Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro Davlat universitetining pedagogika instituti


MAVZU: TIFLOPEDAGOGIKANING PREDMETI, VAZIFALARI


Download 1.43 Mb.
bet19/84
Sana23.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1287456
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
МАХСУС ПЕД КА кечки 2 КУРС МАЖМУА 2 (Восстановлен)

5.MAVZU: TIFLOPEDAGOGIKANING PREDMETI, VAZIFALARI.
Reja

  1. Tiflopedagogika fani haqida umumiy tushuncha.

  2. Tiflopedagogikaning tadqiqot metodlari.

  3. Ko‘rishida nuqsoni bo`lgan bolalarning pedagogik tavsifi.

  4. Ko‘zi ojiz va ko‘r bolalarni o‘qitish va tarbiyalash mazmuni.




Tiflopedagogika, inklyuziv ta’lim, korreksiya, anomal bola, ko`r bolalar, zaif ko`ruvchi bolalar, suhbat.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:



    1. Tiflopedagogika fani haqida umumiy tushuncha.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash, o‘qitish va tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganki, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni (23-modda) va davlat tomonidan 1992-yil ratifikatsiya qilingan BMTning «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasi (23-modda)da nogiron bolalarning alohida parvarishlash, ta’limdan foydalanish, munosib turmush kechirish huquqlariga egaliga e’tirof etilgan. Demak, ko‘rishida muammosi bo`lgan bolalarni o‘qitish jarayonini turli zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashgan texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kun maxsus pedagogikaning dolzarb masalalaridan hisoblanmoqda. Nogironlikni oldini olish maqsadlarining ijobiy hal qilinishi nogironlarning ijtimoiy tiklash bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq qilish bilan chambarchas bog`liqdir. Bu muammoni defektologiya fanining tarixi bo`lmish tiflopedagogika yoritib beradi.


Tiflopedagogika grekcha tiflos ko‘r so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan. U umuman umumiy pedagogikaning qismi va tiftologiyaning bo‘limlaridan biridir. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.Segenova va I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi» ta’limoti sanaladi. Tiflopedagogika pedagogika fan sifatida quyidagi asosiy muammalarni xal qiladi:

  1. ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shaxslarni psixologik, pedagogik va klinik o‘rganish nuqsonlar mavjud bo‘lganda ruxiy va jismoniy rivojlantirish va ko‘rish funksiyasi buzilishlarini aniqlash.

  2. Ko‘rish va ko‘zi ojizlarda buzilgan va to‘la rivojlanmagan funksiyalarni koreksiyalash va tiklash yo‘llari va shartlari.

  3. Shaxsning ko‘rish faoliyatida turli buzilishlari mavjud xolda shakllanishi va har tomonlama rivojlantirish shartlarini o‘rganish, fan asoslariga o‘rgatish, politexnik mexnat va kasb tayyorgarligi.

  4. Ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tiplari va strukturasini belgilash.

  5. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgani shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o‘qitish va jamiyatda mexnatga tayyorlash samaradorligini imkoninni beradigan maxsus texnik vositalarni yaratish.

  6. To‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muxofazalash va rivojtirish bo‘yicha gigienik tadbirlar tizimini ishlab chiqish.

  7. Ta’lim-tarbiya va kasb tayyorgarligi uchun binolarni loyixalashga aloxida e’tibor qaratish.

  8. Zamonaviy tiflopedagogikani rivojlantirish, nuqsonlarni oldini olish va tugatish yo‘llarini kompensatsiyalash. (aniqlash)



1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling