Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаъlim vаzirligi buxoro dаvlаt universiteti
Loyixa xayot davrining asosiy bosqichlari
Download 174.69 Kb.
|
Loyiha hayot davri. Ilhomiddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Investitsiya oldi bosqichi.
- 3. Ekspluatatsiya bosqichi.
- Loyixa muxiti.
- Moliya soxasi
2. Loyixa xayot davrining asosiy bosqichlari.
Loyixa yuzaga kelgan vaqtdan toki u tugatilgunga qadar oʼtgan vaqt oraligʼiga loyixaning xayot davri, loyixa bosib oʼtishi lozim boʼlgan xolatlarga esa fazalar, bosqichlar deyiladi. Loyixalar xayot davri(LXTs) ning quyidagi boskichlari farqlanadi: 1. Investitsiya oldi bosqichi. a) investitsiya imkoniyatlarining taxlil; b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash; v) texnik-iqtisodiy asoslash; g) investitsiya imkoniyatlari toʼgʼrisida doklad. 2.Investitsiya bosqichi. a) muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish; b) loyixalashtirish; v) qurish(qurilish ishlarini amalga oshirish); g)marketing; d) xodimlarni oʼqitish. 3. Ekspluatatsiya bosqichi. a)qabul qilish va ishga tushirish; b)uskunalarni almashtirish (yangilash); v)kengaytirish, innovatsiya. Mexnat sigʼimiga koʼra LXTs ni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Bosqichlar: Kontseptsiya-3%, Rejalashtirish-5%, Loyixalashtirish-20%, Qurilish-20%, Yakunlash-22%, Vaqt-30% Loyixaning kontseptsiyasini ishlab chiqish loyixaning yakuniy maqsadlari va bu maqsadlarga erishish yoʼllarini belgilashni oʼz ichiga oladi. Bunda muqobil maqsadlar koʼrib chiqiladi, xajmlar, muddatlar, foyda xajmi miqdoran solishtiriladi. Loyixani yashovchanligini baxolash dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash mazmunini tashkil etadi. Bunda bir necha muqobil variantlar koʼrib chiqiladi va qiymati xamda foyda boʼyicha baxolanadi. Loyixani rejalashtirish bosqichida loyixa boʼyicha ishlar rejasi tuziladi. Bu rejada ishlarning tarkibiy va vaqt boʼyicha bosqichlari, ijrochilari aniqlanadi. Biz faqat investitsiya oldi bosqichini oʼrganamiz, xolos. LXTsni xarakterlagan xolda quyidagilarni ajratib koʼrsatish mumkin: 1. Loyixa gʼoyasi. 2. Muammo taxlili (maqsadlar, talablar, vazifalar). 3. Kontseptsiyani ishlab chiqish (ishlab chiqishga qoʼyilgan talablar, amalga oshirish imkoniyatlari taxlili, muqobil kontseptsiyalar). 4. Loyixani ishlab chiqish. 5. Loyixani amalga oshirish (ish xujjatlari, xarid, sinov, qabul qilish). 6. Ekspluatatsiya (natijalar sinovi, texnik xizmat koʼrsatish). 7. Tugatish (demontaj, sotish, rivojlantirish xaqida qaror qabul qilish va yangi loyixa). Loyixani ishlab chiqishning turli bosqichlarida turli darajadagi aniqlikka, erishiladi va xatolikka, qaltislikka yoʼl qoʼyiladi. Loyixa muxiti. Korxonaning loyixaga taʼsirini yaʼni loyixaning ichki muxiti omillarini koʼrib chiqamiz. Korxona raxbariyati – loyixaning maqsadi va asosiy talablarini aniqlashning bosh manbai xisoblanadi. Korxonaning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, raxbariyat mutaxassislarning aloxida talablarini umumlashtiradi. Bunga raxbariyatning maxsus talablari qoʼshiladi, loyixani amalga oirish talabi, boʼlinmalar va korxona mutaxassislari va x. tomonidan loyixaning maqsad va talablarini toʼgʼrilash (korrektirovka) tartibi va uslubiyati. Moliya soxasi – maxsulotni seriyali ishlab chiqarish va loyixa xarajatlarini qoplash uchun kalkulyatsiyalar xisobi bilan loyixaning byudjet doirasini xamda loyixani moliyalashtirish usullari va manbalarini aniqlaydi. Sotish soxasi – loyixaning muxim talab va shartlarini tashkil qiladi, bu esa sotish bozorlari va sotib oluvchilarni qarorlari bilan aniqlanadigan, raqobatchilarning mavjudligi va xarajatlar bilan bogʼliq. Download 174.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling