O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro Davlat universiteti «Iktisodiyot va turizm»


O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish


Download 33.9 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2023
Hajmi33.9 Kb.
#1370510
1   2   3   4   5
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.
5. Belgilansinki:
Vazirlik investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni o‘rganishni ta’minlaydi;
Vazirlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Vazirlikning so‘roviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi;
Vazirlik tegishli idoralarning investitsiya siklining har bir bosqichida investorlarga hamrohlik qilishi, byurokratik ko‘rinishlarning oldini olgan holda yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni, shu jumladan, investitsiyadan keyingi davrda hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishini tashkil qiladi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi ustun bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashabbusi bilan qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi kelishuvlar Vazirlik bilan oldindan kelishilishi shart;
davlat organlari va tashkilotlarga investorlar, shuningdek, investitsiya ishtirokidagi tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarning Vazirlik tomonidan monitoring qilish uchun ularning nusxalari murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda “Investitsiya portali”ga joylashtiriladi;
Vazirlik doimiy asosda investorlar murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilishini ta’minlaydi va investorlarning, shu jumladan, salohiyatli investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vazirlik bilan kelishilishi lozim.
6. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarda, ularning hududiy bo‘linmalarida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taklif kiritsin:
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, investorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, tegishli tarmoq yoki hududning investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar va axborotlarni tizimlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan investorlar va investitsiya ishtirokidagi tashkilotlar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini monitoring qilish;
b) 2019-yil 1-martga qadar “Investitsiya portali”da investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarining markazlashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
v) Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi negizida tashqi savdo statistikasini hisobga olish, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari va qarz mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlarini rag‘batlantirish (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa mukofot pullarini to‘lash) manbalari hisoblanadi;
Vazirlik xodimlarining mehnatiga budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq to‘lash shartlari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
8. Vazirlikka xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari mutaxassislarini investitsiya siklining barcha bosqichlarida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlariga jalb etish huquqi berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
ushbu Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, davlat organlari va tashkilotlarining investitsiya va savdo sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni;
Vazirlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV1

Bog’dod tumani hokimligi



1 https://lex.uz/ru/docs/-4182345

Download 33.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling