O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti marketing va menejment kafedrasi “ekonomiks”


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari


Download 246.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana20.06.2023
Hajmi246.52 Kb.
#1628428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

1.2 Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti ikki muhim tarkibiy qismdan: 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmidan iborat. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi 
har xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy 
birlashmalari va sub’ektlari, alohida tashkilotlar (transmilliy, ko’p millatli 
korporatsiyalar) o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari 
(shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’lyo’riqlarni amalga oshirishni 
muvofiqlashtiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kiradi. 
XIM strukturasi quyidagilarni o’rganishni taqozo qiladi:
1. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
2. Kapital va chet el investitsiyalarining xalqaro harakati;
3. Ishchi kuchlarning xalqaro migratsiyasi;
4. Xalqaro valyuta-moliya munosabatlari;
5. Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
XIM ob’ektlariga quyidagilar oid hisoblanadi:


10 

moddiy shakldagi tovarlar: xom ashyo va ishlab chiqarish tovarlari, tayyor 
buyumlar, sanoatda qayta ishlanadigan mahsulotlar, ma-shina, asbob-uskunalar, 
mahsulot;

xizmatlar: xalqaro injiniring, konsalting, audit, lizing, turizm, tashish, hisob-
kitoblar va boshqalar;

texnologiyalar: patentli va patentsiz litsenziyalar, tovar belgilari;

kapital: to’g’ridan-to’g’ri va portfelli chet el investitsiyalari, xalqaro kredit;

ishchi kuchlari.
XIM sub’ektlari (kontragentlari) sifatida quyidagilar ishtirok etadi:

xalqaro iqtisodiy va tashkilotlar;

hukumat nomidan milliy davlatlar;

investitsiya qurilishini oshiruvchi xalqaro tashkilotlar;

tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organlari va 
tashkilotlari;

tadbirkorlar birlashmalari;

xalqaro korporatsiyalar;

firmalar.
XIMning ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi 
tashkil qiladi. Lekin XIM jahon xo’jaligi vujudga kelmasidan avval ham mavjud 
bo’lgan. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat 
bo’lgan global iqtisodiy organizm bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv 
qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro 
ahamiyatga ega bo’lish jarayoniga bo’ysunadi.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligining xususiyatlari:
 
globallashuv;
 
rivojlanishning birligi va qarama-qarshiligi;
 
raqobatning keskinlashuvi va ayni paytda global hamkorlikning 
rivojlanishi. 
 
ishlab chiqarish tarmoqlari dunyoning turli mamlakatlarida
 
joylashtirilgan xalqaro ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va bu 
jarayon natijasida transmilliy korporatsiyalar roli(TMK) ning o’sib borishi;
 
davlatlar tashqi iqtisodiy faoliyatlarini liberallashuvi;
 
jahon 
xo’jaligida tashqi iqtisodiy hamkorlikning xalqaro 
huquqiyme’yoriy bazasini barpo etilishi;
 
mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning 
millatlararo tizimini tashkil qilinishi;
 
aksariyat mamlakatlar milliy iqtisodiyotining yopiq tizimdan ochiq 
tizimga o’tish evolyutsiyasi (bunda YaIM ulushi 35% dan oshishi kerak).


11 
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga xos xususiyatlar:
 
iqtisodiy o’sishning barqarorligi XX asrning 90-yillarida o’sish sur’ati 
1-3% bo’ldi;
 
iqtisodiy o’sishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyatini oshishi; 
moliya bozorlarini globallashuvi va milliy iqtisodiyotlarning o’zaro uzviy 
bog’liqligini kuchayishi;
 
hududiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi.
Hozirgi paytda XIM shakllari bir muncha kengaygan. Ularning kengayishi, 
asosan, XX asrning 60-yillar boshidan 80-yillarning o’rtalarigacha bo’lgan vaqt 
oralig’iga to’g’ri keladi. Shu bilan bir paytda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
tarkib topgan XIMning ayrim shakllari amal qilib kelayapti. Bu faoliyat tashqi 
savdo, chetga kapital chiqarish, valyuta munosabatlariga tegishlidir. Hozirgi 
sharoitda XIMning quyidagi asosiy shakllari vujudga keldi:
1. Xalqaro savdo
2. Xalqaro kredit munosabatlari
3. Xalqaro munosabatlar
4. Xalqaro kapital harakati
5. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi
6. Xalqaro integratsiya
7. Transmilliy korporatsiyalar
8. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
9. Xalqaro axborotlar almashinuvi
XIMning intensivlik darajasini bir necha miqdoriy indikatorlar bilan 
tavsiflash mumkin:
1. Eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda 
hisoblanadi.
2. Import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda 
hisoblanadi.
3. Tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo hajmi aylanma 
mablag’i YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
XIM rivojlanish jarayonida bir necha bosqichni bosib o’tgan va ularni shartli 
ravishda quyidagicha ajratish mumkin:
qadimgi dunyodan V asrgacha bo’lgan muddat.
V asrdan XV-XVI asrlargacha – buyuk geografik kashfiyot davrigacha 
bo’lgan davr.
XV asrdan – XVI asrgacha - sanoat to’ntarishi davrigacha.
Sanoat to’ntarishi paytidan Birinchi Jahon urushining boshlanishigacha 
bo’lgan davr;
XX asrning birinchi yarmi;


12 
XX asrning 60-yillaridan 90-yillarigacha;
XX asrning 90-yillaridan XIM va jahon xo’jaligining hozirgi rivojlanish 
davri XIMning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi omillar sezilarli
ta’sir qiladi:
ilmiy-texnika taraqqiyoti;
hududiy–iqtisodiy integratsiya taraqqiyoti;
XIMning ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi;
global muammolarning keskinlashuvi;
tashqi iqtisodiy siyosatni liberallashtirish;
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jiddiy o’zgarishlar, XX asr oxirlarida dunyo 
fanidagi kashfiyotlar XIMning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyoda 
ro’y bergan o’zgarishlar XXI asr bo’sag’asida XIMning o’ziga xos rivojlanish 
tendentsiyasini belgilab berdi:
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ikki tomonlama munosabatlardan 
ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish, jahon xo’jaligidagi xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi yo’li bel-gilandi;
xalqaro savdoning an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish 
jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi;
kapital migratsiyasining globallashuvi va intensivlashuvi;
fan-texnika sohasida bilimlar bilan ayirboshlashning jadallashuvi, xizmat 
ko’rsatish sohasining rivojlanishi;
ishchi kuchlari migratsiya ko’lamlarini sezilarli o’sish sur’ati;
hudud va mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining kengayishi 
va jadallashuvi.
Kapitalning xalqaro migratsiyasi, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri chet el 
investitsiyasi shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, xalqaro savdoning 
tovarlar, turli xil xizmatlar ko’rsatish, texnologiya, ishchi kuchlarining, ayniqsa, 
malakali ishchilarning xalqaro migratsiyasi geografik yo’nalishlarda ro’y 
berayotgan ijobiy o’zgarishlarda hal qiluvchi omil bo’lmoqda.


13 

Download 246.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling