O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”
Download 246.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi
II bob. O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda o’rni va integrallashuvi 2.1 O’zbekiston jahon xo’jaligi tizimida O’zbekiston - umumjahon xo’jaligida ko’zga ko’ringan mamlakat hisoblanib, dunyoning 200 dan ziyod mamlakatlari ichida bir qator xom ashyo resurslari, ishlab chiqarish infrastruktura salohiyati miq-yoslari bo’yicha muhim o’rinni egallaydi. O’zbekiston hududi va zamini turli xil boyliklarga ega. Ulardan ko’plari jahon miqyosida ajralib turadi. Mamlakat hududi sayyoramizning 1,5% dan ortiq sug’oriladigan erlariga to’g’ri keladi hamda bu erlarda etarli harorat va quyosh nuri tufayli qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olinadi. O’zbekiston zaminida 3 mingdan ziyod konlar va foydali qazilma boyliklari aniqlangan. Xususan, bu zaminda dunyoning 5% oltin zaxirasi joylashgan. Respublika jahon bozorida xaridorgir bo’lgan mis, uran, kumush, volfram, molibden, tabiiy gaz, fosforitlar, kaliy tuzlari, nodir metallar bilan ta’minlanganligi bo’yicha etakchi o’rinlarni egallaydi. Hozirgi O’zbekiston xalqaro miqyosda bir qator strategik muhim foydali qazilmalarni qazib olishda sezilarli darajada ajralib turadi. Xususan, dunyoning 0,33 foiz hududini egallagan, jahon aholisining 0,41% ega bo’lgan O’zbekiston ulushiga dunyoning barcha mamlakatlarida qazib olinayotgan uran rudasining 6%i, oltinning 3,4%i, tabiiy gazning 2,2%i to’g’ri keladi. O’zbekiston qishloq xo’jalik mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish bo’yicha ham dunyoda etakchi o’rinlarni egallaydi. Jumladan, O’zbekiston hissasiga qorako’l terisi bo’yicha jahon ishlab chiqarishining to’rtdan bir qismi, paxta xom ashyosining 4%i to’g’rilaydi O’zbekiston ko’plab turdagi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda salmoqli o’ringa ega. Masalan, paxta etishtirishda – 6 o’rin, uran qazib chiqarishda – 5 o’rin, volfram qazib olishda – 6 o’rin, oltin zaxiralari bo’yicha – 4-o’rin va qazib olishda 9-o’rinda, shuningdek, meva- sabzavotlarning ayrim turlarini etishtirishda, gaz, bir qator nodir metall qazib olishda, to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda jahonning 15-20 etakchi mamlakatlari qatoridan o’rin olgan. Mustaqillik yillarida yangidan – yangi ishlab 14 chiqarish tarmoq-lari tufayli O’zbekistonda yuqori texnologiyali avtomobil neft- kimyo, farmatsevtika, elektronika sanoatlari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. O’zbekiston birinchi bor avtomobillar, televizorlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalar, portlovchi moddalar va boshqa tovarlar ishlab chiqarish bo’yicha jahon statistikasidan o’rin oldi. Shu davrda O’zbekiston bir qator mahsulotlar, xususan, neft qazib olishda gaz, uran, kumush qazib olishda, g’alla, kartoshka etishtirishda o’zining dunyodagi o’rnini yanada mustahkamladi. Jahon ishlab chiqarish hajmida o’z ulushini ko’paytirdi. Eng oliy sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ro’yxatlari ham kengayib bormoqda. Eritilayotgan oltin va kumushning sifati nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan etalon qilib olingan. Mamlakatda etishtirilgan uzum, mevalar, pomidor tomatlari, poliz mahsulotlari o’zining ta’mi va shifobaxshligi bo’yicha dunyoda tengi yo’q hisoblanadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoatidagi ayrim mahsulotlar sifati bo’yicha jahon bozorida ham raqobatbardosh hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodi so’nggi yillarda jahon iqtisodining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lgan sur’atlarda rivojlanmoqda. Jahon Banki ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2019-2020- yillarda 4,4% dan o’sdi, jahon iqtisodi o’sish sur’ati 2,8%ni tashkil etdi, 2021-2022 yillarda esa bu ko’rsatkichlar o’rta-sidagi farq yanada kattaroq bo’ldi. 2021 yilda muvofiq ravishda 7,7% va 3,1% dan; 2022- yilda 7% va 4,3% ni tashkil etdi. O’zbekiston iqtisodiyot strukturasi va dinamikasidagi bunday ijobiy o’zgarishlar tashqi savdo aloqalarimizda o’z aksini topdi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonning eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. Eksport hajmida xom ashyo mahsulotlari ulushi kamayib, tayyor mahsulot ulushi ko’payib bormoqda, import hajmida oziq- ovqat kiyim-kechak ulushi kamayib zamonaviy texnologiyasida investitsiya tovarlari ulushi ko’paydi. Tashqi savdo balansi yaxshi-lanib, oldingi salbiy qoldiq o’rnini barqaror ijobiy qoldiq egalladi. O’zbekiston jahon bozoriga ayrim mahsulotlar chiqarishda etakchi davlatlar guruhiga kiradi. Paxta xom ashyosini o’zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishiga qaramay, bizning mamlakatimiz bu qimmatli sanoat xom ashyosini eksport qilishda dunyoda (AQShdan keyin) ikkinchi o’rinni egallaydi, xuddi shunday ikkinchi o’rinni (Afg’onistondan keyin) qorako’l bo’yicha egallasa, uran rudasi eksporti bo’yicha esa 3-o’rinni egallaydi. Mustaqillik yillarida jahon bozoriga etkazib berilayotgan milliy mahsulotlarimizning iste’mol qiymati va texnik parametrlari sezilarli darajada yaxshilandi. Agarda mustaqillik davrigacha O’zbekiston paxtasi jahon bozorida oddiy mahsulot hisoblangan bo’lsa, hozirgi paytda AQSh va Avstraliya paxtalari kabi elita mahsulot hisoblanadi, ilgari kalava iplarining past va o’rta navlari xorijga chiqarilgan bo’lsa, hozirda faqat zamonaviy texnologiyalarda yigirilgan oliy navli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling