O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”


Download 246.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana20.06.2023
Hajmi246.52 Kb.
#1628428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

 



Kirish 
 Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida 
globallashuv vaintegratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy 
iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqliklarining kuchayishi 
zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. 
Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, 
savdo,transport va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridagi mamlakatlararo aloqalarda 
namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. 
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el 
investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay investitsion muhit yaratish, 
mamlakatimiz Tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq 
muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston 
Respublikasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini 
tashkiletadi. 
Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xorijiy 
davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, boshqa 
xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va 
moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, 
mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa 
muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va 
dunyoning 
barcha 
mamlakatlari 
bilan 
teng 
huquqli 
hamkorligini 
ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora 
keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning 
tashqi 
savdo 
aylanmasi 
hajmi 
yildan-yilga 
ortib 
bormoqda. 
Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el 
investitsiyalar 
salmog’i 
oshmoqda, 
o’nlab 
xalqaro 
iqtisodiy 
tashkilotlar 
bilan 
hamkorligi 
kuchaymoqda. 
Ayniqsa, 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatning turli sohalari bo’yicha malakali kadrlar tayyorlashga katta 
e’tiborberilmoqda. 
Ushbu 
kurs 
ishida 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
tartibga 
solish 
usullari, 
xalqaro 
valyuta 
tizimi, 
kapitalning xalqaro harakati va ssuda bozorlari, O’zbekistonda chet el 
investitsiyalarining 
samaradorligi, 
ishchi 
kuchlarining 
xalqaro 
migratsiyasi 
hozirgi 
zamon 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarda 
transmilliy 
korporatsiyalarning 
ahamiyati 
va 
O’zbekistonda 
ularning 
faoliyati, 
xalqaro 
iqtisodiy 
integratsiya 
va 
xalqaro 
iqtisodiyotning 



boshqa masalarali keng miqyosida yoritilgan deyishimiz mumkin edi.
Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taalluqli statistika ma’lumotlaridan, 
xorij va o’zbek tilidagi adabiyotlardan, iqtisodiy jurnallardan foydalanilgan.
Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har 
xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, 
alohida regionlarda
, muassasa va 
tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu 
soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir 
bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, 
ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va 
ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan 
bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs 
ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng 
jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik 
tarixga ega. 
Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini 
milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab 
chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion 
jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar 
tashqi savdoga aylandi
, uning natijasida 
esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. 
Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga 
ta’luqlidir. 
Tabiiyki
, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini 
ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra 
O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada 
rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdan iborat
.

Download 246.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling