Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti
Loyixa taxlilining moxiyati va vazifalari
Download 174.69 Kb.
|
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin
Loyixa taxlilining moxiyati va vazifalari.
Loyixa taxlili – xarajatlar va daromadlar xamda loyixa bilan bogʼliq boʼlgan qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baxolash va ochib berish asosida loyixalarni tayyorlash, baxolash va tanlab olish usulidir. Loyixa taxlilining katta qismi loyixa davrining dastlabki bosqichida, yaʼni uni qabul qilish yoki qilmaslik toʼgʼrisida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi. Loyixaning daromadliligini aniqlash loyixa taxlilining vazifasi xisoblanadi. Daromadlilik esa loyixadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Yaʼni loyixaning daromadliligini aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash xamda loyixadan olingan daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini xisoblab koʼrish kerak. Chunki loyixani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan qandaydir vaqt oʼtgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib boʼlmaydi. Loyixaning koʼpgina aktivlari va inshootlari uzoq muddat xizmat qilishi buning sababi xisoblanadi . Loyixaning ayrim xarajatlari va natijalarini, masalan, qurilish ishlari xarajatlarini oʼlchash va baxolash oson. Boshqalarini esa oʼlchash oson, lekin baxolash ancha qiyin. Masalan: xodimlarni oʼqitish xarajatlari va natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan oʼlchash oson lekin real natijalarini baxolash ancha murakkab. Nixoyat, ayrim loyixalar natijalarini, masalan loyixalarning anʼanaviy faoliyat turlariga taʼsirini oʼlchash xam, baxolash xam qiyin. Loyixa xarajatlari turli xilda boʼlishi tufayli loyixa xar xil nuqtai nazardan koʼrib chiqiladi. 1. Loyixa texnik jixatdan asoslanganmi? 2. Loyixa tijorat talablariga javob beradimi? 3. Loyixa oʼz-oʼzini moliyaviy jixatdan qoplaydimi? 4. U iqtisodiy jixatdan oʼzini oqlaydimi? 5. Loyixa atrof -muxitga qanday taʼsir oʼtkazadi? 6. Loyixa maxalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarni xisobga olganmi? 7. Loyixani amalga oshirishning institutsional (tashkiliy) imkoniyatlari bormi? Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur. Xarajatlarni taxlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak: Loyixaning biz istagan natijasi qanday? Loyixa xarajatlarini kim koʼtaradi va uning ijobiy natijalaridan kim foydalanadi? Loyixaning ijobiy natijalari qachon va qaerda paydo boʼladi? Loyixaning yakuniy qiymati toʼgʼrisida tasavvurga ega boʼlish uchun loyixaga aloqador boʼlgan kishilarning turli guruxlari olgan foyda va qilgan yuqotishlarni qanday taqqoslash va jamlash kerak? Bu loyixaning yakuniy ijobiy natijasi boshqa mumkin boʼlgan loyixalar natijasidan nimasi bilan farq qiladi? Loyixa taxlili loyixani shakllantirish jarayonining oʼzidayoq uning turli jixatlari taʼsirini va rolini oʼzgartirish imkonini beradi. Xar qanday yangi axborot, agar foydali boʼlsa, ilgari qabul qilingan qarorlarni oʼzgartirish uchun sabab boʼlishi mumkin. Demak, loyixa-smeta xujjatlari loyixa taxlili jarayonida, yaʼni loyixaning turli jixatlarini koʼrib chiqish natijalari va yangi olingan axborotlardan kelib chiqib, ilgari berilgan baxolarni tuzatish bilan birga ishlab chiqiladi. Download 174.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling