O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar


Download 49.16 Kb.
bet8/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b

Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar:
1. Suhbatdoshingizdan qo‘l cho‘zgulik uzoqlikda turing. Albatta, bu uning sizga naqadar yaqinligiga bog‘liq. Inson shaxsiy makonini besabab buzmang. Opponentingiz harakatlarini to‘g‘ri anglashga harakat qiling. Agar u shaxsiy makonni buzishga moyillik ko‘rsatsa, shundagina unga yaqinlashing.
2.Sizning ovozingiz ochiq, samimiy, ishonchli, qat’iy, ammo tahdidsiz bo‘lishi lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qonikkanlik, ishonch hislarini o‘zatishga sayi-harakat qiling.Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik olib kelishiga ishoning.
3.Sizning qo‘llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo‘lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar qo‘llaringizni ko‘kragingizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, “Menga sening gaplaring qiziq emas, men o‘zim bilaman, nima qilishni” degani bo‘ladi. Agar qo‘llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa qarata harakat qildirsangiz, qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi.CHunki, beixtiyor unga tegib ketishingiz mumkin.
4. Qo‘llaringiz yonga to’g‘ri tushgan, oyoqlaringiz to‘g‘ri, gavdangiz ham to‘g‘ri bo‘lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u yoki bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo‘ling.
5.Suxbatdoshingizning ko‘zlariga ko‘zingiz to‘g‘ri va tik, ammo tahdidsiz qarasin.Gaplashayotganda hamsuhbatingizga qarama-qarshi tomonga yoki boshqa xonaga qarab o‘tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling.Qarshingizda turgan odamga ochiq nazar bilan qarang.
6. Suhbatdoshingiz bilan gaplashayotganda uning so‘zlariga e’tiborli bo‘ling. O‘z e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing. Odamlarning tana zabonini anglash bo‘yicha ba’zi tarjribalar

  • Agar odam sizning nima deyayotganingizni tushunmasa, u boshini bir yonga burib, qoshlarini taranglashtiradi, ko‘pincha qoshlarini bir nuqtaga, markazga yaqinlashtiradi.

  • Odamlar o‘rtasidagi suhbatda qo‘llarinigizni ko‘krakda kesishtirib olsangiz, bu suhbatdan o‘zingizni olib qochmoqchi ekanligingizni yoki o‘zingizni himoyalash niyatigizni bildiradi.

  • Sizga yoqib qolgan narsani ko‘rsangiz, ko‘z qorachiqlaringiz kengayadi.

  • Siz kiygan kiyim siz haqingizda siz istagan axborotnigina bera oladi.

  • O‘z joyida tinch o‘tira olmayotgan, barmoqlari yoki qalam bilan stolni taqillatayotgan odam o‘zining asabiylashayotganini ko‘rsatadi, yoki mavzu uni qiziqtirmayotganligi, yoki uning shaxsiy makoniga ruxsatsiz kirganligingiz alomatidir.

  • Agar ayol kishi sochlarini to‘g‘rilab, ularni siltab-siltab qo‘ysa, demak siz unga yoqmoqdasiz.

  • Erkaklar chiroyli ayolni ko‘rsalar qoshlarini yuqoriga ko‘taradilar va ularning kayfiyati yaxshilanadi.

  • Agar odam yaxshi kayfiyatda bo‘lsa va siz unga kulib karasangiz, u “Men unga yokaman” deb o‘ylaydi. Ammo mazkur odam yomon kayfiyatda bo‘lsa-yu, siz xadsan ziyod unga kulib karasangiz, u “ Meni mazah kilyapti, ustimdan kulyapti” deb fikr qiladi.

  • Qo‘llarini cho‘ntagiga solib olgan yigit, atrofdagilarga o‘z mustaqilligini namoyon qilmoqchi bo‘ladi, aslida u o‘zini noqulay his qilgani uchun va o‘z komplekslarini (uyalyotgani, xavotiri, xayajonini) yashirmoqchi bo‘lib, cho‘ntakdan foydalanadi.

O‘z kursdoshlaringiz va do‘stlaringiz xatti-harakatlarini yuqoridagi tamoyillar asosida baholashni boshlashdan avval, bu misollar har doim ham vaziyatga monand bo‘la olmasligini nazarda tuting. Masalan, agar kimdir qo‘llarini ko‘kragida kesishtirib turgan bo‘lsa, balki u aslida sovuq qotgandir. Agar kimdir suhbatdan oldin bir baklajka koka-kolani ichib olgan bo‘lsa, balki shu sabab joyida tinch o‘tira olmayotgandir. Agar kimdir sizga tana zaboni usulidan qanday xabar jo‘natayotganligiga shubxangiz bo‘lsa, u bilan oddiy suhbatda munosabatlaringizni aniqlashtirib oling.O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biri ekan, har qanday insonning tashqi ko‘rinishi atrofdagilarga estetik ma’no va zavq kasb etib, doimiy e’tiborda bo‘lishini unutmaslik kerak. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mexribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O‘qituvchi sinfga kirishi bilan so‘zsiz o‘quvchilar e’tiborida bo‘ladi, ular bilan muloqotga kirishadi. Sinf saxnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy hatti- harakatlari o‘quvchilarga ta’sir o‘tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo‘rquvini yengishlari, o‘zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o‘zlarini yo‘qotmasliklari lozim.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling