladorlik davri (perinatal davri);
2.Tug‘ruq davri (natal davri);
3.Tug‘ruqdan keyingi davr (postnatal davr).
1. Homiladorlik davrida turli xil kasalliklarni boshdan kechirish, turli xil infeksiyalar, intoksikatsiya, homila toksikozi, gepoksiya yoki kislorod yo‘qotish, qon bosimining oshishi, homilador ayol va homila qon guruhining mos kelmasligi. Homiladorlik paytida sigaret, alkogol va giyohvandlik moddalarini iste’mol kilish, o‘z-o‘zini davolash, ya’ni ayrim dori-darmonlarni qabul qilish. Homiladorning homila uchun xavfli bo‘lgan joylarda ishlashi (radiatsiya).
2. Tug‘ruq davrida akusherlik patologiyalari ya’ni, tos suyagining kichkinaligi, homilaning kindik o‘qiga o‘ralishi. Tug‘ruqdan oldin suv ketishi, homilaning noto‘g‘ri joylashishi, tug‘ruq jarayonida bosh miyaning jarohatlanishi, tug‘ruq jarayonidagi asfiksiya natijasida bolaning ko‘karib tug‘ilishi.
3. Tug‘ruqdan keyingi davr – 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrda bosh miyadan turli xil jarohatlarni olish, bosh miyadagi infeksiyalar, turli xil yuqumli kasalliklar sababli yuzaga keladi.
Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar haqidagi umumiy ta ’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er. av. 460—377-y.) bir qator nutq buzilishlarining sababini ko'rsatib o'tgan. Boshqa grek faylasufi Aristotel (er. av. 384-322 y.) nutq hosil bo`lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog`lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib ko‘rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yo'nalish ko‘rsatilgan. Birinchi yo'nalish Gippokrat nuqtayi nazari bo‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bo'luvchi bosh omil ekanligi ta’kidlangan. Ikkinchisi Aristotelga tegishli bo'lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sababi etib ko'rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini o‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqayi nazar saqlanib qolgan. Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni o‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yo'nalishini ifodalaydi. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining "o‘z o ‘rni" borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan bo‘lsa ham , bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861-yilda, fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi ko‘rsatib berilgandan so‘nggina berilgandir. Xuddi shunga o'xshash kashfiyot 1874-yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig'ining orqa bo‘lagi katta rol o‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi. Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 -y illaridan jadal ishlana boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M . Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari sabablari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatgan:
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patologik o‘zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.Ye. Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib ko'rsatdi. Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug ‘ruqdan so‘ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek, nutq periferik organiaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar markaziy (miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi jarohatlanishi, tanglay yoriqligi va artikulatsion apparatning boshqa morfologik o‘zgarishlari) ajratilgan. Funksionai sabablarni M.Ye. Xvatsev, l.P. Pavlovning ta’lim oti orqali tushuntiradi. Bu ta’limot markaziy nerv sistemasida qo‘zg ‘alish va tormozlanish jarayonlarining o 'zaro munosabatini buzilishi haqida bo‘lib, M.Ye. Xvatsev bu orqali organik va funksionai, markaziy va periferik sabablarning o ‘zaro munosabati mavjudligini ta’kidlaydi. Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan. M. Ye. Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan va buning ostida atrof - muhitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi. Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida so'nggi 10 yillikda qo‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) zararlarning aham iyatini ko‘rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksionai sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi m exanizm ini bola organizmiga ko'rsatadigan ta’sirini tushunish har kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun to‘g‘ri yo‘l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir. Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta’sir etishi yoki ularning o‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Etiologiyada tashqi va ichki omillaring roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bo‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik ko'rinishi shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, o‘zaro aloqadorlik o`rm atilg an . Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol o‘ynaydi, ya’ni nutq kamchiliklarining kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida ko ‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi: bolaning sornatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nervpsixik qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), markaziy nerv sistemasining erta organik jarohatlanishi asorati va h.k. Evolutsion-dinamik yondashuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini o‘rganish uchun asos bo'ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning markaziy nerv sistemasi (MNS) ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning tashqi olam bilan o‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog`liqdir. L.S. Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini o‘rganishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof— muhit ta’siri bilan bog‘liqligini tushuntira turib, u "rivojlanishning ijtimoiy vaziyati" tushunchasini kiritdi. Bu o‘z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni o'zida namoyon etadi. Funksional nutqiy tizim ning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo , nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv afferentatsiyasining manbayi bo‘lib, bola bilan m uloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy m uhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bo`lishi mumkin. Demak , nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muhitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kam chiligiga ega ota -onalar, uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi). Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega bo`lishi, ijobiy-emotsionai tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shundayginacshitish kamlik qiladi (radiomagnitofon, telcvizor). Dastlab ma’lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim . Bolani kattalar bilan m uloqoti shaklining o‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo`ladi. Demak , hayotining birinchi yili uchun xarakterli bo‘lgan emotsional muloqotni 2—3 yoshlarda predmetli harakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bo‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday o‘zgarish yuz bermasa , u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi. Bolada predmetli-o‘yin faoliyati jarayonida to‘plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bo`lib xizmat qiladi. Bola nutqining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kcchikadi va buziladi: ijobiy em otsional muhitning yo‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muhit. Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tem pining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotadi. Nutq kam chiliklari k o ‘pin c h a turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi (qo‘rquv, yaqin odamini yo'qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k. ). Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa, kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm , nevrotik duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M. Ye. Xvatsev tasnifi bo'yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi.
Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
1. Bola organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar.
2. Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug'ilish yoki to‘la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yctishmaganlik.
3. Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalaralm ashinuvining buzilishi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal rivojlanishi qachon sodir bo'îadi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi jarohatlanishining yuqori darajadagi xavfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo bo‘lishini o'rganish osonroq kechadi. Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi: Birinchi davr (hayotining 1- 2-yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va uning harakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda po‘stloq nutq zonalarining bir muncha jadal rivojlanishi sodir bo‘ladi, xususan Broka zonasi. U ning rivojlanishida bola hayotining 14 - 18 oylnri keskin davr hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida o‘z aksini ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchi davr (3 yosh) bog'langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan kontekstli nutqqa o‘tiladi. Bu markaziy nerv sistemasi ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutq-harakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). Markaziy nerv sistemasi ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bo'lgan xavfni belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kclishi mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan boshtortadi, kattalar qo‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik bildiradi. Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bo`lishi mumkin. Gohida adabiyotlarda bu holat "evolutiv" termini bilan yuritiladi, ya'ni yosh davrlari bilan bog‘liq rivojlanish. Masalan: "evolutiv duduqlanish". Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning markaziy nerv sistemasiga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qo‘yilganda duduqlanish hosil bo`lishi bilan nerv faoliyatida "portlash" yuz beradi. Bolada bor bo‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bo'ladi. Bundan tashqari yangi nutq kam chiliklari ham paydo bo`lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlari yaxshi bilishi va o‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi kerak
Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va eshitish idroki tekshirib olinadi. Nutq nuqsonlari og‘ir-yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi.
1. Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a’zolari normal innervatsiyasida yuzaga kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba’zan fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni.
2. Dizartriya – bu artikulyatsion apparat a’zolari innervatsiyasining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya’ni tarang falajlanishda bo‘ladi.
3. Alaliya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, bu tashxis eshitishi va zakovati me’yorda bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladi.
4. Afaziya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida shakllangan nutqning yo‘qolishi. Bolalar afaziyasi tajribada kam uchraydi. Afaziya asosan insultdan keyin uchraydi. Bolalarda esa miya infeksiyalari, miya rivojlanishi davrida turli xil kuchli travmalar natijasida yuzaga keladi.
5. Rinolaliya – bu artikulyatsion apparat a’zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a’zolarida burun, burun halqum sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsonlari hisoblanadi.
6. Duduqlanish – bu og‘zaki nutq jarayonida artikulyatsion apparat a’zolari muskullarining tortishishi sababli og‘zaki nutqning tempritmik o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Anomal bolalar deb kimlarni aytamiz?
2. Anomal bolalarning qanday toifalarilari mavjud?
3. Anomal bolalar qayerda ta’lim olishlari kerak va nima uchun?
4. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari nima?
5. Maxsus yordamga muxtoj bolalar deb kimlarni aytamiz?


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling