O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik – texnologiya instituti “tаsdiqlаymаn”
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Download 116.5 Kb.
|
baza ngkst namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- II . O’quv f anining maqsadi va vazifalari
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
“Neftbazalar va avtoyoqilg’i quyish shoxobchalarini ishlatish” fаni tanlov fаnlаridаn biri bo’lib, ushbu fanni bilish bo’lajak neft - gazkimyo sanoati mutахаssislаriga tayyor neft va neft mahsulotlarini saqlash va uni iste’molchilarga yetkazish ishlаrini o’rganish uchun zаrurdir. “Neftbazalar va avtoyoqilg’i quyish shoxobchalarini ishlatish” fanining asosiy bo‘limlari bo‘yicha materiallar keltirilgan. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ularni quvurlar orqali yuborish, temir yo‘l, suv va avtomobil transportlari bilan tashish jarayonlariga oid savollar ko‘rib o‘tilgan. Neftebazalarni va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarini ekspluatatsiya qilishda, neft mahsulotlarini tashishda, saqlashda, ularni to‘kish va quyish ishlarida sodir bo‘ladigan isrofgarchiliklarni kamaytirishga alohida e’tibor berilgan. Neft mahsulotlarini qizdirishni hisoblash metodikasi va hisoblashlarga oid misollar keltirilgan. Mаzkur fаn bоshqа nеft-gаzkimyo sаnоаti sоhа fаnlаrining nаzаriy vа uslubiy tаrkibini tаshkil qilib, o’z rivоjidа аniq yo’nаlishdаgi sоhа fаnlаri uchun zаmin bo’lib хizmаt qilаdi. II. O’quv fanining maqsadi va vazifalari “Neftbazalar va avtoyoqilg’i quyish shoxobchalarini ishlatish” fani neft va neft hamda gazkondensati aralashmasini qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan yoqilg’ilarni saqlash, tashqi muhitdan himoyalash va iste’molchi uchun xavfsiz yoqilg’i quyish shoxobchalarining joylashuvini qolaversa neft bazalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari uchun rezervuarlar hajmini tanlash, tayyor mahsulotlarni yo’qotilishini oldini olish metodikasini o’rganadi. Fanning vazifasi: Neft bazalarni loyihalashtirish, ularning sinflanishi, rezervuarlarni loyihalashtirish hamda ularni tanlash, mahsulotlarining quvurlar orqali oqib chiqishini o‘rganish, yoqilg‘ini tashish, to‘kish, miqdori va ularning sifati masalalarini ko‘rib chiqish. Neft bazalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari uchun rezervuarlar hajmini tanlash metodikasi keltirilgan, korroziyadan va yashindan himoya qilish, yong‘inni avtomatik o‘chirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek yoqilg’ilarnig yoqotilishini o’rganish, ularni kamaytirishda rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish. Neft mahsulotlarining insonga va atrof muhitga ta’siri masalalarini o'rganish. “Neftbazala r va avtoyoqilg’i quyish shoxobchalarini ishlatish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - neftbazalarda saqlanadigan yoqilg’i turlari hamda ularni sinflanishi to`g’risidagi bilimlarni bilishi kerak; - neftbazalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari uchun rezervuarlar hajmini tanlash metodikasi bo`yicha ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak; - neftbazalar va avtoyoqilg’i quyish shoxobchalarida yoqilg’ilarni saqlash, yoqilg’i quyishda xavfsizlik choralarini ko’rish, rezervuarlarga quyilgan yoqilg’ilarga qo’yilgan talab bo’yicha hisoblash malakalariga ega bo`lishi kerak. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling