O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Download 49.16 Kb.
bet3/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b

Tana zabonining yetti doirasi:
1.Tashqi ko‘rinish. Sochingiz jingalakmi yoki boshqa rangga bo‘yalganmi? Sochlaringiz orqa tomonga turmak qilinganmi yoki kesilganmi?Egningizda atlasmi yoki shim-kostyummi? Bo‘yanganmisiz yoki o‘sma qo‘yganmisiz? Ro‘moldamisiz yoki ro‘molingiz yo‘qmi? Bo‘yningizda tilla zanjir bormi yoki yo‘qmi?Yoshmisiz yoki yoshi o‘tganmisiz?Mashinadamisiz yoki oyoqdamisiz?Mana shularning barchasi siz haqingizdagi ma’lumotlarni boshqalarga uzatib turadi. Tashqi ko‘rinish inson haqidagi ma’lum informatsiyani yaqqol namoyon etadi. Tashqi ko‘rinishdan inson moddiy axvoli, kelib chiqishi, ijtimoiy holati borasidagi ilk ma’lumotlarni darrov qabul qilish mumkin. Masalan, odatda zamonaviy kiyingan, sochlari bo‘yalgan, o‘ziga oro berib yuradigan ayolni siz kalish-mahsida, boshiga ko‘k rangdagi ro‘mol o‘ragan, milliy kiyimda, mungli axvolda ko‘rsangiz, birinchi qiladigan xulosangiz, “Bu ayol azador bo‘libdi-da» degan xulosaga kelasiz. Ya’ni tashqi ko‘rinish mazkur ayol hayotida kechgan voqealar borasidagi ma’lum axborotni atrofdagilarga tarqatish uchun xizmat qiladi.
2.Vaqt.Vaqt hamda vaqtga bo‘lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki paytni?Siz biror odamni 60 daqiqa kutasizmi, yoki 2 daqiqadan so‘ng, kutmasdan ketib qolasizmi?Yoki, siz o‘zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko‘rib, darrov ro‘parasiga chiqasizmi, yoki uning o‘zi oldingizga kelishini kutib turasizmi? Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so‘rab, o‘zingizni aybdorday his qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz, kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz, kechikkaningiz uchun o‘zingiz hijolatdasiz.Ammo agar kechikib kelgandan so‘ng, uzr ham so‘ramasangiz, demak, siz tarbiyasiz, qo‘rs odamsiz, yoki kutayotgan odamning kekkaygan boshlig‘isiz.Demak, vaqtga munosabat masalasi ham inson harakterini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling