Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti
Download 174.69 Kb.
|
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin
Loyixa tushunchasi.
Loyixa taxliliga adabiyotlarda turlicha tariflar berilgan. Biz ulardan eng soddasini keltiramiz. Loyixa cheklangan vaqt davomida xamda belgilangan byudjet bilan oldinga qoʼyilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi oʼzaro bogʼlangan tadbirlar majmuidir. Tarmoqlarda yaratilayotgan obʼektlar shu qadar murakkabki, ularni amalga oshirish ishlari loyixa emas, balki dastur doirasida olib boriladi. Dasturlar uzoqroq muddatga, kengroq koʼlamga ega boʼlib, asosiy maqsadga xizmat qiluvchi bir necha loyixani oʼz ichiga olishi mumkin. Bu loyixalar dasturning xizmat muddati va koʼlami boʼyicha bir nechtani tashkil etib, maqsadi, turi boʼyicha oʼzaro farq qilishi mumkin. Loyixa atamasi bilan quyidagi tushunchalar oʼzaro bogʼlangan: loyixa davri (bosqichi); loyixa taxlili; loyixa menejmenti; loyixani moliyalashtirish. Loyixalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: Oʼlchamchilik – loyixa boʼyicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi. Vaqt boʼyicha cheklanganligi – loyixani ishlab chiqish xamda amalga oshirish muddatlarining cheklanganligi. Аloxida faoliyat turlari bilan bogʼliq xodisalarning aniq belgilangan ketma-ketligi. Maqsadga yoʼnaltirilganligi. Xar bir loyixani belgilovchi 4-asosiy omil mavjud: 1. Loyixa koʼlami (kichik loyixa, megaloyixa) kichik loyixa – koʼlamiga koʼra katta boʼlmagan sodda va cheklangan xajmdagi, (qiymati 15 mln. АQSh dollarigacha boʼlgan loyixalar); megaloyixalar maqsadli dasturlar boʼlib, maqsadlar umumiyligi, resurslar va vaqt boʼyicha oʼzaro bogʼlangan bir necha loyixani oʼz ichiga oladi. Bunday loyixaning qiymati 15 mln.dollardan 1 mlrd. gacha yoki mexnat sigʼimi 20 mln. kishi soatidan koʼp boʼladi. 2. Аmalga oshirish muddatlari (qisqa muddatli, oʼrta muddatli va uzoq muddatli loyixalar). 3. Sifatli (deffektsiz loyixa). 4. Resurslarning cheklanganligi (multiloyixa). Shuningdek, modul loyixalar, xalqaro va investitsiya loyixalari farqlanadi. Biz ushbu qoʼllanmada investitsiya loyixalarini koʼrib chiqamiz va Jaxon banki tomonidan investitsiya loyixalarini baxolashda qoʼllaniladigan baʼzi tartiblarga asoslangan xolda fikr yuritamiz. Investitsiya loyixalari tushunchasi ikki maʼnoda qoʼllaniladi: 1. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan xatti-xarakatlar majmuini amalga oshirishni koʼzda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida. 2. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan tashkiliy-xuquqiy va xisob-moliya xujjatlari tizimi sifatida. Download 174.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling