O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI
“BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN
NAZORAT ISHI
Mavzu: Naqd pulsiz hisob-kitoblar mohiyati va ularni tashkil etish asosolari.
Fan o’qituvchisi: _____________________________________.
Bajardi: Ergashev Dostonbek Abdullo o’g’li.
Guruh: BXA 59-2.
Himoya qilingan sana: _______________
O’quv yili: 2022-2023.
Toshkent – 2022
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR MOHIYATI VA ULARNI TASHKIL ETISH ASOSOLARI.
Kirish.
Nazorat ishi savollari:
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va ularning elementlari.
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha Nizomning mazmuni, ahamiyati va uning amaliyotda qo‘llanilishi.
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va takomillashtirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yhati.
Kirish.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning roli tobora ortib bormoqda. Chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hech biri bank xizmatini chetlab o'tib faoliyat ko'rsata olmaydi, o‘zaro hisob-kitoblarini bank yordamisiz yurita olmaydi. Shu sababli bank tizimini yanada mustahkamlash, ularning erkinligini oshirish yo‘lida islohotlarga hukumat miqyosida e’tibor berib kelinmoqda.
Chunki bank tiziinida o‘tkazilayotgan islohotlar nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos boiadi. Bank tizimining barqarorligi respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Respublikamizda bank tizimi va uning faoliyati jahon andozalariga tobora yaqinlashib bormoqda. Bank tizimini erkinlashtirish va erkin raqobat sharoitiga moslashtirish ko’zda tutilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va uni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni chiqarilib, unda «Moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning ko‘proq aniq-oydinligini ta'm inlash, iqtisodiyotda to‘lovlar va hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish» lozimligi belgilab berilgan edi. Bu vazifaning bajarilishi aynan to‘lov tizimi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |