O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Download 49.16 Kb.
bet7/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b

Vaziyat: Tarix darsida hamma o‘z vazifasini bajarib sinfda o‘tiribdi. Akrom ham shu sinfda o‘qiydi. Kechqurunlari u oilasiga moddiy yordam ko‘rsatishmaqsadida bozorga qatnaydi. Akrom kechqurunlari ishlab, bir ikki so‘m topma- sa, onasi qiynalib qoladi. Kundo‘zi maktabda o‘qish, kechqurunlari bozorda ishlash Akromni ancha toliqtirib qo‘ygan. Akromga hayot qo‘ygan talablar katta, ammo sog‘lik va vaqt kam. SHu bois Akrom tez-tez charchaydigan, darslarni qilishga ulgurmaydigan bo‘lib qolgan.
Dars boshlangandan 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng birdaniga eshik ochilib, Akrom sudralib sinfga kirib keladi.Akrom juda charchagan, bir navi kiyingan. Kechasi bilan yuk tashigan Yuvilmagan, g‘ijim ko‘ylak, dazmollanmagan, chang tekkan shim, iflos oyoq kiyim. U o‘qituvchiga bir nimani uzr so‘raganday ming‘irlab, oyogini arang sudrab, joyiga, ya’ni partasiga shalpayib o‘tirdi. Akrom atrofdagilarga bee’tibor, atrofida nimalar bo‘layotganligini uncha anglamaydi, chunki u - charchagan va uxlamagan. Oyog’ini parta ostidan cho‘zib, o‘rindiqqa qulayroq o‘tirib olib, u ko‘zlarini yumadi. Ammo Akromning o‘zini bunday tutishi o‘qituvchiga yoqmaydi. O’qituvchi Akromni o‘ziga nisbatan bexurmatlilik va inkor etishda (ignorirovaniye) ayblashga moyilroq.
«Kim savolga javob beradi?», - deb so‘radi o‘qituvchi. «Balki bizga Akrom yordam berar?Bu savolga javobni bilasanmi? Akrom?!», - deb so‘radi o‘qituvchi. «Nima, e-e, ux, bu..., iltimos, savolni qaytarib yuboring», - dedi ko‘zi uyquga ketib qolgan Akrom.
«O‘zim ham shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Sen yana dars qilib kelmabsan?» - dedi o‘qituvchi Akromning partasi oldiga kelib. «Senga nima bo‘lgan o‘zi. Hech vazifalarni qilmaysan. O‘zingni xudodek tutasan. To‘zukroq na salom bor, na alik. Faqat oyog‘ingni cho‘zib, mudrashni bilasan.Nimaga kelasan o‘zi maktabga? O‘zingni ko‘rsatganimi? Seni direktor oldiga jo‘natish kerak», - dedi o‘qituvchi. «Men nima qildim sizga?Hech narsa qilmadim-ku? Jimgina o‘tiribman- ku?!» - deya xayron bo‘ldi Akrom. «Nima qildim?!» - deb o‘z navbatida xayron bo‘ldi o‘qituvchi. «Nima qildim?Qilganlaring kammi?! Eng avvalo sen sinfga kirganda sinfdoshlarga nisbatan, menga nisbatan behurmatlik ko‘rsatding. Ikkinchidan, darsga kelar ekansan, darsni bajarib kelishing kerak. Darsga tayyor bo‘lmasang kelganingdan nima foyda?! Uchinchidan, darsda esankirab o‘tirasan. Umuman befarqsan! Bor direktor oldiga!»
«Ustoz, bu adolatdan emasku, men sal charchagan edim. SHu xolos, men...» - dedi Akrom, ammo uning so‘zlarini o‘qituvchi keskin bo‘lib tashladi. «Hech nimani bilishni istamayman! CHarchasang, kechqurunlari sandiraqlab yurma, uyda o‘tir, dars qil! Bor direktorga aytasan dardingni» - buyruq berdi o‘qituvchi. «Bo‘ldi, baqiravermang», - deb javob qaytardida, Akrom sinfdan chiqib ketdi. Mana shu vaziyatni tahlil qilsangiz, kim haq yoki nohaqligini anglashga urinsangiz, tana zaboni bo‘yicha bilimlar naqadar zarur ekanligini, tana zabonini to‘g‘ri anglash, to‘g‘ri tarjima qilish zarurligini ham anglagan bo‘lasiz. SHu bois, tana zabonini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g’ri anglash qonuniyatlarini bilgan yaxshi. Tana zabonini qanday qo‘llash zarur?SHu masalani oydinlashtiramiz.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling