O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro Davlat universiteti «Iktisodiyot va turizm»


Download 33.9 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi33.9 Kb.
#1370510
  1   2   3   4   5

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI


Buxoro Davlat universiteti


«Iktisodiyot va turizm» fakul’teti


«Agrobiznes va logistika» KAFEDRASI
Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta`lim yunalishi
II kurs_________gurux talabasi
_______________________________ning
_________________________________da o`tkazilgan
(korxona)


MALAKAVIY AMALIYOTI BO`YICHA
H I S O B O T I
Universitet tomondan rahbar _______________________


Korxona tomondan rahbar___________________________


Kafedraga topshirilgan sana «__»_________20___y


Himoya qilingan sana «__»_______________20___y


Hay`at a`zolari: ________________________
________________________
________________________
Kirish
O‘zbekistonda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sababi oddiy, investitsiyasiz iqtisodiyot rivoj topmaydi. Chunki zamonaviy dunyoda sarmoyalar iqtisodiyot drayverlariga aylangan.
Davlatimiz rahbarining investitsiya mavzusiga tez-tez murojaat qilishi ham bejiz emas. Xususan, Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida oltinchi yo‘nalish sifatida iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash xususida so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishildi. Kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar bo‘ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihalar ishga tushirilishi va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanishi aytildi.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, 2021 yilning 6 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda qayta saylangan mamlakat rahbari tomonidan kelgusi besh yil uchun eng asosiy ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ilgari surildi. Unga muvofiq 2022 — 2026 yillarda islohotlarni samarali davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish, 2030 yilga borib esa jon boshiga hisoblaganda O‘zbekistoning aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishi maqsad qilingan. Bunga esa, o‘z navbatida, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali erishish ko‘zda tutilgan. Taraqqiyot strategiyasida mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSH dollariga teng investitsiya jalb etish, respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish belgilangan.
Yurtimizda birinchi navbatda ilgari investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish boshlandi. Jumladan, 2017 yilda milliy valyutamiz — so‘mning erkin konvertatsiyasini joriy etib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog‘liq barcha cheklovlar olib tashlandi.
Bank va yirik korxonalar ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdi. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda xalqaro obligatsiyalar chiqarildi. Shu bilan birga, bank-moliya sohasidagi islohotlarni tizimli ravishda davom ettirish, ularni xususiylashtirish, sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga kirishildi. Tijorat banklarida transformatsiya jarayonlari davom ettirilib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushini 60 foizga yetkazish, davlat ishtirokidagi korxonalar sonini kamida 3 barobarga qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumki, xorijlik investorlar korrupsiya ildiz otgan mamlakatga pul tikmaydi. Shundan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu boradagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. Ayni chog‘da, xorijlik sarmoyador muayyan mamlakatga investitsiya jalb etmoqchi bo‘lsa, uning mustaqil sud va OAV tizimi mavjudligini o‘rganadi. Demak, O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish — eng oliy maqsadlardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Boz ustiga, ko‘p yillar davomida mamlakatimizning turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. Buning e’tirofi sifatida yaqinda xalqaro Nodavlat notijorat tashkilotlari koalitsiyasi — “Cotton Campaign” hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilindi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati ham biznes sohasini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga tushirildi. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobar pasaytirildi. Shu bilan birga, import bo‘yicha 6 mingga yaqin boj stavkalari ham kamaytirildi. Shuningdek, o‘tgan besh yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi. Tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
O‘zbekistonda “yagona darcha” tamoyili asosida xorijiy investorlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama ko‘mak beradigan, barcha hudud va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi 3,5 barobar oshib, oxirgi besh yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi. Buning hisobidan 59 mingta investitsiya loyihasi amalga oshirilgani bois mamlakatimizda 2,5 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi.
Ikki yil avval mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag‘allik mavjudligi tan olindi va kambag‘allikni bartaraf etish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Ushbu yo‘nalishda alohida strategiya qabul qilinib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Natijada qisqa davrda yarim milliondan ko‘p oilalar muhtojlar toifasidan chiqarildi.
Umuman olganda, o‘tgan besh yil davomida olib borilgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini berdi. Iqtisodiyotning yillik o‘rtacha o‘sishi — 5 foizni, sanoat sohasida esa 8 foizni tashkil etgani ham buning yaqqol isbotidir.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va inson kapitalini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rag‘batlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligi va gender tenglikni ta’minlash kabi muhim vazifalarga qaratilgan. Strategiyaning pirovard maqsadi — davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish, davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish, mamlakatimizda infratuzilmani jadal rivojlantirishni davom ettirish strategiyaning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
O‘zbekistonda xorijiy investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etgan holda, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilmani rivojlantirish va yo‘l qurilishi sohalarida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyotni sanoatlashtirish doirasida boy xomashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, sohaga xorijiy kapitalni kiritish ham ustuvor vazifalardan. Ma’lumki, O‘zbekiston ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasi bo‘yicha dunyoning yuqori o‘rinda turadigan 20 ta davlati qatoriga kiradi. Jumladan, mamlakatimiz oltinning resurs bazasi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, mis bo‘yicha — 7, volfram bo‘yicha — 8, kumush bo‘yicha — 9, uran bo‘yicha 12-o‘rinni, tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasida esa 16-o‘rinni egallaydi. Ana shunday boy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlagan holda, kelgusi besh yilda kimyo va gaz-kimyo, misni qayta ishlash, elektronika, farmatsevtika, to‘qimachilik va ko‘plab boshqa sohalarda 120 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, inson kapitali borasida ham yuksak salohiyatga egamiz. Bu tizimga kiritilgan investitsiya ham istiqbolli. Zero, kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim sohasida 7 mingdan ziyod yangi muassasalar tashkil etish orqali qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan 80 foizga yetkazish, maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘liq qayta ishlash va qo‘shimcha 1 million 200 ming o‘quvchi uchun yangi maktablar barpo etish, oliy ta’lim sohasidagi qamrov darajasini 50 foizga yetkazish belgilanmoqda. Maqsad iqtisodiyotning drayver tarmoqlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizda tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, eksport va import faoliyatlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ham rejalashtirilgan. Bu ham investitsiya jalb etishning muhim garovi. O‘zbekiston yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun aniq qadamlar qo‘ymoqda. Hozirning o‘zida respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkin savdo orqali 280 million iste’molchisi bo‘lgan mintaqaviy bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan preferensiyalar tizimi “GSP+” doirasida O‘zbekistondan 6 mingdan ortiq mahsulot turlarini Yevropa bozoriga imtiyozli shartlarda eksport qilish mumkin. Shuningdek, milliy eksportchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish uchun hozirgi vaqtda Hindiston, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imtiyozli va erkin savdo bitimlarini imzolash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda.
Mavjud transport koridorlarini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Transafg‘on temir yo‘li orqali Janubiy Osiyoga, O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temir yo‘li orqali Osiyo — Tinch okeani mintaqasiga hamda Janubiy Kavkazni kesib o‘tadigan multimodal transport koridori orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazish uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ham amaliy harakatlar olib borilayotgani hammamizga yaxshi ma’lum.
Mamlakatimizning biznes muhitini yanada yaxshilash kechiktirib bo‘lmas vazifalardan. Bu soha rivoji uchun amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi.
Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlar natijasida kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi. Pirovard maqsad O‘zbekiston 2030 yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishdir.
Tan olish kerak, xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyotni liberallashtirishdagi qadamlarini e’tirof etmoqda. “O‘zbekistonning ochiqlik siyosati G‘arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish garovidir. O‘zbekiston “GSP+” statusini olgan bo‘lib, ayni chog‘da mamlakatni Yevropada yaxshi bilishadi. Shunday ekan, Yevropa bozorlariga chiqish uchun bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish lozim”, deydi Fransiyadagi Advantage Central Asia kompaniyasi prezidenti Dmitriy Rodin.
— COVID–19 pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha mintaqada eng yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyoti yil sayin yuksalmoqda, sanoat ishlab chiqarishi esa 8 foiz o‘sdi, bunda yillik eksport hajmi 20 mlrd. Dollarga ortdi. Fikrimcha, bunday ko‘rsatkichlar bilan 2030 yilga borib O‘zbekiston Prezidentining YAIM hajmini 100 mlrd. dollarga oshirish, eksport hajmini esa 30 mlrd. dollarga yetkazish borasidagi rejalari amalga oshishi mumkin, — deydi Ispaniyaning eksportchilar va investorlar klubi prezidenti Antonio Bonet.
“O‘zbekistonga o‘tmishda paxta xomashyosining asosiy ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi sifatida qaralgan. Endilikda ushbu “status-kvo” o‘zgardi. Endi O‘zbekistonda turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan hindistonlik investorlar soni ortib bormoqda”.
Bu — “Global India Business Forum” kompaniyasi prezidenti Jitendra Joshining fikrlari.
Bunday misollarni esa ko‘p-ko‘p keltirish mumkin.
Umuman, O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan siyosati butun Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Bu siyosat natijasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro Toshkent investitsiya forumi esa butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mintaqa tadbirkorlari bilan xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun doimiy platformaga aylanmoqda. Chunki Markaziy Osiyo — yagona iqtisodiy makon va yagona investitsiya bozoridir.


Download 33.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling