Tana zaboni—sizning qanday yurishingiz, turishingnz, qanday ovozda so‘zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, mimikangiz, umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo‘lgan hamda axborot tarqatish va qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir. Bizning bunday tana harakatlaringiz nima to‘g‘risida, qanday axborot beradi?Bizning tana zabonimiz o‘ziga xos til bo‘lib, u bizning kayfiyatimiz va harakterimiz to‘g‘risida o‘zimizdan ko‘proq informatsiya beradi.Tana zaboni, shu bois, muloqotning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Balki siz hech qachon bu narsaga e’tibor bermagandirsiz, ammo biz aytmoqchi so‘zlarga qo‘shimcha ravishda, ko‘pincha tana harakatlarimiz ham axborot berib turadi. Agar siz tana zaboniga e’tibor bermasangiz, siz bilmagan holda tana harakatlaringiz hamsuhbatingizga boshqa ma’lumotlarni ayon qilib turishi mumkin.Bu ma’lumotlar esa, yangi konfliktni keltirib chiqarishi yoki, konfliktni chuqurlashtirib yuborishi mumkin.
Tana zaboni sizning shaxs sifatida yurish-turishingiz, kiyinishingiz, imo-ishoralaringiz, qaddi-qomatingiz, o‘zingizni tutishingiz, aslini olganda harakteringiz haqida juda katta informatsiya beradi. Sizning tana zaboningiz nimalar haqida “gapirishi”, “so‘zlashi” mumkinligi masalasini ko‘rib chiqamiz. Tana zaboni tushunchasining yetti tarkibiy qismi mavjud. Ular tana zabonining turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi. Mana shu yetti tarkibiy qism tana zaboni orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborotlar turlarini belgilab beradi. Tashqi ko‘rinish, ya’ni insonning qanday kiyim kiyganligi va o‘zini tutishi, vaqtga bo‘lgan munosabat, sizning ijtimoyi ahvolingizni ko‘rsatib turuvchi tashqi ko‘rinish omillari, sizning o‘z suhbatdoshingizga yaqinligingizni oydinlashtiruvchi omillar, konkret vaziyatda siz ishlatayotgan aniq tana harakatlari, sizning o‘z va boshqa inson shaxsiy makoniga bo‘lgan munosabatingiz va qanday ovozni ishlatayotganingiz kabi elementlar tana zabonining yetti doirasini tashkil qiladi. Tana zabonining yetti doirasini alohida holda ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |